ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.4K photos
2.68K videos
39 files
9.31K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Inklyuziv davlat xizmatlari sari: Latviya tajribasini o‘rganamiz

O‘zbekistonning Davlat xizmatlari markazlari huzuridagi Xotin-qizlar maslahat guruhlari ekspertlaridan iborat delegatsiya gender tengligi, ijtimoiy inklyuziya, fuqarolar ishtiroki va inson manfaatlariga yo‘naltirilgan davlat xizmatlari bo‘yicha ilg‘or tajribani o‘rganish maqsadida Latviyaga tashrifni boshladi.

Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan hamda BMT Taraqqiyot Dasturi va Adliya vazirligi hamkorligida amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda davlat xizmatlari ko‘rsatishni yanada takomillashtirish” loyihasi doirasida Latviya Tashqi ishlar vazirligi hamda Latviyaning “Marta” markazi ko‘magida tashkil etilgan tashrif davomida ishtirokchilar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tajriba almashadilar:

🔹 Xotin-qizlarning qaror qabul qilishdagi ishtiroki va yetakchiligi;
🔹 Davlat xizmatlari ko‘rsatishda inklyuzivlikni kuchaytirish;
🔹 Davlat organlari va fuqarolik jamiyati hamkorligi;
🔹 Raqamli davlat xizmatlari va fuqaroga yo‘naltirilgan boshqaruv;
🔹 Xotin-qizlarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish tashabbuslari.

Tashrif davomida olingan bilim va tajribalar O‘zbekistonda yanada qulay, inklyuziv va fuqarolar ehtiyojlariga mos davlat xizmatlarini rivojlantirishda Xotin-qizlar maslahat guruhlarining rolini mustahkamlashga xizmat qiladi.

#BMTTD #YevropaIttifoqi #O‘zbekiston #Latviya #XotinQizlarMaslahatGuruhlari #GenderTengligi #InklyuzivBoshqaruv #DavlatXizmatlari #HechKimOrtdaQolmaydi
6
#Adliya_aralashgach
#Fargona_viloyati

❗️“Hamkasbimning imtiyozli pensiyaga chiqish to'g'risidagi murojaatini rad qilishda ham shu “senariy” takrorlangan edi”
 
Muhayyo Mallaboyeva 2005-yildan buyon  Farg'ona viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazining yiringli septik jarroxlik boʻlimida hamshira vazifasida ishlaydi.

Uning bu kasbiy yoʻnalishi ishlash sharoiti inson sogʻligi va hayoti uchun havfli boʻlganligi bois, amaldagi qonunchilikka koʻra, imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqini beruvchi vazifalar qatoriga kiradi.

Biroq Byudjetdan tashqari pensiya jamg'armasi Farg'ona tumani boʻlimi M.Mallaboyevaning imtiyozli pensiyaga chiqishi to'g'risidagi arizasini rad qiladi. Sababi esa uning ish davrida attestatsiyadan o'tkazilmaganligi, deb keltiriladi.

Atestatsiya o'z vaqtida va sifatli o'tkazilishi uchun javobgarlik qonunchilikka ko'ra, tashkilot rahbari zimmasida ekanligi hisobga olinmaydi.

Qizig'i shundaki, Muhayyo Mallaboyeva hamkasbi Yodgoroy Ergashevaning imtiyozli pensiyaga chiqish to'g'risidagi murojaatida ham huddi shu “senariy” takrorlandi.

Shundan so'ng, ular doʻstlarining maslahati bilan Farg'ona shahar adliya boʻlimiga murojaat qilishdi.

Farg'ona shahar adliya boʻlimining M.Mallaboyeva hamda Y. Ergashevalarning qonuniy manfaatlarini koʻzlab sudga kiritgan arizasi qanoatlantirilib, imtiyozli shartlarda yoshga doir pensiyaga chiqish huquqini beruvchi vazifalarda ishlaganlik fakti belgilandi.


“Sud jarayonlari, deyilsa yugur-yugurlar,koʻplab hujjatlar koʻz oldimdan oʻtardi. Shahar adliya boʻlimiga murojaat qildik. Adolatli,ovoragarchiliklarsiz, oʻzlari sudda ishtirok etishib muammoyimizni hal qilishdi”,- deydi Yodgoroy Ergasheva.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2🔥2👏1
#Adliya_xabari

⚖️ Andijon viloyatida nizoli oilalar bilan ishlash va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi ishlar o‘rganildi

🔹Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari rahbarligidagi Respublika idoralararo muvofiqlashtirish shtabi tomonidan Andijon viloyatida mahallalarda nizoli oilalar bilan ishlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.

🔹O‘rganishlar davomida adliya organlari tomonidan aholi o‘rtasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish, profilaktik tadbirlarni manzilli tashkil etish hamda huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.

🔹Shuningdek, oilaviy nizolarni erta aniqlash, ularning kelib chiqish sabablarini tahlil qilish va muammolarni huquqiy mexanizmlar asosida hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔹Tadbir davomida PQ–1-son qarori ijrosi doirasida adliya organlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.

💻 Xususan, Andijon tumanida eksperiment tariqasida joriy etilgan “E-OILA” elektron platformasining imkoniyatlari, nizoli oilalar bilan ishlashdagi samaradorligi hamda muammolarni monitoring qilish va manzilli choralar ko‘rish mexanizmlari haqida ma’lumot berildi.

📌 Ta’kidlanganidek, mazkur yo‘nalishdagi tizimli ishlar oilalarda barqaror muhitni ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va fuqarolarning huquqiy manfaatlarini himoya qilishga xizmat qilmoqda.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
8👍5🔥3👏2
Adliya vazirligi Ko‘chmas mulkni texnik inventarizatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi idoraviy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3843, 2026-yil 2-iyun)

Mazkur hujjatga ko‘ra:
– texnik inventarizatsiya ko‘chmas mulkning maydoni, tarkibi, texnik tavsiflari va amaldagi holatini aniqlash hamda uning kadastr yig‘majildini shakllantirish maqsadida amalga oshiriladi;

– texnik inventarizatsiya Davlat kadastrlari palatasi muhandislari yoki malaka shahodatnomasiga ega kadastr muhandislari tomonidan o‘tkaziladi;

– texnik inventarizatsiya birlamchi va qayta inventarizatsiya shaklida o‘tkaziladi;

– texnik inventarizatsiya dastlabki kameral ishlar, dala ishlari va dala ishlaridan keyingi kameral ishlarbosqichlarida amalga oshiriladi;

– dala ishlari davomida joyiga chiqqan holdako‘chmas mulkning o‘lchamlari olinadi, konstruktiv elementlari hamda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari o‘rganiladi;

– texnik inventarizatsiya natijalari asosida ko‘chmas mulkning umumiy maydoni, foydali maydoni, hajmi hamda boshqa texnik ko‘rsatkichlari aniqlanadi;

– ko‘chmas mulkning rejalari 1:50, 1:100, 1:150 yoki 1:200 masshtablarda elektron shaklda tayyorlanadi;

– texnik inventarizatsiya natijalaridan norozi bo‘lgan shaxslar Kadastr agentligiga yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega bo‘ladi.

Ushbu tartib ko‘chmas mulkka oid ma’lumotlarning aniqligini ta’minlashga xizmat qiladi.
1👍1
#Adliya_xabari
#Rahbar_va_yoshlar

🎓 Talabalar uchun yangi imkoniyatlar: sport, muloqot va rag‘bat bir maydonda jam bo‘ldi

⚖️ Toshkent davlat yuridik universitetining 3-son talabalar turar joyida talabalar uchun yaratilgan yangi sport infratuzilmalari foydalanishga topshirildi hamda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

🔹Tadbirda adliya vaziri A.Tashkulov ishtirok etib, talabalar uchun barpo etilgan futbol, voleybol va basketbol maydonlari faoliyati bilan tanishdi hamda sport inshootlarining ramziy ochilish marosimida qatnashdi.

🏃‍♂️Yangi sport maydonlari yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoaviylik va yetakchilik ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

💬 Shuningdek, talabalar bilan “Rahbar va yoshlar” formatidagi ochiq muloqot o‘tkazildi. Samimiy suhbat davomida yoshlarning taklif va tashabbuslari, yashash sharoitlari, ta’lim sifati, sport va dam olish imkoniyatlarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.


📚 Tadbir doirasida universitet faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari, ta’lim jarayonidagi yangiliklar, xalqaro hamkorlik loyihalari hamda yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tashabbuslar yuzasidan taqdimotlar o‘tkazildi.

🏆 Faol va iqtidorli talabalarni rag‘batlantirishga ham alohida e’tibor qaratilib, stipendiya sohiblari hamda sport musobaqalari g‘oliblari taqdirlandi.

📌 Bugun talabalar uchun yaratilayotgan sharoitlar nafaqat sifatli ta’lim olish, balki sog‘lom, faol va tashabbuskor avlodni voyaga yetkazishga xizmat qilmoqda.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
5👍4