ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.4K photos
2.68K videos
39 files
9.31K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

🔴Farg'onada sayyor qabul: murojaatlar joyida hal etilmoqda

Farg'ona viloyatida aholi va tadbirkorlar murojaatlarini bevosita o‘rganish maqsadida sayyor qabul o‘tkazilmoqda.

Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan uy-joy, kadastr, bandlik, aliment, notarial xizmatlar, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, kredit va subsidiya olish, ijro hujjatlari hamda boshqa huquqiy masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushmoqda.

Har bir murojaat yuzasidan mas’ullar tomonidan huquqiy tushuntirishlar berilib, ayrim masalalar joyida ijobiy hal etilmoqda.

Qabul davomida 50 dan ortiq fuqaro qabul qilinib, ularning bir qismiga joyida huquqiy yordam ko‘rsatildi, qator murojaatlar ijobiy hal etildi hamda qo‘shimcha o‘rganish talab etilgan masalalar nazoratga olindi.

📌Sayyor qabullar fuqarolar bilan bevosita muloqotni kuchaytirish, muammolarni joyida hal etish hamda aholining huquqiy savodxonligini oshirishga xizmat qilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥2👏1
#Adliya_xabari

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasida “Karyera kuni” tadbiri tashkil etildi


2026-yil 20-may kuni O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasida talaba-yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash hamda bitiruvchilarni mehnat bozoriga samarali yo‘naltirish maqsadida “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda Adliya vazirligining mas’ul xodimlari ham ishtirok etib, talabalar bilan ochiq muloqotlar tashkil qildi. Uchrashuvlar davomida vazirlik tizimidagi faoliyat yo‘nalishlari, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, yosh mutaxassislar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda davlat xizmatida faoliyat yuritishning o‘ziga xos jihatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.


Shuningdek, tadbir doirasida bitiruvchi talabalarning qiziqtirgan savollariga javob berilib, ularning kelgusidagi kasbiy faoliyatini rejalashtirish yuzasidan tavsiya va maslahatlar bildirildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍3🔥2
#Adolat_sayli
#Adliya_xabari

🔴 Taxtako‘pir tumanida “Adolat sayli” huquqiy loyihasi doirasida keng ko‘lamli tadbirlar tashkil etildi


🔹Qoraqalpog‘iston Respublikasining Taxtako‘pir tumanida “Adolat sayli” huquqiy loyihasi doirasida aholining huquqiy savodxonligini oshirish, yoshlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni rivojlantirish hamda ijtimoiy profilaktikani kuchaytirishga qaratilgan tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

🔹Tadbirning ochilish marosimida tuman hokimligi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi rahbariyati ishtirok etib, mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta’minlash, aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish va xalq bilan ochiq muloqotni kuchaytirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarga alohida to‘xtalib o‘tildi.

🔹“Adolat sayli” doirasida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi, “Rangli surat” loyihasi, maktab o‘quvchilarining hunarmandchilik va qo‘l mehnati ko‘rgazmalari, “Salomatlik uchun besh ming qadam” aksiyasi tashkil etildi.

🔹Shuningdek, fuqarolar uchun sayyor sud va sayyor qabullar o‘tkazilib, bepul tibbiy ko‘rik tashkil qilindi hamda aholining murojaatlari tinglanib, amaliy yordam ko‘rsatildi.

🔹Tadbir davomida FHDY bo‘limi tomonidan fuqaroga tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma topshirildi. Yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan “Zakovat” intellektual o‘yinlari esa tadbirga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.

🔹Yakunda faol ishtirok etgan yoshlar tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanib, madaniyat xodimlari tomonidan konsert dasturi namoyish etildi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
3🔥2
#Adliya_aralashgach

⚖️ Navoiyda tuman adliya bo‘limining aralashuvi bilan fuqaroning mulk huquqi tiklandi

🔹Dastlab, Nurota shahar hokimining 1990-yil 28-martdagi 26/3-son qarori bilan fuqaro B.S.ga 8 sotix yer maydoni ajratilgan hamda fuqaro tomonidan 36 yil davomida yer va mulk bilan bog‘liq barcha soliqlar to‘lab kelingan.

🔹Ajratilgan yer uchastkasiga nisbatan turar joy huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va mazkur obyektga kadastr pasportini shakllantirish yuzasidan vakolatli organga ariza berilgan.

🔹Biroq, vakolatli organ tomonidan arizaga nisbatan asossiz rad javobi berilgan.

🔹Adliya bo‘limi tomonidan ish hujjatlari batafsil o‘rganilib, sudga mansabdor shaxslarning xatti-harakatini g‘ayriqonuniy deb topish hamda majburiyat yuklash to‘g‘risida ariza kiritilgan.

📌 Vaholanki, “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qonunning 31-moddasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining O‘zbekiston SSRning Yer kodeksi amal qilgan davrda olingan yer uchastkalariga bo‘lgan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun davlat arxivlari tomonidan tasdiqlangan tegishli qarorlar asos bo‘lishi belgilangan.


Natijada, Navoiy tumanlararo ma’muriy sudiga fuqaro B.S. manfaatida kiritilgan ariza to‘liq qanoatlantirilib, 8 sotix yer maydonidagi turar joy obyektlariga kadastr pasportini shakllantirish va mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha vakolatli organga majburiyat yuklatildi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
2
#Adliya_aralashgach

🔴 Ko‘paysin momo 93 yoshida “tug‘ildi”

🔹Chust tumanida yashovchi Ko‘paysin momo Sotivoldiyevaning murojaati tuman adliya bo‘limi tomonidan o‘rganildi.

🔹O‘rganish jarayonida fuqaroning tug‘ilganlik haqidagi ma’lumotlarini tiklash yuzasidan tegishli hujjatlar to‘planib, sudga murojaat qilindi.

⚖️ Sud tomonidan Ko‘paysin momo Sotivoldiyevaning 1933-yil 2-mart kuni tug‘ilganlik fakti belgilandi.

Shundan so‘ng fuqaroga tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma rasmiylashtirib berildi.

📌 Adliya organlari tomonidan amalga oshirilayotgan bunday amaliy yordamlar fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
👍32