ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.4K photos
2.68K videos
39 files
9.31K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
♻️ “Yashil sanoat siyosati va chiqindilar boshqaruvi — huquqiy asoslar va biznes imkoniyatlari: xalqaro va milliy tajriba” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi

Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida ekologik xavfsizlik, “yashil” iqtisodiyot va chiqindilarni boshqarish masalalariga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.

Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, vazirlik va idoralar vakillari, yetakchi olimlar, xalqaro ekspertlar hamda ekologiya va huquq sohasi mutaxassislari иштирок etdilar.

Konferensiya doirasida:
🔹 qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish;
🔹 ekologik va huquqiy tartibga solish;
🔹 davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari;
🔹 ishlab chiqaruvchilarning kengaytirilgan javobgarligi;
🔹 radioaktiv chiqindilar xavfsizligi;
🔹 sirkulyar iqtisodiyot modeli;
🔹 xalqaro standartlar va milliy qonunchilikni uyg‘unlashtirish masalalari muhokama qilindi.


Tadbir davomida ekologik barqarorlikni ta’minlash, innovatsion “yashil” yechimlarni joriy etish hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur konferensiya davlat organlari, ilmiy hamjamiyat, biznes vakillari va xalqaro tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash hamda ekologik siyosatni yanada takomillashtirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

🖥 Malaka oshirish kurslari haqida ma‘lumot olish uchun telegram kanalga obuna bo‘ling.

Ro‘yxatdan o‘tishga ulgurib qoling👇
📞 +998 55 518-47-77
+998 91 191-47-84

📱minjusttraining.uz 📱Facebook📱Instagram 📱Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥1
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʼlinmalari xodimlarining malakasini oshirish, ularni stajirovka va attestatsiyadan oʼtkazish tartibi belgilandi
  
📌Adliya vazirligi Davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalari xodimlarining malakasini oshirish, ularni stajirovka va attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi idoraviy hujjatni (ro‘yxat raqami 3835, 2026-yil 18-may) davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.

📚Unga ko‘ra, davlat organlari va tashkilotlari korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘linmalari rahbarlari va xodimlari uchun quyidagi asosiy qoidalar belgilandi:
– Malaka oshirish – xodimlar Virtual akademiya platformasida ishdan ajralmagan holda masofaviy shaklda har yili malaka oshirish kurslarida o‘qitiladi;
– Stajirovka – korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘linmalariga birinchi marta lavozimga tayinlangan xodimlar 2 haftalik majburiy stajirovkadan oʼtadi;
– Attestatsiya – xodimlar har 3 yilda bir marta Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida attestatsiyadan o‘tkaziladi.

📌Xodimlar ishga kirganidan boshlab 1 yil ichida attestatsiyadan oʼtadi.

📄Attestatsiya ikki bosqichda – test sinovi va suhbat shaklida o‘tkaziladi.

Talabgor maksimal 100 balldan kamida 56 ball to‘plasa, attestatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tgan hisoblanadi.

🎥Attestatsiya jarayoni uzluksiz ravishda videoyozuvga tushiriladi hamda videotasvir 3 yil davomida saqlanadi.

🔁Attestatsiyadan oʼta olmagan xodim 3 – 6 oy ichida takroriy attestatsiya topshiradi.

📄Guvohnoma – attestatsiyani muvaffaqiyatli topshirgan xodimlarga 3 yillik guvohnoma beriladi.

📅Mazkur hujjat 2026-yil 1-iyuldan e’tiboran kuchga kiradi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎉43🔥3
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi Yalpi majlisi boʻlib oʻtdi.

Majlisda, jumladan Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Nizosiz ishlarni hal etish tartib-taomillari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqildi.

Avval xabar berilganidek, loyiha bilan:
Fuqarolik protsessual va Iqtisodiy protsessual kodekslariga BHMning ming baravaridan ortiq boʻlgan ayrim nizosiz talablar sud buyrugʻi tartibida koʻrib chiqilishiga oid oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish;

“Davlat boji toʻgʻrisida”gi qonunda ijro xatlarini yozib berganlik uchun undiriladigan summaning miqdori notarius tomonidan bunday notarial harakatni amalga oshirganlik uchun sarflanadigan haqiqiy xarajatlar miqdoriga muvofiqlashtirish;

Notariuslar tomonidan qayd etilgan ijro xatlari ijro organiga elektron tarzda yuborish nazarda tutilmoqda.

Majlisda qonun loyihasining qabul qilinishi sud tizimi samaradorligini oshirish, nizosiz talablarni hal etish tartib-taomillarini soddalashtirish hamda notarial xizmatlar qamrovi va sifatini oshirishga xizmat qilishi taʼkidlandi.

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan moddama-modda koʻrib chiqilib, ikkinchi oʻqishda qabul qilindi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
#Adliya_xabari

🔴 PQ–1 va PQ–2 qarorlari ijrosi: Surxondaryoda nizoli oilalar bilan manzilli ishlar olib borilmoqda

🔹O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ–1 va PQ–2-son qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida hududlarda fuqarolar bilan ochiq muloqot va sayyor uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

🔹Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Angor tumanining “Sharq guli” hamda Muzrabot tumanining “Yangi diyor” mahallalarida fuqarolar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

🔹Uchrashuvlar davomida oilaviy nizolarni bartaraf etish, oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash, o‘zaro hurmat va totuvlikni qaror toptirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔹Shuningdek, fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularni qiynayotgan huquqiy muammolar yuzasidan huquqiy tushuntirish va amaliy tavsiyalar berildi.

📌 Hududlarda amalga oshirilayotgan bunday manzilli ishlar aholining huquqiy muammolarini o‘z vaqtida hal etish hamda oilalarda barqaror muhitni ta’minlashga xizmat qilmoqda.
👍73🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍8🔥43👏2
ADLIYA YANGILIKLARI
Video message
Ayni damda Germaniya xalqaro huquqiy hamkorlik jamg‘armasi (IRZ) bilan hamkorlikda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning yangi tahririni ishlab chiqishga bag‘ishlangan seminarning ikkinchi kuni bo‘lib o‘tmoqda
4🔥2👍1