#Adliya_xabari
🔴 Yashnobod tumanida jinoyatchilikning oldini olish va jamoat xavfsizligini ta’minlash borasidagi ishlar davom etmoqda
🔹Adliya vaziri A.Tashkulov tomonidan Yashnobod tumanining “Fidoyilar” mahallasida mahalla yettiligi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.
🔹Uchrashuv davomida hududdagi kriminogen vaziyat, mavjud muammolar hamda jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar manzilli tarzda tahlil qilindi.
🔹Muloqot jarayonida jinoyatchilikka qarshi kurashish mexanizmlarini kuchaytirish, profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish hamda aholining xavfsizligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🔹Shuningdek, mas’ul mutasaddilarga hududda huquqbuzarliklarning oldini olish, osoyishtalikni mustahkamlash va xavfsiz muhit yaratish yuzasidan tegishli vazifa hamda tavsiyalar berildi.
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot

❤6
Germaniya xalqaro huquqiy hamkorlik jamg‘armasi (IRZ) bilan hamkorlikda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning yangi tahririni ishlab chiqishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
Avval xabar berilganidek, 19–20 may kunlari Adliya vazirligida Germaniya xalqaro huquqiy hamkorlik jamg‘armasi (IRZ) bilan hamkorlikda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning yangi tahririni ishlab chiqishga bag‘ishlangan xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi.
Xususan, Germaniyaning ma’muriy huquqbuzarlik sohasidagi ilg‘or tajribasi, huquqni qo‘llash amaliyoti va ma’muriy javobgarlikni tartibga solishning samarali mexanizmlari yuzasidan fikr almashildi.
Bundan tashqari, Germaniya va O‘zbekistonda ma’muriy huquqbuzarliklarni ko‘rib chiqish jarayonlari amaliyotdagi aniq keyslar misolida muhokama qilindi, shuningdek, Germaniyada ma’muriy javobgarlik tizimida yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning javobgarligi, ma’muriy organlar tomonidan ishlarni mutanosiblik prinsipi asosida ko‘rib chiqish masalalari hamda ma’muriy ish yuritishni raqamlashtirish yuzasidan fikr almashildi.
Ta’kidlash joizki, seminar doirasida adliya vazirining birinchi o‘rinbosari M.Istamov Germaniya xalqaro huquqiy hamkorlik jamg‘armasining (IRZ) O‘zbekistondagi loyihalari rahbari F.Hupfeld bilan muloqot o‘tkazdi.
Suhbat davomida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Germaniya xalqaro huquqiy hamkorlik jamg'armasi (IRZ) o‘rtasida 2026-yilning ikkinchi yarmiga mo‘ljallangan hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Seminar yakunida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning yangi tahririni ishlab chiqishga qaratilgan amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Avval xabar berilganidek, 19–20 may kunlari Adliya vazirligida Germaniya xalqaro huquqiy hamkorlik jamg‘armasi (IRZ) bilan hamkorlikda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning yangi tahririni ishlab chiqishga bag‘ishlangan xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi.
Xususan, Germaniyaning ma’muriy huquqbuzarlik sohasidagi ilg‘or tajribasi, huquqni qo‘llash amaliyoti va ma’muriy javobgarlikni tartibga solishning samarali mexanizmlari yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, Germaniya sud-huquq tizimida ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan xalqaro ekspert Volfgang Zivert tomonidan Germaniya ma’muriy javobgarlik huquqining o‘ziga xos xususiyatlari, xususan, ma’muriy va jinoiy javobgarlik o‘rtasida chegaralarni belgilash, ma’muriy organlar va sudlar o‘rtasida vakolatlarni taqsimlash va sud nazoratining samarali mexanizmlari to‘g‘risida ma’lumot berildi.

❤7