ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.5K photos
2.68K videos
39 files
9.32K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari
#Yoshlar_kuni

🔴 Samarqandda talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

🔹Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan har payshanba kuni vazirlik, idora va hokimliklarda “Yoshlar kuni”ni o‘tkazish hamda yoshlar bilan manzilli ishlashning yangi mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi doirasida Samarqand shahridagi Arxitektura-qurilish universitetida “Pitching day” tadbiri tashkil etildi.

🔹Mazkur tadbirda Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i S.Sattarov ishtirok etib, talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

🔹Muloqot davomida yoshlarning innovatsion g‘oyalari, startap loyihalari, tadbirkorlik tashabbuslari hamda zamonaviy texnologiyalar asosidagi ishlanmalari bilan yaqindan tanishildi.

🔹Shuningdek, yoshlarning biznes va startap faoliyatini yo‘lga qo‘yish, loyihalarni amaliyotga joriy etish, bandlikni ta’minlash hamda ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

🔹Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutaxassislardan tegishli tavsiya va tushuntirishlar oldilar.

📌 Mazkur tadbir yoshlarning innovatsion salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini rag‘batlantirish hamda zamonaviy kasb va tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
👏3👍2🔥1
Plagiat uchun qanday jazo bor?

Ijod mahsuloti kimga tegishli? Mualliflik huquqi qachon paydo bo‘ladi va uni qanday himoya qilish mumkin? “Uzreport” TVda “Huquqiy nigoh”ning navbatdagi sonida intellektual mulk, mualliflik huquqi buzilishi, plagiat, kontentdan qonuniy foydalanish hamda ijodkorlarning huquqiy himoyasi haqida so‘z bor bordi.

📹Тo'liq video👉🏻 https://youtu.be/96kRuovanv0?si=KePRyIk-wBBBU6F9
https://www.facebook.com/share/v/18jHLX5egD/
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥2👏2
#Adliya_xabari

Joriy yilning 7-may kuni “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi.

Mazkur qonun quyidagilarni nazarda tutadi:
1) litsenziya shartnomasini tuzishning o‘zi tovar belgisidan foydalanganlik deb hisoblanmasligi;
2) tovar belgisi guvohnomasini huquq egasi bo‘lgan yuridik shaxs tugatilganda yoki jismoniy shaxs vafot etib, merosxo‘rlari bo‘lmaganda, manfaatdor shaxsning arizasi ko‘ra, sud qarori asosida tugatish;
Ma’lumot uchun: 2023-yilda 3155 ta tovar belgisi ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkich 2025-yilda 6040 taga yetgan.
3) O‘zbekiston Respublikasiga tegishli tovar kelib chiqqan joy nomi va geografik ko‘rsatkichni anglatuvchi alohida logotip belgilash;
Ma’lumot uchun: hozirda 3 ta tovar kelib chiqqan joy nomi va 24 ta geografik ko‘rsatkich ro‘yxatga olingan.
4) ixtiro va foydali modellarga talabnomalar Patent kooperatsiyasi shartnomasi bo‘yicha belgilangan muddatdan kechikkan holda taqdim etilganda, ustuvorlikni so‘rash muddatini 12 oygacha tiklash imkoniyatini yaratib, bu harakatlar uchun patent bojlarini belgilash;
5) EHM dasturi va ma’lumotlar bazasiga oid shartnomaga o‘zgartirish kiritilganda patent bojini undirish tartibi takomillashtirib, ushbu obyektga doir guvohnomaga o‘zgartirish kiritish uchun patent bojlarini joriy etish;
6) seleksiya yutuqlarini tijoratlashtirishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ushbu huquqlarni boshqa shaxsga o‘tkazish shartnomasini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun belgilangan patent bojlarini 2 barobarga kamaytirish;
7) Apellyatsiya kengashining faoliyati samaradorligini yanada oshirish, mediatsiya institutini qo‘llab-quvvatlash va sud bojlari bilan muvofiqlashtirish maqsadida Adliya vazirligining Apellyatsiya kengashiga ariza berish uchun patent boji miqdorlarini oshirish;
8) intellektual mulk sohasidagi tekshiruvlarni Biznes-ombudsmanni xabardor qilish orqali amalga oshirish;
9) Qonunchilikka “ishonch telefoni” va “call-markaz” tushunchalarini kiritish;
10) “O‘zarxiv agentligi” Adliya vazirligiga o‘tkazilishiga oid texnik o‘zgarishlarni kiritish;
11) sud, raqobat va Milliy gvardiya organlari faoliyatini tartibga soluvchi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni boshqa amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiqlashtirish

.
🔸Mazkur Qonun intellektual mulk obyektlarini muhofaza qilish tartiblarini yengillashtirishga, mahalliy va xorijiy investorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga, tadbirkorlar uchun bozorga kirish imkoniyatlarini kengaytirishga hamda xalqaro majburiyatlarni bajarishga, shuningdek, fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini ko‘rib chiqish tizimini soddalashtirish va ularning davlat organlari bilan bevosita aloqa o‘rnatish imkoniyatlarini kengaytirish xizmat qiladi.

🔹Shuningdek, mazkur Qonun bilan amaldagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiqlashtirishga erishiladi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
1
#Adliya_xabari

Kontrafakt mahsulot ishlab chiqargan huquqbuzar javobgarlikka tortildi!

Kontrafakt dori vositalari jamiyatga nafaqat moddiy zarar yetkazadi, balki inson hayoti va salomatligiga bevosita xavf tug‘diradi.

Chunki bunday dori vositalarini iste’molchilar asl mahsulot sifatida qabul qiladi, biroq qo‘llanilgach kutilgan natijani bermaydi. Bemor esa kutilgan natijani olmaydi va kasallikdan aziyat chekishda davom etadi.


Adliya organlari tomonidan “Herbion Toshkent” MChJning “INSTY/ИНСТИ” tovar belgisiga bo‘lgan huquqlari “S.D.K.S” MChJ tomonidan buzilayotganligi to‘g‘risidagi murojaati ko‘rib chiqildi.

O‘tkazilgan tekshiruv natijasida “S.D.K.S” MChJ tomonidan “INSTY/ ИНСТИ” tovar belgisiga fonetik va tasviriy jihatdan o‘xshash bo‘lgan “INTESTIY-SDK/ИНТЕСТИЙ-СДК” belgili kontrafakt mahsulot ishlab chiqarilganligi aniqlandi.

Holat bo‘yicha adliya organlari tomonidan “S.D.K.S” MChJga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirilib, javobgarlik masalasini ko‘rib chiqish uchun tegishli sudga yuborildi.

Hurmatli tadbirkorlar! O'z brendingizni roʻyxatdan oʻtkazishingizni hamda brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlariga duch kelganingizda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingizni yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
1
#Adliya_xabari

🇺🇿 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Adliya vazirligi tomonidan adliya tizimida uzoq yillar samarali faoliyat yuritgan faxriylar uchun ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Faxriylar uchun avtobusda sayohat uyushtirilib, ular O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi. Tashrif davomida markazda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, boy tarixiy va ma’naviy merosimizni aks ettiruvchi eksponatlar bilan yaqindan tanishildi.


Shundan so‘ng adliya vaziri bilan faxriylar o‘rtasida samimiy muloqot hamda iliq xotiralar bilan boy bo‘lgan uchrashuv tashkil etildi.

Adliya vaziri Akbar Tashkulov tizim rivoji yo‘lida fidokorona mehnat qilgan faxriylarni samimiy tabrikladi hamda ularning xizmatlarini alohida e’tirof etdi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍124🔥2
#Adliya_xabari

❗️Andijon viloyat adliya boshqarmasida “Uch avlod uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.

"9-may - Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan viloyat adliya boshqarmasida adliya boshqarmasi faxriylar, viloyat adliya boshqarmasi rahbar va xodimlari hamda Andijon viloyat yuridik texnikumi talabalari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Tadbir davomida faxriylar o‘z hayot yo‘li,  kasbiy tajribasi, adliya tizimida xizmat qilishning sharafi va mas’uliyati haqida yosh xodimlar bilan samimiy suhbat olib bordilar. Uchrashuv ochiq muloqot ruhida kechib, unda adliya tizimiga xos qadriyatlar, yoshlarning kasbiy va ma’naviy kamolotini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tashabbuslar yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, mazkur tadbirda viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i O. Bozarov so‘z olib, o'zlarining yubiley yoshlarini qarshi olgan 5 nafar faxriylarni tabriklab butun adliya tizimi xodimlari nomidan tabriklab, ularni tizim faoliyatiga qo‘shgan o‘z mehnatlarini eslab, yurtimizda hozirgi kunda har bir adliya sohasi vakillari 7 yoshdan 70  yoshgacha adliya tizimi e’tiborida ekanligini ta’kidlab o‘tib, o‘zining ularga esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Ta'kidlash joiz, muloqot davomida yosh xodimlar ustozlarning hayotiy va kasbiy maslahatlaridan ilhom olib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar. Tadbirda yoshlarning faolligi ham alohida e’tirof etildi va faol ishtirokchilarga faxriylar tomonidan chop etilgan "Najot-ta'limda, tarbiyada va bilimda" nomli kitoblari topshirildi.

Uchrashuv yoshlar uchun katta hayotiy saboq, faxriylar uchun esa o‘z tajribalarini baham ko‘rish imkoniyati bo‘lib, adliya qadriyatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏42🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Farg‘onada jurnalist va blogerlar uchun tashkil etilgan media-trening yakunlandi

📍Farg‘ona shahrida Farg‘ona, Namangan va Andijon viloyatlaridan 30 dan ortiq jurnalist va blogerlar ishtirokida “Davlat xizmatlari media nigohida: raqamli transformatsiyani fuqarolar uchun qanday yoritish kerak?” mavzusidagi ikki kunlik o‘quv treningi yakunlandi.

🎯 Trening davomida ishtirokchilarga davlat xizmatlari sohasidagi islohotlarni professional va fuqarolar manfaatlari nuqtai nazaridan yoritish, raqamli transformatsiya jarayonlarini sodda va ta’sirchan media formatlarda jamoatchilikka yetkazish, zamonaviy jurnalistika vositalaridan samarali foydalanish bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.

💡 Shuningdek, tadbir doirasida storytelling, mobil jurnalistika, sun’iy intellekt vositalaridan foydalanish, ijtimoiy tarmoqlar uchun kreativ kontent tayyorlash hamda davlat xizmatlari tizimidagi yangiliklarni keng auditoriyaga samarali yetkazish masalalari yuzasidan tajriba almashildi.

🤝 Ochiq muloqotlar, interaktiv sessiyalar va amaliy topshiriqlar asosida tashkil etilgan trening media vakillarining kasbiy ko‘nikmalarini oshirish, davlat organlari va OAV o‘rtasidagi samarali hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qildi.

Mazkur tadbir Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan hamda BMT Taraqqiyot Dasturi va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda davlat xizmatlari ko‘rsatishni yanada takomillashtirish” loyihasi doirasida tashkil etildi.


Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
🔥54👍4👏4
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Adliya vazirligi Yirik investitsiya loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish va ularning raqobat muhitiga ta’sirini baholash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3833, 2026-yil 8-may)


Yirik investitsiya loyihasi moliyaviy resurslar qiymati kamida 50,0 mln AQSH dollari ekvivalentida jalb etilgan holda amalga oshiriladigan, iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyatga ega obyektlar, xizmatlar yoki boshqa infratuzilmani yaratish, kengaytirish yoki modernizatsiya qilishga qaratilgan investitsiya loyihalari hisoblanadi.

Yirik investitsiya loyihasini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish va ularning raqobat muhitiga ta’sirini baholash davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari tomonidan amalga oshiriladi.

Yirik investitsiya loyihasining xavf darajasi yuqori bo‘lgan taqdirda loyihaning maqbulligi va amalga oshirish imkoniyati bo‘yicha salbiy xulosa beriladi.

Ekspertiza yoki baholash natijalari bo‘yicha salbiy xulosa berilgan bo‘lsa, ekspertiza va baholash xulosalarida ko‘rsatilgan kamchiliklar bartaraf etilmasdan Yirik investitsiya loyihasini ma’qullashga yo‘l qo‘yilmaydi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
5👍1