ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.5K photos
2.68K videos
39 files
9.32K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

SURXONDARYODA “ZAKOVAT” BELLASHUVI: INTELLEKTUAL SALOHIYAT VA HUQUQIY BILIMLAR SINOVI


Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish va mantiqiy fikrlash doirasini kengaytirish maqsadida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.

Mazkur tadbir “Rahbar va yoshlar” muloqotining amaliy maydoniga aylanib, unda yoshlarning huquqiy islohotlar borasidagi yangi g‘oya va tashabbuslari tinglandi. Ochiq muloqot davomida yoshlarni qiynayotgan masalalar o‘rganilib, huquqiy yechimlar yuzasidan fikr almashildi.


Murosasiz kechgan bahslar yakunida yuqori bilim namoyon etgan ishtirokchilar adliya boshqarmasining diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Ushbu loyihalar yoshlarning jamiyatda o‘z o‘rinlarini topishlarida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.me/surxondaryoadliya
👍61
#Adliya_xabari

Xotira va qadrlash — millat qadri


9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Adliya vazirligi mas’ullari Gʻalaba bogʻidagi “Matonat madhiyasi” yodgorlik majmuasiga gulchambar qoʻydi.

Tadbir davomida yurtimiz tinchligi va xalqimiz osoyishtaligi yoʻlida jon fido qilgan ajdodlar xotirasi chuqur ehtirom bilan yod etildi. Shuningdek, urush va mehnat faxriylariga hurmat bajo keltirilib, ularning jasorati hamda fidoyiligi alohida ta’kidlandi.


Xotira va qadrlash kuni — bu mardlik, jasorat va vatanparvarlik timsoliga aylangan insonlar xotirasiga cheksiz hurmat ifodasidir.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
12👏7🔥3👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aralashgach
#Qashqadaryo_viloyati

Hamshiralarning ustama pullari undirib berildi.


Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
3🔥1
📢 Diqqat!

Murojaatlar, xususan huquqiy masalalar hamda davlat xizmatlari yuzasidan savol va takliflaringiz bo‘lsa, quyidagi aloqa kanallari orqali murojaat qilishingiz mumkin:

📞 Ishonch telefoni: 1008
📞 Telefon: +998 71 207-04-43
🌐 Veb-sayt:
https://gov.uz/adliya
📧 Elektron pochta:
info@adliya.uz
📢 Davlat xizmatlari masalalari bo‘yicha Call-markaz: 1148
📍 Manzil: 100047, Toshkent shahri, Sayilgoh ko‘chasi, 5


💬Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar orqali ham murojaat yuborishingiz mumkin.

❗️ Har bir murojaat e’tibor bilan ko‘rib chiqiladi. Sizning faolligingiz qonuniylik va shaffoflikni ta’minlashga xizmat qiladi.

Rasmiy veb-sayt: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

🌱 “Qog‘ozsiz bir kun” ekoaksiyasi o‘tkazilmoqda

🔹Adliya organlari va muassasalarida “Qog‘ozsiz bir kun” ekoaksiyasi o‘tkazilmoqda.

🔹Mazkur tashabbus doirasida har oyning ikkinchi dushanba kuni hujjatlar almashinuvi va ish yuritish jarayonlarini to‘liq elektron shaklda tashkil etish, qog‘oz sarfini kamaytirish hamda ekologik madaniyatni oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

🔹Ekoaksiya davomida xodimlar tomonidan elektron hujjat almashinuvi tizimlaridan samarali foydalanish, raqamli texnologiyalarni keng joriy etish hamda resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

📌 “Qog‘ozsiz bir kun” tashabbusi ekologiyani asrash, zamonaviy ish yuritish tizimini rivojlantirish hamda raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirishga xizmat qiladi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
🔥3👍2
#Adliya_xabari

🔴 Samarqand viloyatida notariat va davlat hisobidan yuridik yordam tizimi faoliyati o‘rganildi

🔹Adliya vazirligi mas’ullari tomonidan Samarqand viloyatida notariat faoliyati hamda davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish tizimi samaradorligini oshirishga qaratilgan uchrashuvlar va o‘rganishlar o‘tkazildi.

🔹Tadbirlar davomida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar hamda advokatlar ishtirokida amaliyotda yuzaga kelayotgan muammolar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan fikr va takliflar almashildi.

🔹Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–246-son Farmoni talablari asosida ko‘chmas mulk va avtotransport vositalari oldi-sotdisida hisob-kitoblarni banklar orqali amalga oshirish (“eskrou” tizimi), onlayn notarial xizmatlar hamda ijro xatlarini yozish amaliyoti tahlil qilindi.

🔹Shuningdek, davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish tizimi faoliyati, sud va tergov organlaridan kelib tushayotgan so‘rovlarni qabul qilish jarayoni hamda advokatlar faoliyatini yanada faollashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📌 Yakunda amaldagi qonunchilik hujjatlari talablariga qat’iy rioya etish, sohaga zamonaviy xizmatlarni keng joriy qilish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan yuridik xizmatlar sifatini oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
👍5🔥1