ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.5K photos
2.69K videos
39 files
9.34K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

❗️Naqdsiz hisob-kitoblarni joriy etish bo‘yicha targ‘ibot ishlari davom etmoqda

🔰 Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i S. Nuriyev tomonidan Shahrisabz shahar hamda Shahrisabz va Kitob tumanlarida faoliyat yuritayotgan notariuslar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

🔰 Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–246-son Farmoni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi. Xususan, ko‘chmas mulk va transport vositalari oldi-sotdi jarayonlarida hisob-kitoblarni notarius va banklar o‘rtasidagi elektron ma’lumotlar almashinuvi orqali naqdsiz shaklda amalga oshirish tartibi muhokama etildi.

💬 Shuningdek, notariuslarga mazkur tizimni amaliyotga to‘liq va sifatli joriy etish, fuqarolar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish hamda aholiga huquqiy tushuntirish ishlarini kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

📌 Mazkur chora-tadbirlar iqtisodiy shaffoflikni ta’minlash, yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish va fuqarolarga qulay xizmatlar ko‘rsatishga xizmat qiladi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥21
📢 Intellektual mulk sohasiga qiziqasizmi? Ajoyib imkoniyat!

Butunjahon Intellektual Mulk Tashkiloti (BIMT) Akademiyasi tomonidan a’zo davlatlar uchun bepul onlayn o‘quv kurslari tashkil etilgan.

🎓 Ushbu kurslar:

📖Rus va ingliz tillarida olib boriladi
🆓Mutlaqo bepul
📄Muvaffaqiyatli yakunlaganlarga sertifikat beriladi

📚 Kurslarda quyidagi yo‘nalishlar qamrab olingan:

💡Intellektual mulk asoslari
📺Patent tushunchalari va patent ma’lumotlari bilan ishlash
🎙Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar
Tovar belgilari, sanoat namunalari va geografik ko‘rsatkichlar

💡 Ushbu kurslar nafaqat soha mutaxassislari, balki intellektual mulkka qiziqqan har bir kishi uchun foydali. O‘z bilim va ko‘nikmalaringizni xalqaro darajada oshirish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish:
https://welc.wipo.int/acc/index.jsf?lang=ru

👉 Eslatma: Ro‘yxatdan o‘tish muddatlari cheklangan.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2
🌟🌟🌟🌟🌟

Sun’iy intellekt va huquq: kelajak sari muhim qadam


Adliya tizimida raqamli transformatsiya jarayonlari izchil davom etayotgan bir davrda Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida “Huquqni qo‘llash amaliyotida sun’iy intellektni joriy etish istiqbollari: qiyosiy-huquqiy tahlil” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya yuqori saviyada tashkil etildi.

➡️Mazkur nufuzli anjuman huquq sohasida innovatsion texnologiyalarni joriy etish, sun’iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanish hamda zamonaviy huquqiy mexanizmlarni shakllantirish masalalariga bag‘ishlandi.

Tadbirda yetakchi olimlar, huquqshunos-amaliyotchilar, sud-huquq tizimi vakillari, IT mutaxassislari va ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlari faol ishtirok etib, dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar.

🔹 Sun’iy intellektni huquqni qo‘llash amaliyotiga integratsiya qilish
🔹 Sud qarorlarida inson omili va algoritmik yondashuv muvozanati
🔹 Shaffoflik, hisobdorlik va etik masalalar
🔹 Ma’lumotlar himoyasi va shaxsiy hayot daxlsizligi
🔹 Kiberjinoyatlarga qarshi kurashishning zamonaviy usullari kabi yo‘nalishlar muhokama markazida bo‘ldi.

⚡️Konferensiya yakunida ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar va amaliy tavsiyalar huquqni qo‘llash tizimini modernizatsiya qilish, qonunchilikni takomillashtirish hamda sun’iy intellekt texnologiyalarini xavfsiz va samarali joriy etishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

➡️ Mazkur tadbir nafaqat ilmiy muloqot maydoni, balki kelajakdagi keng ko‘lamli islohotlar uchun mustahkam konseptual asos bo‘lib xizmat qiladi.

minjusttraining.uz | Facebook | Instagram | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍2🔥1
❗️Naqdsiz hisob-kitoblar tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi

🔰 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–246-son Farmoniga muvofiq, joriy yilning 1-aprelidan boshlab ko‘chmas mulk hamda transport vositalari oldi-sotdisida hisob-kitoblar faqat naqdsiz shaklda amalga oshirilmoqda.

🔰 Mazkur tartib asosida bitimlar notarius va banklar o‘rtasidagi elektron axborot almashinuvi orqali rasmiylashtirilib, to‘lovlar to‘liq shaffof va nazorat qilinadigan tizimda amalga oshirilmoqda.

🔰 Ushbu tizimning hududlarda samarali joriy etilishini ta’minlash maqsadida Buxoro viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i M. Isayev tomonidan notariuslar hamda bank vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

💬 Uchrashuv davomida ko‘chmas mulk va transport vositalari oldi-sotdisida hisob-kitoblarni naqdsiz shaklda amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirish, notarius va banklar o‘rtasida elektron ma’lumotlar almashinuvini yanada tezkor va uzluksiz yo‘lga qo‘yish, shuningdek, eskrou hisobvaraqlari orqali hisob-kitoblarni amalga oshirishda yuzaga kelayotgan amaliy masalalar yuzasidan fikr almashildi.

📌 Shuningdek, fuqarolar uchun qulay, shaffof va xavfsiz xizmatlar ko‘rsatishni ta’minlash, ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xotin_qizlarga_huquqiy_ko‘mak

♻️ “Xotin-qizlar huquqlari kafolatlari” huquqiy aksiyasi doirasidagi tadbirlar davom etmoqda

🔰 Adliya vazirligi tashabbusi bilan har yili o‘tkaziladigan mazkur aksiya doirasida Jizzax viloyatida xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqiy savodxonligini oshirish hamda muammolarini tizimli hal etishga qaratilgan tadbirlar tashkil etilmoqda.

🔰 Xususan, sayyor qabullar va uyma-uy yurishlar orqali aniqlangan muammolar nazoratga olinib, fuqarolarga bepul huquqiy maslahatlar berilmoqda. Shuningdek, huquqiy bilimlarni oshirish maqsadida turli seminar va treninglar o‘tkazilmoqda.

🏢 Zarbdor tumanida tashkil etilgan tadbir doirasida xotin-qizlar “Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi”da ishtirok etib, mavjud ish o‘rinlari bilan tanishdilar hamda bandlik imkoniyatlari kengaytirildi.

🩺 Shu bilan birga, xotin-qizlar uchun sayyor tibbiy ko‘rik tashkil etilib, chuqurlashtirilgan tekshiruvlar uchun tuman tibbiyot birlashmasida bepul xizmatlar yo‘lga qo‘yildi.

📌 Tadbir yakunida adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari B. Pirxalov ishtirokida sayyor qabul o‘tkazilib, murojaatlar joyida o‘rganildi va tegishli choralar belgilandi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Endilikda dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazishda ularning xalqaro miqyosdagi samaradorligi o‘rganiladi.

Adliya vazirligi Dori vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonida ularning samaradorligini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi idoraviy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3806, 2026-yil 3-aprel).

Mazkur hujjatga ko‘ra:
- dori vositalarining samaradorligi 12 ta xalqaro ilmiy manbalar (Cochrane Library, Sсopus, Mediqlab va boshqalar) asosida tekshiriladi;
- samaradorlikni o‘rganish mustaqil ilmiy ekspertlardan iborat komissiyalar tomonidan amalga oshiriladi;
- samaradorlikni o‘rganish natijalari bo‘yicha dori vositalari quyidagi 3 ta toifaga ajratiladi:
1) samaradorligi isbotlangan dori vositalari (samaradorligi xalqaro ilmiy manbalarda tasdiqlangan bo‘lsa);
2) samaradorligi isbotlanmagan dori vositalari (xalqaro ilmiy manbalarga ko‘ra, samaradorligi o‘z isbotini topmagan bo‘lsa);
3) samaradorligi o‘rganilmagan dori vositalari (samaradorligi bo‘yicha xalqaro ilmiy manbalarda ma’lumotlar mavjud bo‘lmasa).

O‘rganish natijalari Sogʻliqni saqlash vazirligi “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilib boriladi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥21