ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.5K photos
2.69K videos
39 files
9.34K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_aralashgach

📣 Ustama to‘lovlari undirib berildi


🔹 Urganch tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqaro Sh.R va U.Dlarning murojaati o‘rganildi. Ular umumiy o‘rta ta’lim maktabida ingliz tili fani o‘qituvchisi sifatida faoliyat yuritib, 2024–2025-yillar hamda 2026-yilning o‘tgan davri davomida qo‘shimcha ustama haqlari to‘lanmaganidan norozi bo‘lib, amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan.

🔰 O‘rganish jarayonida amaldagi qonunchilik talablari buzilgani aniqlanib, 2024-yilning ayrim oylarida, 2025-yil davomida hamda 2026-yilning yanvar–mart oylarida fuqaro U.Dga 25 423 904 so‘m, fuqaro Sh.Rga esa 36 542 183 so‘m miqdoridagi ustama to‘lovlari asossiz ravishda to‘lanmagani ma’lum bo‘ldi.


Qonun buzilishini bartaraf etish maqsadida tuman adliya bo‘limi tomonidan tegishli tashkilotga taqdimnoma kiritildi. Natijada fuqaro Sh.Rga 36 542 183 so‘m hamda U.Dga 25 423 904 so‘m ustama to‘lovlari to‘lab berilishi ta’minlandi.

⚖️ Adliya organlari tomonidan fuqarolarning mehnat huquqlari himoya qilinmoqda.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31🔥1👏1
#Adliya_aralashgach

46 yillik kutilgan hujjat — hayotga qaytgan huquq

Davlatobod tumanida yashovchi N. Sohibova qariyb yarim asr — 46 yil davomida tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasiz hayot kechirdi. Bir qarashda oddiy hujjatdek tuyuladigan bu guvohnoma yo‘qligi uning butun hayotiga ta’sir ko‘rsatdi. U na davlat xizmatlaridan to‘liq foydalana oldi, na ijtimoiy himoya va imtiyozlardan bahramand bo‘ldi. Go‘yoki u jamiyatda bor-u, lekin huquqiy jihatdan mavjud emasdek edi.

Batafsil

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍3🔥2😢2👏1🎉1
Prezident Shavkat Mirziyoyev toʻlovga qobiliyatsizlik institutini takomillashtirish va moliyaviy ahvoli ogʻir tadbirkorlik subyektlarini sogʻlomlashtirish boʻyicha yangi yondashuvlar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией о совершенствовании института неплатежеспособности и новых подходах к оздоровлению субъектов предпринимательства, находящихся в сложном финансовом положении.

#Mirziyoyev #taqdimot #tadbirkorlik #qullabquvvatlash

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
10👍10🔥2👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Naqdsiz hisob-kitoblar amaliyotga joriy etildi

Davlatimiz rahbarining 2025-yil 10-dekabrdagi PF–246-son Farmoniga muvofiq joriy yilning 1-aprelidan boshlab ko‘chmas mulk hamda avtotransport vositalarini oldi-sotdi qilishda hisob-kitoblarni naqdsiz shaklda amalga oshirish tartibi yo‘lga qo‘yildi.

📊 Joriy yilning 1–2-aprel kunlari fuqarolar tomonidan mazkur tartib asosida hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun jami 2 190 ta murojaat kelib tushdi.

🔹 Shundan:
▫️ 1-aprel kuni – 190 ta
▫️ 2-aprel kuni – 576 ta murojaat bo‘yicha shartnomalar notarial tasdiqlanib, to‘lovlar sotuvchilarga o‘tkazildi.

📌 Umumiy hisobda ikki kun davomida 766 ta bitim naqdsiz shaklda amalga oshirildi.
▫️ 532 tasi – transport vositalari
▫️ 234 tasi – ko‘chmas mulk oldi-sotdisi hissasiga to‘g‘ri keladi.

🤝 Adliya vazirligi tomonidan mazkur tizimni samarali yo‘lga qo‘yish maqsadida tijorat banklari bilan yaqin hamkorlikda ishlar olib borilmoqda.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍1🔥1😢1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Strategiya_2030

📊 "O‘zbekiston-2030" strategiyasining 2026-2030-yillarga mo‘ljallangan samaradorlik ko‘rsatkichlari

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
2026-yil 1-apreldan boshlab mamlakatimizda ko‘chmas mulk va transport vositalari bilan bog‘liq bitimlar to‘liq naqd pulsiz shaklga o‘tkazildi.


Shuningdek, qiymati 25 million so‘mdan yuqori bo‘lgan tovar va xizmatlar uchun to‘lovlar ham endilikda bank kartalari yoki elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirilmoqda.

Xususan, Sirdaryo viloyatida ham bu tizim amaliyotga izchil joriy etilmoqda. Notariuslar va tijorat banklari o‘rtasida elektron axborot almashinuvi yo‘lga qo‘yilib, bitimlarni rasmiylashtirish jarayoni ancha soddalashdi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32🔥1👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

❗️Naqd pulsiz hisob-kitoblar — shaffoflik va xavfsizlik kafolati

Davlatimiz rahbarining 2025-yil 10-dekabrdagi PF–246-son Farmoniga muvofiq 1-apreldan boshlab ko‘chmas mulk va avtotransport vositalari oldi-sotdisida hisob-kitoblar naqd pulsiz shaklda amalga oshirilmoqda.

Adliya vazirligi va banklar hamkorligida fuqarolar uchun “eskrou” hisob raqamlarini ochishda “yashil yo‘lak” joriy etildi.

📌 Notarial idoralarda esa bank ma’lumotlari elektron tarzda olinib, bitimlar tezkor rasmiylashtirilmoqda.

🔒 Bu esa mulk huquqlarini ishonchli himoya qilish va firibgarlik holatlarining oldini olishga xizmat qilmoqda.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🔥1
#yoshlar
#Yashil_makon

🌱 Yoshlar bilan birga — yashil kelajak sari

Adliya vaziri o‘rinbosari M. Allakuliyev ishtirokida talabalar shaharchasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish tadbiri tashkil etildi.

Mazkur tashabbus yoshlarni atrof-muhitni asrash, tabiatga mehr bilan munosabatda bo‘lish va ekologik madaniyatni shakllantirishga keng jalb etishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Tadbir davomida yoshlar bilan birgalikda turli xil daraxt ko‘chatlari ekilib, yashil hududlarni kengaytirishga munosib hissa qo‘shildi.

🌿 Bu kabi amaliy tashabbuslar nafaqat ekologik barqarorlikni ta’minlashga, balki yosh avlod ongida tabiatga mas’uliyat hissini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥4👏2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
1-aprelidan boshlab ko‘chmas mulk hamda avtotransport vositalarini oldi-sotdisi naqdsiz shaklda amalga oshirilmoqda.

Joriy yil 3-aprel kuni – 930 ta murojaat bo‘yicha shartnomalar notarial tasdiqlanib, to‘lovlar sotuvchilarga o‘tkazildi.

📌 Umumiy hisobda 1-3-aprel kunlari davomida 1 696 ta bitim naqdsiz shaklda amalga oshirildi.
▫️ 1 050 tasi – transport vositalari
▫️ 646 tasi – ko‘chmas mulk oldi-sotdisi hissasiga to‘g‘ri keladi.

🤝 Adliya vazirligi tomonidan mazkur tizimni samarali yo‘lga qo‘yish maqsadida tijorat banklari bilan yaqin hamkorlikda ishlar olib borilmoqda.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2