ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.5K photos
2.7K videos
39 files
9.35K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi xodimlari uchun psixologik trening tashkil etildi

Adliya organlari boshqaruv xodimlari uchun muloqot madaniyatini oshirish, stressni samarali boshqarish, konfliktli vaziyatlarni to‘g‘ri hal etish hamda samarali tinglash ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan psixologik trening tashkil etildi.

Mazkur trening doirasida malakali psixolog Dilrabo Isroilova tomonidan ishtirokchilarga mavzu yuzasidan zarur nazariy bilimlar yetkazildi hamda amaliy mashg‘ulotlar orqali tegishli ko‘nikmalar shakllantirildi. Mashg‘ulotlar interaktiv yondashuvlar asosida olib borildi.


Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍52🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#adliya_xabari

#Adliya_xabari

Navoiy viloyatida joriy yilning shu davriga qadar 700 dan ortiq tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi qayd etildi. Odatda ushbu jarayon farzand dunyoga kelgach darhol amalga oshiriladi.

⚖️ Biroq hayotda turli sabablarga ko‘ra farzandli bo‘lganidan keyin ham tug‘ilganligi o‘z vaqtida qayd etilmagan fuqarolar uchrab turadi. Bu esa ularning huquqiy maqomini belgilash, ijtimoiy xizmatlardan foydalanish hamda boshqa zarur hujjatlarni rasmiylashtirishda muammolarni keltirib chiqaradi.

🔰 Adliya organlari tomonidan bunday holatlarni bartaraf etish, fuqarolarning huquqlarini tiklash hamda ularning huquqiy himoyasini ta’minlash maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda.

📌 Natijada, ilgari turli sabablar bilan tug‘ilganligi qayd etilmagan shaxslarning huquqlari tiklanib, ularga tegishli tartibda dalolatnoma yozuvlari rasmiylashtirilmoqda.

💬 Fuqarolar o‘z huquqlarini ta’minlash uchun FHDY organlariga murojaat qilishlari mumkin.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥32
#Ochiq_adliya

🗣Ayni damda Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi tomonidan xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini berish boʻyicha malaka imtihoni oʻtkazilmoqda.

🗣Ushbu jarayonni to'g'ridan-to'g'ri kuzatib borishingiz mumkin 👉 https://www.youtube.com/live/wfWHST88w1k?si=ybavd8wEVj7FDbI-

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🔥1
#Adliya_xabari
#Mulk_huquqi

✔️ Samarqand viloyatida o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda barpo etilgan bino va inshootlarga nisbatan huquqlari e’tirof etilgan fuqarolar soni 8410 nafarga yetdi.

🔰 Bu ko‘rsatkich fuqarolarning mulkiy huquqlarini himoya qilish, ularni qonuniylashtirish hamda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarning muhim natijasi hisoblanadi.

📊 Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 28-sessiyasida qabul qilingan qarorga muvofiq, viloyatning qator tuman va shaharlarida istiqomat qiluvchi yana 2215 nafar fuqarolarning mulk huquqlari qonuniy asosda tan olindi.

📌 Mazkur qaror fuqarolarning huquqiy manfaatlarini ta’minlash, ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish hamda mulkiy munosabatlarda aniqlik va shaffoflikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥2👏1
#xalqaro_hamkorlik

Adliya vaziri A.Tashkulov Singapur Xalqaro Mediatsiya markazi rahbari Jorj Lim bilan uchrashuv o‘tkazdi.


🔰 Uchrashuv davomida O‘zbekistonda nizolarni muqobil hal etish tizimini rivojlantirish, xususan mediatsiya institutini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar muhokama qilindi.

📊 Ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda mamlakatimizda mediatsiya orqali nizolarni hal etish amaliyoti kengayib, minglab nizolar sudga qadar bosqichda hal etilmoqda. Bu esa sudlar yuklamasini kamaytirish hamda investorlar uchun qulay va shaffof muhit yaratishga xizmat qilmoqda.

💬 Tomonlar o‘rtasida mediatsiya sohasida xalqaro tajribani joriy etish, mediatorlar malakasini oshirish, onlayn mediatsiyani rivojlantirish hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

📌 Shuningdek, “Tashkent – Central Asian Mediation Hub” konsepsiyasini ilgari surish, xalqaro forum va konferensiyalar tashkil etish hamda O‘zbekistonni mintaqada mediatsiya markaziga aylantirish bo‘yicha hamkorlik istiqbollari ko‘rib chiqildi.

🤝 Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash va mediatsiya sohasida qo‘shma tashabbuslarni ilgari surishga tayyor ekanliklarini bildirdi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥21
Voyaga yetmaganlarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini cheklash: siz bunga qanday qaraysiz?

Bugun har bir ota-ona o‘ziga bu savolni berishi kerak.
📱Ijtimoiy tarmoqlar, zararli kontent, noma’lum begonalar...
Bolalarimiz har kuni shu xatarlar bilan yuzma-yuz. Lekin biz ularni himoya qila olamizmi?

🏛Adliya vazirligi voyaga yetmaganlarning raqamli dunyodagi xavfsizligi mavzusida maxsus ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazmoqda.
Atigi 2-3 daqiqangizni ajrating — bu bolalarimizning kelajagi uchun!

📌So‘rovnomada ishtirok eting:
___________________________
🇺🇿O‘zbek tilidagi so‘rovnoma
📚Voyaga yetmaganlar uchun Havola bu yerda
👩‍🍼Ota-onalar uchun → Havola bu yerda
__
🇷🇺Анкета на русском языке
📚Для несовершеннолетних → Ссылка здесь
👩‍🍼Для родителей → Ссылка здесь

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍52🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

ADLIYA FUQAROLARNING MUAMMOLARIGA YECHIM TOPMOQDA

muxbir: Ahror Ziyodov

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3👍2👏1
#adliya_yangiliklari

JSTga a’zo bo‘lish jarayonlariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya o‘tkazildi

🔰 31-mart kuni Toshkent davlat yuridik universitetida “O‘zbekistonning JSTga qo‘shilish jarayonlari va mintaqaviy savdoning kelajagi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Adliya vazirligi vakillari ham faol ishtirok etdi.

💬 Konferensiya davomida Adliya vazirligining JSTga a’zolik jarayonlaridagi o‘rni, amalga oshirilgan ishlar hamda erishilgan natijalar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi. Xususan, 2023-yildan buyon bojxona, texnik jihatdan tartibga solish, intellektual mulk, sanitariya va fitosanitariya hamda veterinariya sohalarida 180 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar xalqaro talablarga moslashtirilgani qayd etildi.

🌍 Shuningdek, JSTga a’zolik bo‘yicha ikki va ko‘p tomonlama muzokaralar doirasida Adliya vazirligi vakillari faol ishtirok etib kelmoqda. Bugungi kunga qadar 30 dan ortiq davlatlar, jumladan, AQSh, Yevropa Ittifoqi, Xitoy, Yaponiya va Rossiya bilan ikki tomonlama muzokaralar yakunlangan.

🤝 Tadbir doirasida davlat organlari, biznes vakillari va ilmiy doiralar o‘rtasida samarali muloqot yo‘lga qo‘yilib, JSTga a’zolik sharoitida mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun yaratiladigan imkoniyatlar muhokama qilindi.

⭐️ Konferensiya yakunida ishtirokchilar tomonidan Adliya vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayonida muhim ahamiyat kasb etayotgani alohida e’tirof etildi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7🔥3👏1
2026-yil 31-mart kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Majlisda, jumladan, Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga eksport tartib-taomillarini Jahon savdo tashkiloti qoidalariga muvofiqlashtirishga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

Ushbu qonun loyihasi bilan “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonunga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati qarorlariga binoan olib chiqiladigan buyumlar va mahsulotlarni eksport qilishga doir ruxsatnoma berish tartibini bekor qilishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Shuningdek, loyiha bilan litsenziyalash va ruxsat berish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga qo‘llaniladigan jarimalar ro‘yxatidan eksportga oid cheklovlar chiqarib tashlanmoqda.

Ta'kidlash lozimki, belgilanayotgan normalar mahsulotlar eksportini kengaytirish, eksportdagi mavjud cheklovlarni bartaraf etish, raqobat va ochiq bozor muhitini yaratishga, shuningdek, milliy qonunchiligimizni JST qoidalariga uyg‘unlashtirishga xizmat qiladi.

Qizg‘in o‘tgan majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan ikkinchi o‘qishda qabul qilindi.
9🔥1