ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.5K photos
2.7K videos
39 files
9.35K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Adliya vazirligida “Sog‘lom ko‘zlar” hamda “To‘g‘ri ovqatlanish — sog‘lom hayot asosi!” shiorlari ostida timbilding o‘tkazildi

Treningda tajribali oftalmolog hamda dietolog ishtirok etdi.

Tadbirda:
ko‘z kasalliklarining oldini olish va ko‘z parvarishi bo‘yicha tushuntirishlar, shuningdek, to‘g‘ri ovqatlanish, vaznni boshqarish, moddalar almashinuvini yaxshilash hamda kasalliklarning oldini olish yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.

📌 Tadbir davomida xodimlarning savollariga javob berilib, sog‘lom turmush tarziga oid muhim jihatlar keng muhokama qilindi.

Mazkur timbilding mashg‘uloti xodimlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda xodimlarning samaradorligini yuksaltirishga xizmat qiladi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#faoliyat

Siz har kuni amal qiladigan qoidalar qanday paydo bo‘ladi?

Oddiy jarayonlar ortida jiddiy tartiblar bor. Ular sizning vaqtingizni tejaydi, imkoniyatlaringizni oshiradi, hayotingizni osonlashtiradi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Adliya vazirligi Fuqaro aviatsiyasida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va tibbiy xulosa berish tartibi to‘g‘risidagi aviatsiya qoidalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3800, 2026-yil 27-mart).
 
Mazkur Aviatsiya qoidalari fuqaro aviatsiyasida aviatsiya xodimlarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va tibbiy xulosa berish tartibini belgilaydi.
 
Unga ko‘ra, barcha aviatsiya xodimlari va fuqaro aviatsiyasiga qabul qilinayotgan nomzodlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
 
Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tibbiy-uchish komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
 
Tibbiy ko‘rikda nomzodning umumiy sog‘lig‘i, ko‘rish va eshitish qobiliyati, ruhiy holati, kasbiy faoliyatga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan xavf omillari, shuningdek parvozlar xavfsizligiga salbiy ta’sir etishi mumkin bo‘lgan kasallik va holatlar baholanadi.
 
Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish natijasiga ko‘ra, aviatsiya xodimlari va nomzodlarga sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra 1, 2 yoki 3-klass tibbiy xulosalar beriladi.
 
Tibbiy xulosa
nomzodning kasbiy vazifalarni xavfsiz bajarishga jismoniy va ruhiy jihatdan yaroqliligini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.
 
Shuningdek, ushbu qoidalarda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi, tibbiy xulosaning amal qilish muddatlari, uchishdan oldingi va keyingi tibbiy ko‘riklarni tashkil etish tartibi belgilangan.
 
Mazkur aviatsiya qoidalarining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi fuqaro aviatsiyasi tizimida tibbiy nazoratni yanada takomillashtirish, aviatsiya xodimlarining kasbiy yaroqliligini xolis va asosli baholash, shuningdek parvozlar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
#adliya_xabari

🏆 Eng yaxshi xodimlar aniqlandi

Adliya organlari xodimlari o‘rtasida 2025-yil yakunlariga ko‘ra tashkil etilgan kasbiy tanlov yakunlandi. Mazkur tanlov adliya tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarning bilim va ko‘nikmalarini baholash, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish hamda eng munosib nomzodlarni aniqlashga qaratildi.

Tanlov yuqori saviyada tashkil etilib, unda respublikaning barcha hududlaridan saralab olingan ishtirokchilar qatnashdi. Ishtirokchilar 4 ta nominatsiya — eng yaxshi adliya bo‘limi xodimi, davlat xizmatlari markazi xodimi, FHDY organi xodimi hamda yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimi yo‘nalishlarida bellashdilar.

Mazkur tadbir orqali tizimda fidokorona mehnat qilayotgan xodimlar e’tirof etilib, ularning faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11🔥43
G’olib va sovrindorlar bilan yuqoridagi infografika orqali tanishishingiz mumkin.

🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍23🔥6👏2
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Budjet hisobi standarti xalqaro standartlarga muvofiqlashtirildi.

Adliya vazirligi O'zbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (1-sonli BHS) “Hisob siyosati, hisob baholaridagi o'zgarishlar va xatolar”ni davlat ro'yxatidan o'tkazdi (ro'yxat raqami 3797, 2026-yil 27-mart).

Unga ko'ra, 1-sonli budjet hisobining standarti Xalqaro davlat sektori buxgalteriya standartlari – IPSAS 3 (International Public Sector Accounting Standard) talablariga muvofiq yangidan qabul qilinmoqda.

Xususan, mazkur budjet hisobi standartida IPSAS 3 muvofiq hisob siyosati va hisob baholaridagi o'zgarishlar hamda xatolarni tuzatishni amalga oshirish va hisobga olish, shuningdek perspektiv va retrospektiv qo'llash hamda qayta hisoblash tartiblari belgilanmoqda.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2🎉1🙏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Strategiya_2030

📊 "O‘zbekiston-2030" strategiyasining 2026-2030-yillarga mo‘ljallangan samaradorlik ko‘rsatkichlari

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥1
#Ochiq_adliya

🗣Ayni damda Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi tomonidan xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini berish boʻyicha malaka imtihoni oʻtkazilmoqda.

🗣Ushbu jarayonni to'g'ridan-to'g'ri kuzatib borishingiz mumkin 👉 https://www.youtube.com/live/wfWHST88w1k?si=ybavd8wEVj7FDbI-

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2
#Mualliflik_huquqi

Sherali Jo'rayevning qo'shiqlaridan ruxsatsiz foydalangan Sardor Mamadaliyev yana jarimaga tortildi.

🤔G. Jo‘rayeva tomonidan marhum san’atkor Sherali Jo‘rayevdan meros bo‘lib qolgan “Ko‘rmisham”, “Bandaman” hamda “Karvon” nomli musiqiy asarlarning uning ruxsatisiz Sardor Mamadaliyev tomonidan ijro etilgani yuzasidan huquqiy chora ko‘rishni so‘rab qilingan murojaat Adliya vazirligi tomonidan o‘rganilib chiqildi.

🤔Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 177¹-moddasi ikkinchi qismi bilan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtirilib, ish tegishli sudga yuborildi.

🤔Namangan viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Chust tuman sudining qaroriga ko‘ra, huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 177¹-moddasining ikkinchi qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 20 (yigirma) baravari miqdorida – 8.240.000 (sakkiz million ikki yuz qirq ming) so‘m jarima jazosi tayinlandi.

⚠️ Hurmatli ijod vakillari! Mualliflik huquqingiz buzilganda Adliya vazirligining "1008" ishonch telefoni orqali xabar berishingiz yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni so'raymiz!

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥42👏2🎉1