ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.5K photos
2.7K videos
39 files
9.35K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
📣 INSTITUTDA MATBUOT ANJUMANI: USTUVOR VAZIFALAR VA AMALIY NATIJALAR E’TIBOR MARKAZIDA

Institutimizda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ta’lim jarayonini takomillashtirish, yuridik kadrlar tayyorlash sifatini oshirish hamda zamonaviy yondashuvlarni joriy etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar keng yoritildi.

🗣 Tadbir davomida institutning ustuvor vazifalari sifatida amaliyotga yo‘naltirilgan ta’limni kuchaytirish, tinglovchilarning kasbiy salohiyatini oshirish, raqamli texnologiyalarni keng joriy etish hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish yo‘nalishlari alohida ta’kidlab o‘tildi.

➡️ Shuningdek, tinglovchilar uchun yaratilgan qulay sharoitlar — zamonaviy o‘quv auditoriyalari, interaktiv ta’lim usullari, masofaviy ta’lim imkoniyatlari va boy axborot-resurs bazasi haqida atroflicha ma’lumot berildi. Ta’lim jarayonining sifatini oshirish, har bir tinglovchining individual rivojlanishiga e’tibor qaratilayotgani qayd etildi.

🌍 Institut faoliyatida xalqaro hamkorlik alohida o‘rin tutib, xorijiy mutaxassislar ishtirokida o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etilayotgani, ilg‘or tajribalar joriy qilinayotgani ta’kidlandi.

🤝Matbuot anjumani davomida jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga ochiq va batafsil javoblar berildi. Ochiq muloqot ruhida o‘tgan tadbir institut faoliyatining shaffofligi va jamoatchilik bilan samarali hamkorlikni ta’minlashga xizmat qildi.

minjusttraining.uz | Facebook | Instagram | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6
Kontrafakt mahsulotlar yo‘q qilindi!

Kontrafakt mahsulotlar jamiyatga faqatgina moddiy zarar yetkazib qolmaydi. Chunki, odatda kontrafakt mahsulotlar inson hayoti va salomatligi bilan bog‘liq sohalar bo‘lmish oziq-ovqat, farmatsevtika, parfyumeriya va boshqa shu kabi yo‘nalishlarda ko‘proq uchraydi.

Hech qanday texnik talablarga rioya qilinmagan holda ko‘zdan panada tayyorlangan mahsulot esa inson hayoti uchun xavf tug‘dirishi aniq. Biroq, bu kabi jiddiy oqibatlar fikr-u hayoli boylik orttirish bo‘lgan kimsalarni sira tashvishga solmaydi.

Shu sababli, adliya organlari tomonidan vakolatli tashkilotlar bilan hamkorlikda kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

Xususan, Surxondaryo viloyat adliya hamda bojxona boshqarmalari hamkorligida sud qaroriga muvofiq umumiy qiymati qariyb 180 million so‘mlik 6000 quti “EsseChange” tamaki, 10 turdan ortiq dori vositalari hamda boshqa kontrafakt mahsulotlar belgilangan tartibda yo‘q qilindi.

Hurmatli tadbirkorlar! O'z brendingizni roʻyxatdan oʻtkazishingizni hamda brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlariga duch kelganingizda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingizni yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3👍2👏2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍11🔥64
ADLIYA YANGILIKLARI
Video message
#live

Ayndi damda O’zbekiston Milliy matbuot markazida Adliya vazirligining 2025-yilgi faoliyati yuzasidan matbuot anjumani bo’lib o’tmoqda
👍4🔥31
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#matbuot_anjumani
#live

O’zbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga qo’shilish jarayoni qanday ketayotgani yuzasidan savolga javob berilmoqda…
👍73🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#matbuot_anjumani
#live

Ko‘chmas mulk va transport vositalari oldi-sotdi shartnomalari bo‘yicha elektron hisob-kitob tizimi yuzasidan savolga javob berilmoqda
👍43🔥1😢1
#matbuot_anjumani
#hisobot

2025-yil yakunlari sarhisobi muhokama qilindi

Bugun O‘zbekiston Milliy matbuot markazida Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda tizimda amalga oshirilgan islohotlar, erishilgan natijalar hamda istiqboldagi ustuvor vazifalar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

Matbuot anjumanida ta’kidlanganidek, hisobot davrida fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, davlat xizmatlarini yanada qulaylashtirish va huquqiy madaniyatni oshirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Xususan, 258 ta normativ-huquqiy hujjat ishlab chiqilib, 30 turdagi ortiqcha hujjat talab qilish amaliyoti bekor qilindi.

Shuningdek, “Biznesni 15 daqiqada boshlash” tamoyili joriy etilib, tadbirkorlik subyektlariga bir vaqtning o‘zida 7 ta xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi. “Proaktiv qonunchilik” asosida yangi hujjatlar haqida avtomatik xabardor qilish tizimi ishga tushirildi hamda 1600 ta majburiy talab bekor qilindi.

Aholining huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida 1 milliondan ortiq targ‘ibot tadbirlari tashkil etilib, “Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida 1,8 millionga yaqin xonadon o‘rganildi. Natijada aniqlangan muammolarning 97 foizi ijobiy hal etildi, minglab fuqarolarning huquqlari tiklandi.

Bundan tashqari, 2025-yilda 61 milliondan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatilib, xizmatlar muddati keskin qisqartirildi. Notariat va ta’lim tizimida raqamlashtirish ishlari kengaytirilib, yangi innovatsion platformalar joriy etildi.


Matbuot anjumani davomida ommaviy axborot vositalari bilan ochiq muloqot tashkil etilib, ularning savollariga batafsil javoblar berildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bote
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍5🔥2👏1😢1
#Adliya_xabari

📣 Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi tomonidan 2026-yilning 31-mart kuni xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish bo‘yicha malaka imtihoni o‘tkazilishi munosabati bilan malaka imtihoni jarayoni soat 10:00 dan boshlab videotasvirga olinib, internet tarmog‘ida to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
2👍1
#adliya_xabari

Qashqadaryoda fuqarolarning yer va mulkka bo‘lgan huquqlari e’tirof etilmoqda

Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining 2026-yil 27-mart kuni bo‘lib o‘tgan sessiyasida fuqarolarning o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarini e’tirof etish masalasi ko‘rib chiqildi.

Sessiya yakunlariga ko‘ra, jami 1 783 nafar fuqaroning yer va mulkka bo‘lgan huquqlarini e’tirof etish bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi.

Mazkur qaror fuqarolarning ko‘p yillik muammolarini hal etish, ularning uy-joylariga nisbatan qonuniy egalik huquqini ta’minlashga xizmat qiladi.

Ma’lumot uchun, qonun ijrosi doirasida bugungi kunga qadar viloyatda 8 938 nafar fuqaroning yer va mulkka bo‘lgan huquqlari e’tirof etilgan.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
2👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#huquqiy_aksiya
#xotin_qizlar

Qo‘qon shahrida xotin-qizlar huquqlariga bag‘ishlangan sayyor qabul tashkil etildi


Qo‘qon shahrining “Marg‘ilon darvozasi” mahalla fuqarolar yig‘inida adliya organlari tashabbusi bilan “Xotin-qizlar huquqlari kafolatlari” huquqiy aksiyasi doirasida sayyor qabul o‘tkazildi.

Tadbirda hamkor tashkilotlar ishtirokida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularning huquqiy muammolariga yechim berish yuzasidan zarur tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan huquqiy targ‘ibot ishlari olib borildi.

Bunday tadbirlar aholining huquqiy savodxonligini oshirish va murojaatlarni joyida hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
2👏1