ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.5K photos
2.7K videos
39 files
9.36K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#adliya_xabari

Mirzaobodda “xavfsiz mahalla” tizimi o‘rganildi

Sirdaryo viloyatida “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etish”ga qaratilgan PQ–1 va PQ–2-son qarorlari ijrosi doirasida o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Mazkur jarayon doirasida adliya vaziri o‘rinbosari Mirjalol Allakuliyev Mirzaobod tumanidagi “Toshkent” mahallasida bo‘lib, amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish davomida:
mahallada xavfsiz muhitni ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlar;
ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish choralari;
oilaviy nizolarni barvaqt aniqlash va oldini olish mexanizmlari tahlil qilindi.

Shuningdek, adliya organlariga yuklatilgan vazifalar, jumladan fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish, nizolarni sudgacha hal etish hamda aholi bilan yaqindan ishlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Yakunda mahallalarda barqaror va xavfsiz muhitni ta’minlash, mavjud tizim samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bote
👍3🔥1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Akademik litsey o'quvchilariga qo'shimcha yengillik va kafolatlar berilmoqda


Adliya vazirligi O'rta maxsus ta'lim tashkilotlarida yakuniy davlat attestasiyasini o'tkazish tartibi to'g'risidagi nizomga qo'shimcha va o'zgartirishlarni davlat ro'yxatidan o'tkazdi (ro'yxat raqami 2011-5, 19.03.2026-y).

Unga ko'ra, yakuniy attestatsiya sinovlarida xorijiy tillar va umumta'lim fanlari bo'yicha milliy va xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo'lgan o'quvchilar mazkur fanlardan davlat imtihonlarini topshirmaydi va ularga maksimal ball beriladi.

Yakuniy attestasiya sinovlarini 3 yil mobaynida ham topshirmagan o'quvchilarga davlat namunasidagi shahodatnoma olish uchun eksternat tartibida yakuniy attestatsiyani topshirish huquqi beriladi.

🗒 Yakuniy attestasiya sinovlarida shikoyatlarni ko'rib chiqish uchun apellyatsiya komissiyasi tuziladi hamda o'quvchilar davlat imtihoni baholari e'lon qilingan kundan boshlab 3 ish kuni ichida apellyasiya shikoyati berishi mumkin bo'ladi.

⛔️ Shuningdek, apellyatsiya shikoyatini ko'rishda o'quvchilarning davlat imtihoni natijasida olgan ballarini pasaytirishga yo'l qo'yilmaydi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥1🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#muvaffaqiyatli_tajriba
#100_ta_yangi_brend

“Samarqandning 100 ta yangi brendi” aksiyasi doirasida “Safia” qandolat uylari tarmog‘i misolida muvaffaqiyatli brend yaratish tajribasi taqdim etildi.

“Safia” brendi oddiy oilaviy tashabbus sifatida shakllangan. 2001-yilda Muhayyo Qosimova tomonidan uy sharoitida shirinliklar tayyorlash bilan boshlangan faoliyat keyinchalik oilaviy biznesga aylandi. Ushbu jarayonda Akmal Ayupovning qo‘llab-quvvatlashi muhim o‘rin tutdi. 2008-yilda esa Madina tomonidan birinchi qandolat do‘koni ochilib, brend yangi bosqichga olib chiqildi.

Bugungi kunda “Safia” sifat, did va ishonch timsoliga aylangan yirik qandolat brendlaridan biri hisoblanadi. Brend muvaffaqiyati, asosan, mijozlar ishonchi va ijobiy tavsiyalar asosida shakllangan.

Tadbir davomida “Safia” qandolat uylari tarmog‘i bosh direktor o‘rinbosari U. Usmonov tomonidan muvaffaqiyatli brend yaratish bo‘yicha amaliy tajribalar taqdim etildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bote
3👍3👏2
#100_ta_yangi_brend

📢 “Buxoroning 100 ta yangi brendi” loyihasi doirasida navbatdagi muhim tadbir!

🗓 2026-yil 26-mart kuni Buxoro shahrida brend yaratish va rivojlantirishga bag‘ishlangan keng ko‘lamli forum bo‘lib o‘tadi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Buxoro viloyati hokimligi bilan hamkorligida tashkil etilmoqda.

Forumda:
muvaffaqiyatli mahalliy brendlar vakillari (SAG, Safia, Korzinka);
xalqaro va milliy ekspertlar;
tadbirkorlar hamda hunarmandlar ishtirok etadi.

Tadbir davomida:
brend yaratish va rivojlantirish,
marketing va dizayn,
tovar belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish,
brendlarni huquqiy himoya qilish masalalari muhokama qilinadi.

❗️Brendni bepul tekshirish va uni ro’yxatdan o’tkazish imkoniyati yaratiladi.

Barcha tadbirkorlarni ushbu loyihada ishtirok etish uchun taklif qilamiz.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bote
1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#100_ta_yangi_brend
#Samarqand

Samarqand shahrida “Samarqandning 100 ta yangi brendi” loyihasi doirasida o‘tkazilgan tadbirdan videolavha.

Tadbir jarayonlarini videorolik orqali tomosha qiling.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bote
3👍2🔥1👏1🙏1
🔎 “97-modda” seriali Telegramda ruxsatsiz tarqatildi — va bu jazosiz qolmadi.

So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda, ayniqsa kino va seriallardan muallif ruxsatisiz foydalanish holatlari yuzasidan Adliya vazirligiga kelib tushayotgan murojaatlar soni sezilarli darajada ortib bormoqda.
Shunday holatlardan biri — “97-modda” seriali bilan bog‘liq.

“Twenty one entertainment” MChJ (SalomTV)ga tegishli bo‘lgan “97-modda” seriali “Shunchaki kino” telegram kanali tomonidan muallif ruxsatisiz foydalanilgani yuzasidan huquqiy chora ko‘rish so‘rab qilingan murojaat Adliya vazirligi tomonidan o‘rganib chiqildi. O‘rganish davomida mazkur audiovizual asardan kanal ma’muri Sh. Shukurov muallif ruxsatisiz foydalangani aniqlandi.

📝 Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177¹-moddasi bilan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli sudga yuborildi.

⚖️ Jinoyat ishlari bo‘yicha Baxmal tuman sudi qaroriga ko‘ra, huquqbuzarga O‘zbekiston Respublikasi MJtK 177¹-moddasi birinchi qismi bilan jarima jazosi tayinlandi.

📣 Hurmatli ijod vakillari! Mualliflik huquqingiz buzilganda Adliya vazirligining "1008" ishonch telefoni orqali xabar berishingiz yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni so'raymiz!

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bote
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏53🔥1🙏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qulaylik

☄️ Noturar ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlaringizni kompozit tarzda ro'yxatdan o'tkazing!

Yuridik shaxslar o'rtasidagi noturar ko‘chmas mulkni boshqa shaxsga o‘tkazishga oid shartnomalarni rasmiylashtirish, unga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha xizmatlarni kompozit tarzda taqdim etamiz:

1️⃣Ariza beruvchilar xizmatdan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga murojaat qiladilar;

2️⃣ Markaz ariza beruvchilarning shaxsini aniqlaydi va shartnoma ular tomonidan shaxsan imzolanganligini tasdiqlaydi hamda shartnomani Davlat kadastrlari palatasiga yuboradi;

3️⃣ Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalari ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi va davlat reyestridan ko‘chirmani Markazga yuboradi;

4️⃣ Markaz ko‘chirma kelib tushgandan so‘ng uni ariza beruvchilarning elektron manziliga yuboradi.

Unutmang, biz sizning qulayligingiz uchun ishlaymiz!

🚀Telegram |📷 Instagram |🔵 Facebook | ▶️ YouTube | 🚀 Bot
1
#sayyor_qabul

Adliya vaziri o‘rinbosari M. Ikramov Samarqandda sayyor qabul o‘tkazdi

🔸 Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand arxitektura-qurilish universitetida adliya vaziri o‘rinbosari M. Ikramov ishtirokida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Unda Adliya vazirligi hamda viloyat adliya boshqarmasi rahbar va mas’ul xodimlari ham qatnashdi.

🔹 Sayyor qabul davomida tadbirkorlik subyektlari duch kelayotgan muammolar atroflicha muhokama qilindi, ularning huquqiy yechimlari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

📊 Natijalar:
— 40 ga yaqin murojaat ko‘rib chiqildi;
— 32 ta murojaat bo‘yicha huquqiy tushuntirish berildi;
— 1 ta muammo joyida hal etildi;
— 7 ta murojaat qo‘shimcha o‘rganish uchun ish yurituviga olindi.

🔸 Bunday sayyor qabullar tadbirkorlar muammolarini joyida hal etish hamda ularning huquqiy savodxonligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bote
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎨 “Samarqandning 100 ta yangi brendi” aksiyasi doirasida dizayn va brending masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔸MINIM.UZ” dizayn agentligi direktori Lazizxo‘ja Sharipov tomonidan “Brend identifikatsiyasi va dizayn” mavzusida taqdimot qilindi.

🔹 Spiker o‘z chiqishida brend yaratishda vizual identifikatsiyaning ahamiyati, logotip, ranglar va dizayn elementlarining yagona konsepsiyada uyg‘unlashuvi biznes muvaffaqiyatida muhim omil ekanini ta’kidladi.

🔸 Shuningdek, zamonaviy dizayn yechimlari orqali mahsulotni bozorda ajratib ko‘rsatish, iste’molchi e’tiborini jalb qilish va brend qiymatini oshirish mumkinligi haqida amaliy misollar keltirildi.

🔹 Ushbu taqdimot tadbirkorlarga o‘z brendlarini shakllantirish va rivojlantirishda muhim bilim va ko‘nikmalar berdi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bote
👍4👏2🔥1
🔐Farzandlaringiz onlayn dunyoda xavfsizmi?

Bugun har bir ota-ona o‘ziga bu savolni berishi kerak.
📱Ijtimoiy tarmoqlar, zararli kontent, noma’lum begonalar...
Bolalarimiz har kuni shu xatarlar bilan yuzma-yuz. Lekin biz ularni himoya qila olamizmi?

🏛O‘zbekiston Adliya vazirligi yoshlarimizning raqamli hayotini o‘rganish va ularni onlayn xavf-xatarlardan himoya qilish maqsadida maxsus ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazmoqda.
Faqat 2-3 daqiqangizni ajrating — bu bolalarimizning kelajagi uchun!
📌So‘rovnomada ishtirok eting:
📚Voyaga yetmaganlar uchun Havola bu yerda
👩‍🍼 Ota-onalar uchun → Havola bu yerda
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍1