ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.5K photos
2.7K videos
39 files
9.36K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

O‘zbekiston – Vengriya: adliya sohasida hamkorlik yangi bosqichda


Bugun, adliya vaziri Akbar Tashkulov Vengriya adliya vaziri o‘rinbosari, qonunchilik ishlari bo‘yicha davlat kotibi Zoltan Tot boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.

📌Uchrashuv davomida ikki davlat adliya vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari, xususan qonunchilikni tizimlashtirish, tartibga solish ta’sirini baholash, raqamlashtirish hamda notariat sohasida tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.


Shuningdek, tashrif dasturining birinchi kuni doirasida delegatsiya uchun:
O‘zbekiston notariuslarining onlayn faoliyati va amaliyoti” mavzusida taqdimot;
Vengriyaning qonunchilikni tizimlashtirish va ortiqcha tartibga soluvchi normalarni qisqartirish bo‘yicha tajribasi yuzasidan taqdimotlar tashkil etildi.

🤔Mazkur uchrashuvlar O‘zbekiston va Vengriya Adliya vazirliklari o‘rtasidagi huquqiy hamkorlikni mustahkamlash, tajriba almashish hamda zamonaviy huquqiy mexanizmlarni joriy etishga xizmat qiladi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍75🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔎 Sardor Mamadaliev adliyadan norozi-mi..?

So‘nggi vaqtlarda san’at olami vakillari tomonidan tez-tez mualliflik huquqini buzganlik uchun Adliya vazirligi tomonidan qo‘llanilgan huquqiy ta’sir choralari yoki huquq egalarining harakatlaridan norozi bo‘lib, ijtimoiy tarmoqlarda video murojaatlar e’lon qilinayotganiga guvoh bo‘lmoqdamiz.

Bugun ayrim mashhurlarimizga yoqmayotgan ba’zi huquqiy mexanizmlar ertaning qonuniy himoyasi sifatida aynan ularning o‘z manfaatlariga xizmat qilishi shubhasiz.

Adliya vazirligi esa har doim mualliflar va huquq egalarining qonuniy manfaatlarini himoya qilishga tayyor.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍85👏4🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yoshlar_kuni
#Qashqadaryo

Davlat xizmatlari markazida rahbar va yoshlar uchrashuvi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍7
#Adliya_xabari

Payshanba - yoshlar kuni

Xabaringiz bor, Davlatimiz rahbari tomonidan mamlakatimizda har haftaning payshanba kuni vazirlik, idora va hokimliklarda “Yoshlar kuni” sifatida belgilangan. Mazkur kun yoshlar bilan ishlash, ularning muammolarini o‘rganish hamda bandligini ta’minlashga qaratilgan muhim tashabbuslardan biri hisoblanadi.

📌Ushbu topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida Adliya vaziri tomonidan Yashnobod tumanida joylashgan Monomarkazda yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Tadbir davomida yoshlarning bandligini ta’minlash va ularni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.


🤔Xususan, 15 nafar ishsiz yoshga homiylar ko‘magida o‘z mehnat faoliyatini boshlashlari uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalar va mehnat qurollari topshirildi. Mazkur yordam yoshlarning kasb-hunar bilan shug‘ullanishi va o‘z daromad manbaiga ega bo‘lishiga xizmat qiladi.

Shuningdek, tadbir davomida yoshlar bilan muloqot o‘tkazilib, ularning taklif va muammolari tinglandi hamda ularni hal etish bo‘yicha tegishli mas’ullarga ko‘rsatmalar berildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Strategiya_2030

📊 "O‘zbekiston-2030" strategiyasining 2026-2030-yillarga mo‘ljallangan samaradorlik ko‘rsatkichlari

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangi darajaga ko‘tarish va jamoatchilik fikrini chuqur tahlil qilish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlanadi.

Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёева начнется видеоселекторное совещание по вопросам вывода системы работы с обращениями населения на новый уровень и углубленного анализа общественного мнения.

Facebook
|Instagram|X
1
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

Yurtimiz nufusi 38 milliondan, mehnatga layoqatli aholi 20 milliondan oshdi, so‘nggi to‘qqiz yilda aholi daromadi 2 karra ko‘paydi.

Xalqimiz og‘irini yengil qilish, ko‘targan masalalariga yechim topish bo‘yicha vazir va hokimlar mahallaga tushib ishlaydigan tizim yaratildi. Bu yil ham mahallalarda aholi turmushini yaxshilashga 56 trillion so‘m ajratilmoqda.

“Endi vazirlar, hokimlar o‘ziga savol bersin: shuncha imkoniyat bo‘la turib, aholi ko‘targan masalalarga vaqtida yechim topib beryaptimi? Bundan to‘qqiz yil oldin Xalq qabulxonalari tashkil qilinganda bitta maqsad qo‘yilgan edi: davlat idoralarini xalqqa yaqinlashtirish.

To‘g‘ri, Xalq qabulxonalari vaqtida samarali ishladi. Lekin bu idorani ham odamlarning bugungi talabiga mos holda o‘zgartiradigan vaqt keldi
,

– dedi Prezidentimiz.

Bundan keyin “Har bir inson va xonadon muammosini bilib, vaqtida ko‘mak berishim kerak” degan shior har bir tuman, shahar, viloyat hokimi, vazir, uning hududiy tashkilot rahbarlarining bosh qoidasi bo‘lishi zarurligi qayd etildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
3
Yig‘ilishda qayd etilganidek, turli sabablar bilan tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomani olmagan bolalarga bunday hujjatni rasmiylashtirishdagi byurokratiya haqida 448 nafar odam murojaat qilgan.

"Bu bolasini bog‘cha va maktabga joylashtirishda guvohnoma so‘ralgani uchun majbur bo‘lib murojaat qilganlar, hali ariza bermaganlari qancha?”

– deya savol qo‘ydi davlatimiz rahbari.

Adliya vazirligiga ushbu masalaga sodda yechim ishlab chiqish topshirildi.

O‘tgan yili ichki ishlar vakolatidagi masalalar bo‘yicha 148 mingdan ortiq murojaat kelib tushgan. Ayniqsa, ichki ishlar xodimlarining qo‘pol muomalasi va tergov sifatidan norozilik ko‘pligi qayd etildi.

Tizim mas’ullari har 1 ming kishiga nisbatan eng ko‘p ariza tushayotgan Denov, Urgut tumanlari, Samarqand, Qarshi, Namangan, Jizzax, Farg‘ona, Chirchiq shaharlariga borib, aholining muammolarini eshitishi, profilaktika inspektori va tergovchilarning kasbiy va muomala madaniyatini oshirish bo‘yicha o‘qitishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
2
📣E’LON

“Xotin-qizlar huquqlari kafolatlari” huquqiy aksiyasiga start berildi

❗️Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 12-martdan 12-aprelga qadar respublika bo‘ylab “Xotin-qizlar huquqlari kafolatlari” huquqiy aksiyasi o‘tkazilmoqda.

🖥Huquqiy aksiya doirasida adliya organlari tomonidan mahallalarda sayyor qabullar, huquqiy maslahatlar, hamda “Adliya kuni” uchrashuvlari tashkil etiladi.

Aksiya davomida xotin-qizlar:

o‘zlarini qiynayotgan huquqiy masalalar bo‘yicha bepul maslahatlar;
davlat organlariga murojaat qilish uchun ariza va hujjatlarni rasmiylashtirishda yordam;
bepul davlat xizmatlari hamda elektron platformalardan foydalanish tartibi haqida ma’lumot olishlari mumkin.

Shuningdek, xotin-qizlarning murojaatlari o‘rganilib, mavjud muammolarni joyida hal etish bo'yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli choralar ko‘riladi.

🔖Qo‘shimcha ma’lumotlar adliya organlarining rasmiy sahifalari orqali e’lon qilib boriladi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
Prezidentimiz Xalq qabulxonalari faoliyatini yanada kuchaytirish chora-tadbirlarini belgilab berdi.

Prezident Administratsiyasiga hokimlar bilan birgalikda Xalq qabulxonalariga muammolarning mohiyatini tushunadigan zamonaviy kadrlarni jamlash, murojaatlarni tizimli tahlil qilish bo‘yicha alohida nazorat guruhi faoliyatini yo‘lga qo‘yish topshirildi.

Prezident Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti har oyda Xalq qabulxonalariga kelib tushgan murojaatlarni tahlil qilib, umumlashtiradi, vazirlar va hokimlarga yetkazib, ijrosini nazorat qiladi. Odamlar kayfiyatiga ta’sir qilayotgan masalalar bo‘yicha rahbarlar hisobotini eshitib boradi, eng muammoli masalalar bo‘yicha takliflarni Hukumatga kiritadi.

Hukumatda vazirlik va idoralarning rahbar xodimlaridan iborat Tezkor shtab tuziladi. Ko‘tarilgan masalalar hudud va tarmoqlar kesimida joyiga chiqqan holda hal qilinadi.

Xalq qabulxonalariga murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibini buzgan idoralarga majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish vakolati beriladi.

Kommunikatsiyalar departamentiga murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha davlat idoralari reytingini yo‘lga qo‘yish va har olti oyda e’lon qilib borish topshirildi.

Bosh prokurorning komplayens bo‘yicha o‘rinbosari oldiga bu boradagi barcha topshiriqlar ijrosini qat’iy nazoratga olish vazifasi qo‘yildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
4👍1