ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.5K photos
2.7K videos
39 files
9.36K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
#Kontrafaktsiz_oylik

⚖️ O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan joriy yilning 15-fevral sanasidan 15-mart sanasiga qadar “Kontrafaktsiz oy” oyligini o'tkazish davomida iste'mol uchun eng zarur bo'lgan (oziq-ovqat, shaxsiy gigiyena vositalari, farmasevtika va boshqalar) kontrafaktlarni aholi tomonidan harid qilinishini oldini olish maqsadida Adliya boshqarmasi tomonidan "Turkum life-hack" tayyorlanib, iste'molchilarga asl mahsulot hamda kontrafakt mahsulotlarni farqlash yuzasidan amaliy tushuntirishlar berildi.

Agarda siz ham kontrafakt mahsulotlarni ishlab chiqarish yoki sotish holatlariga duch kelsangiz Adliya vazirligining qisqa raqamli "1008" ishonch telefoniga murojaat qilishingiz mumkin.

📱|Telegram 📱|Facebook 📱|Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5
Adliya vazirligi “MDHga a’zo davlatlarning huquqiy siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda adliya vazirliklarining o‘rni” mavzusidagi xalqaro onlayn davra suhbatida ishtirok etdi.

Mazkur tadbir MDHga a’zo davlatlar adliya vazirlari kengashining 2026-yil uchun chora-tadbirlar rejasiga muvofiq o‘tkazildi. Davra suhbatida MDH davlatlari adliya tizimi vakillari ishtirok etib, huquqiy siyosatni shakllantirish, norma ijodkorligi jarayonlarini takomillashtirish hamda zamonaviy yondashuvlarni joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Tadbirda adliya vazirining birinchi o‘rinbosari M.Istamov ma'ruza qildi. U o‘z chiqishida mamlakatimizda huquqiy siyosatni takomillashtirish, qonunchilikni raqamlashtirish, sun’iy intellekt texnologiyalarini huquqiy faoliyatga joriy etish hamda aholining huquqiy madaniyatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berdi.

Davra suhbati davomida MDH davlatlari o‘rtasida huquqiy sohada hamkorlikni yanada rivojlantirish, tajriba almashish va zamonaviy huquqiy mexanizmlarni joriy etish yuzasidan fikr almashildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
10🔥3
Forwarded from Qashqadaryo.adliya.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
NOQONUNIY EGALLANGAN YER QUM USTIGA QURILGAN IMORATDIR!

Kanalga ulaning👇👇👇
https://t.me/qashqadaryoviloyatadliya
👍3🔥1
#Adliya_va_yoshlar
#Yoshlar_kuni

❗️Farg'ona yuridik texnikumida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi o‘tkazildi.

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i A.Omonov tomonidan yuridik texnikumda "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi tashkil etilib, o'quvchilarning kasbiy rivoji, tashabbuslari va tizimdagi o‘rni haqida fikr almashildi.

Ushrashuvda adliya organlari tizimida yosh mutaxassislar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ularning huquqiy bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan loyihalar hamda davlat xizmatlari sohasidagi yangiliklar haqida ham batafsil ma’lumot berildi.

Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv yakunida yoshlar tomonidan ilgari surilgan taklif va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, o'z ustilarida muntazam ravishda ishlashlari lozimligi hamda kelgusida ham bunday muloqotlarni muntazam tashkil etib borish muhimligi ta’kidlandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍42🔥2👏1🙏1
Germaniya va Latviya bilan qonunchilik sifatini oshirish bo‘yicha tajriba almashildi

10–12-mart kunlari Adliya vazirligida qonunchilik sifatini oshirish masalalariga bag‘ishlangan xalqaro seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Tadbir Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan “Normativ-huquqiy bazani tizimlashtirish va soddalashtirish” yo‘nalishidagi Twinning dasturi doirasida tashkil etildi.

Seminar davomida tartibga solish ta’sirini baholash hamda normativ-huquqiy hujjat loyihalarini jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazishning zamonaviy yondashuvlari muhokama qilindi.

Tadbirda Adliya vazirligi hamda Qonunchilikni tahlil qilish va tartibga solish ta’sirini baholash instituti mutaxassislari Germaniya va Latviyadan tashrif buyurgan xalqaro ekspertlar bilan tajriba almashdilar.

Xususan, seminar davomida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
🔹 amaldagi qonunchilik hujjatlarining aholi va tadbirkorlar faoliyatiga ta’sirini baholash;
🔹 normativ-huquqiy hujjat loyihalarini jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazish mexanizmlari;
🔹 qonun loyihalarini ishlab chiqishda manfaatdor tomonlarni jalb etishning samarali usullari.

Seminar amaliy ruhda o‘tdi — ishtirokchilar guruhlarga bo‘linib, real misollar asosida tahlillar o‘tkazdilar va tartibga solish ta’sirini baholash jarayonining muhim jihatlarini muhokama qildilar.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
4👍3🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlar_kuni

🔴 SamDCHTIda “Yoshlar kuni” munosabati bilan Samarqand viloyat adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda “Talaba-yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va narko va kiberjinoyatchilikning oldini olish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

🌐 Bizni kuzating👇👇👇
Veb-sayt|Telegram|Facebook |Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥2👏2🎉2