ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.6K photos
2.71K videos
39 files
9.38K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi huzuridagi Sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi faoliyatini boshqarish kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

➡️ Yig‘ilishda Jamg‘arma faoliyatini boshqarish va uning mablag‘laridan maqsadli foydalanish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Muhokama davomida Kengash a’zolari tomonidan Jamg‘armaning 2026-yil uchun ajratiladigan mablag‘lar smetasi tasdiqlandi.

Tasdiqlangan smetaga asosan 2026-yilda jamg‘arma mablag‘lari hisobidan nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlariga ko'maklashish, 10 nafar sud ekspertlarini xorijiy mamlakatlarda malaka oshirishini ta’minlash kabi xarajatlari uchun mablag‘lar ajratilishi belgilandi.


🔹Tadbir yakunida Kengash raisi tomonidan Jamg‘arma faoliyatini takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-iyuldagi PF–6256-son Farmoniga asosan Sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etilgan.


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍95🔥4🎉2
Adliya vazirligi vakili ishtirokida vijdon erkinligi masalalariga bag‘ishlangan o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi

🔸Bugun Diniy-ma’rifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash institutida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamda O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi hamkorligida tashkil etilgan o‘quv-seminar o‘z ishini boshladi.

🔹Mazkur tadbirda respublikadagi davlat, xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalarining yoshlar masalalari hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektorlari ishtirok etdi.

🔸O‘quv-seminarda Adliya vazirligining mas’ul xodimi ma’ruzachi sifatida qatnashib, vijdon erkinligini ta’minlash, jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini mustahkamlash, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish borasida olib borilayotgan huquqiy islohotlar, Yangi O‘zbekiston Konstitutsiyasining ahamiyati, shuningdek “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonun hamda ushbu sohani tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar yuzasidan batafsil ma’ruza qildi.

🔹Tadbir savol-javoblar shaklida davom etib, ishtirokchilar tomonidan bildirilgan masalalarga Adliya vazirligi va boshqa mutasaddi tashkilotlar vakillari tomonidan atroflicha huquqiy tushuntirishlar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥6👍2👏21
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Notariuslikka talabgorlar uchun yagona tanlov o'tkazish tartibi belgilandi


Adliya vazirligi Notariuslikka talabgorlar uchun yagona tanlov o'tkazish tartibi to'g'risidagi nizomni davlat ro'yxatidan o'tkazdi (ro'yxat raqami 3773, 11.02.2026-y.).

➡️ Yagona tanlov Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi hamda Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan notarius lavozimi bo'sh bo'lgan yoki yangi notarius lavozimi ta'sis etilganda o'tkaziladi.

🗒 Yagona tanlov 2 bosqichda (test sinovlari va amaliy imtihon) o'tkaziladi.

Yagona tanlov o'tkazish to'g'risidagi e'lon “Inson va qonun” gazetasi va Vazirlikning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.

Yagona tanlovning 1-bosqichi Adliya vazirligi tomonidan talabgorlarning ro'yxati Agentlikka taqdim etilgan kundan boshlab 10 kundan so'ng, biroq 15 kundan kechiktirmay o'tkaziladi.

🔹 Talabgorlar Agentlikning elektron platformasi orqali davlat va jamiyat boshqaruvi, korrupsiyaga qarshi kurashish, fuqarolik huquqi, notariat va vorislik huquqi bo'yicha test sinovini (40 ta test) topshiradi (60 daqiqa vaqt ajratiladi).

🚫 Test sinovida 55 balldan yuqori to'plagan talabgor muvaffaqiyatli o'tgan hisoblanadi hamda yagona tanlovning 2-bosqichidan o'tolmagan taqdirda ham 1 yil davomida test sinovini qayta topshirish talab etilmaydi.

🔎 2-bosqichda talabgorlar elektron platformada notarial harakatlar loyihalarini tayyorlash va muammoli masalaga (kazusga) javob berish (tayyorlanishga 20 daqiqa vaqt ajratiladi) bo'yicha sinovdan o'tadi.

2-bosqich natijasi bo'yicha to'plangan ball eng yuqori ballning 55 foizidan yuqori bo'lganda yagona tanlovdan o'tgan hisoblanadi.

📌 Mazkur hujjat 2026-yil 1-apreldan e'tiboran kuchga kiradi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥65👍3👏3
#Adliya_hudud

Hududiy adliya organlari: kun davomida

🖥 Fargʻona viloyati: Mahallalarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 05.01.2026-yildagi PQ-1-son qarori ijrosi yuzasidan aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

🖥 Jizzax viloyati: 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisobi bo'yicha matbuot anjumani tashkil etildi.

🖥 Qoraqalpog'iston Respublikasi: Adliya ko‘magi bilan xodimning foydasiga 73 mln ustama puli undirib berilishi bo‘yicha sud qarori qabul qilindi.

🖥 Samarqand viloyati: Ayrim notariuslarning litsenziyasi vaqtincha to'xtatildi.

🖥 Toshkent shahri: Yosh shifokorlar uchun to’lanadigan ustama haqi undirib berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥21👏1
#Muhim

📣DIQQAT E’LON!

🔹Joriy yilning 12-fevral kuni soat 10-30 da Yashnobod tumanining "Tovkentepa" mahalla fuqarolar yig'ini binosida “Mulk huquqlari kafolatlari” huquqiy oyligi doirasida hamda fuqarolarning ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarini amalga oshirish yuzasidan mavjud muammolarini aniqlash va tegishli choralarni ko'rish yuzasidan Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan sayyor qabul tashkil etiladi.

Hurmatli yurtdoshlar, sayyor qabulda faol ishtirok eting!

🔹Manzil: Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Yangihayot ko'chasi, 9. "Tovkentepa" MFY binosi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
3🔥2👏2
#adliya_xabari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ–1-son qarori ijrosi yuzasidan adliya vaziri A.Tashkulov Toshkent shahar Yashnobod tumanida bo‘ldi.

🔸Tadbir davomida tumandagi 4-son ichki ishlar bo‘limi faoliyati o‘rganildi. Xususan, fuqarolardan “102” raqami orqali kelib tushayotgan xabarlar bilan ishlash jarayoni, murojaatlarni qabul qilish tezkorligi va sifati atroflicha tahlil qilindi.

🔹Shuningdek, ichki ishlar organi xodimlari faoliyatini “BPR” (Business process reengineering) asosida tahlil qilish jarayonlari bo‘yicha taqdimot bilan tanishildi. Mazkur yondashuv orqali xizmat jarayonlarini optimallashtirish, ortiqcha byurokratik bosqichlarni qisqartirish hamda samaradorlikni oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

🔸Bundan tashqari, vazir “Uysozlar” mahallasida BAA amaliyoti asosida sun’iy intellekt texnologiyalari bilan ishlovchi “Smart police station” loyihasi hamda “Yoshlar innovatsion kooperatsiyasi” konsepsiyasi taqdimoti bilan tanishdi.

🔹Adliya vaziri tomonidan loyihalarni takomillashtirish va amaliyotga samarali joriy etish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
16🔥3🙏3
#Ochiq_adliya

⚠️ Adliya organlari tizimida korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash e'lon qilingan.

📲 Bunda Adliya vazirligi tizimidagi, jumladan:

▫️adliya boshqarmalari va bo‘limlari;
▫️yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari;
▫️FHDY organlari;
▫️davlat xizmatlari markazlari;
▫️"O‘zarxiv" agentligi va uning hududiy tuzilmalari;
▫️X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazi va uning hududiy bo‘linmalari;
▫️“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi;
▫️Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi;
▫️Intellektual mulk markazi;
▫️davlat notarial idoralari va arxivlari;
▫️Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash instituti;
▫️Toshkent davlat yuridik universiteti;
▫️TDYU qoshidagi akademik litseydagi korrupsiya holatlari haqida ma'lumotlarni Telegramdagi @antikorbot botiga, (71) 207-04-64 (1321 yoki 1323) telefon raqamiga yoki vazirlik rasmiy veb-saytidagi maxsus platformaga yuborish mumkin.

❗️Yuborilgan xabarlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi hamda murojaat qiluvchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍43🔥2🙏2
#Hamdardlik

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti direktori, yuridik fanlar doktori, professor, taniqli huquqshunos olim Rahmonqulov Mir-Akbar Xodji-Akbarovich vafoti munosabati bilan Adliya vazirligi jamoasi uning barcha yaqinlari va oila a’zolariga chuqur hamdardlik izhor qiladi.

Mir-Akbar Rahmonqulov Xavfsizlik kengashi kotibi, Davlat maslahatchisi, O‘zbekiston Prezidentining davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari, O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktorining birinchi o‘rinbosari sifatida ham ishlagan.

Yuridik fanlari doktori, professor Mir-Akbar Xodji-Akbarovich 1998 y. “II darajali Shon-sharaf” ordeni, 2002 y. “O‘zbekistonda Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yurist” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
😢166🙏6
NNT faoliyatiga noqonuniy aralashgan mansabdorga chora ko‘rildi.
 
🔸Fuqarolik jamiyati institutlari, xususan nodavlat notijorat tashkilotlari
mamlakatni taraqqiy ettirishda muhim omil hisoblanadi.

🔹Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolik jamiyati institutlariga alohida bob ajratildi. Jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari fuqarolik jamiyatining asoslarini tashkil etishi belgilab qo‘yildi.

🔸Qonun hujjatlarida davlat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatiga, xuddi shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlarining davlat organlari faoliyatiga aralashishi taqiqlangan.

🔹2025-yil avgust oyida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga davlat organlari mansabdor shaxslarining NNTlar faoliyatiga noqonuniy aralashganligi uchun javobgarlik masalasi kiritildi. Adliya organlariga ushbu huquqbuzarliklar bo‘yicha ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirish vakolati berildi.

🔸Biroq ayrim mansabdor shaxslar tomonidan qonunlarga bepisandlik bilan qarash holatlari uchrab turibdi. Xususan, olib borilgan monitoring natijasida Sirdaryo viloyat sport boshqarmasi boshlig‘i tomonidan sport federatsiyasi faoliyatiga noqonuniy aralashganligi holati aniqlandi. Holat yuzasidan mansabdor shaxsga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli sudga yuborildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🔥1