ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.6K photos
2.71K videos
39 files
9.38K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Hamdardlik

Adliya vazirligi Milliy qonunchilikni Jahon savdo tashkiloti bitimlariga uygʻunlashtirish boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Axmedova Zamira Nazarovna bevaqt vafot etdi.

Z. Axmedova 1978-yilda Samarqand viloyatida tugʻilgan. U uzoq yillar davomida adliya organlari tizimida samarali faoliyat yuritgan.

Zamira Nazarovna o‘z mehnat faoliyati davomida chuqur bilim va boy tajriba egasi, mas’uliyatli, fidoyi va tashabbuskor davlat xizmatchisi sifatida samarali mehnat qildi.

Adliya vazirligi jamoasi Axmedova Zamira Nazarovnaning vafoti munosabati bilan uning barcha yaqinlari va oila a’zolariga chuqur hamdardlik izhor qiladi.
😢113🙏4410👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bir_murojaat_izidan
#Namangan_viloyati

Norin tumani adliya bo‘limi tomonidan Norin tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli 19-sonli Oila shifokorlik punkti mudiri R. U hamda boshqa mas’ul shaxslarning Norin tuman Davlat soliq inspeksiyasi tomonidan qo‘llanilgan ma’muriy jarima qarorlaridan norozi bo‘lib yo‘llagan murojaati belgilangan tartibda o‘rganib chiqildi.

O‘rganish jarayonida Norin tuman Davlat soliq inspeksiyasi tomonidan tumandagi 10 nafar Oila shifokorlik punkti mudirlari va 2 nafar hamshiralarga nisbatan qonunchilik hujjatlari talablariga zid ravishda, yetarli huquqiy asoslar mavjud bo‘lmagan holda ma’muriy javobgarlik chorasi qo‘llanilganligi aniqlandi.


Mazkur holat yuzasidan qonun buzilishlarini bartaraf etish hamda fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini tiklash choralarini ko‘rish yuzasidan tuman adliya bo‘limi tomonidan taqdimnoma kiritilib, muammo bartaraf etishga erishildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
2
Audio
#Sayilgoh5

Mutafakkir Alisher Navoiy tavallud kuni munosabati bilan Adliya vazirligi radiouzelida efirga uzatilgan “Sayilgoh 5” dasturining maxsus soni

Boshlovchi: Tursunoy Alimova

She’rlarni aktyor va shoir Erkin Bozorov o‘qidi
👍5🔥31
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud
#Farg'ona_viloyati

Davlat xizmatlari markazidagi yangi qulayliklar


Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍4🔥2👏1🎉1
#Adliya_xabari

G'azal mulkining sultoni Alisher Navoiy bobomizning tavallud kuni munosabati bilan xotira tadbiri bo'lib o'tdi.

🔹Bugun, buyuk mutafakkir, mumtoz adabiyotimiz asoschisi Alisher Navoiy tavallud topgan kun munosabati bilan Adliya vazirligi jamoasi poytaxtimizda joylashgan Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘yish marosimida ishtirok etdi.

🔹Adliya vazirligi jamoasi buyuk ajdodlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirish, yosh avlod qalbida milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini mustahkamlashga qaratilgan bunday tadbirlarni qo'llab-quvvatlaydi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7🔥3👍1👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Normativ-huquqiy hujjatlarning samaradorligi — huquqiy barqarorlikning asosidir

🔹Adliya vazirligi huzuridagi Qonunchilikni tahlil qilish va tartibga solish ta’sirini baholash institutining faoliyati bilan ushbu videorolik orqali tanishishingiz mumkin.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥15👍54👏2
#adliya_statistika

📚 Joriy yilning 9-fevral kuni FHDY organlarida respublika bo‘yicha 4 881 nafar chaqaloqning tug‘ilishi qayd etildi.

🔺Shundan:

▫️2 524 nafari o‘g‘il bola,
▫️2 357 nafari qiz bola.

Quvonarlisi, ushbu kunda tug‘ilgan 5 nafar bolaga Alisher ismi berildi.

🔹Bu esa buyuk mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiy nomiga bo‘lgan hurmat va ehtirom xalqimiz qalbida barqaror ekanining yana bir ifodasidir.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11🔥81👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qo‘shig‘im angliyalik fuqaroni davolagan – O‘zbekiston xalq artisti

O‘zbekiston qahramoni Munojot Yo‘lchiyeva uchun mualliflik huquqi jiddiy mavzumi yoki shunchalik rasmiyatchilik? Abror Do‘stov bilan bo‘lgan vaziyat qanday tugadi? Rostdan ham xalq artistining qo‘shiqlarida davo bormi? “Qaroqchi” loyihasida shu va boshqa mavzularda suhbat qilindi.


https://youtu.be/AM5mQRJ0iTs

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🔥95👏5🎉2
#Adliya_aralashgach

❗️Pedagoglarning ustama pullari to'lab berilishi ta'minlandi.

Paxtaobod tuman MMTB tasarrufidagi maktablardagi inklyuziv sinflarda ishlovchi bir guruh maxsus pedagoglar qoʻshimcha ustama pullari to‘lab berilmaganligidan norozi bo‘lib tuman adliya bo'limiga murojaat qilgan.

Murojaat o'rganilganda, 32 nafar xodimga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 24.10.2025-yildagi 740-son qaroriga asosan inklyuziv sinflarda faoliyat yuritayotgan maxsus pedagoglarga va yordamchi xodimlarga mehnatning alohida sharoitlari uchun har oyda toʻlanadigan ustama haqi lavozim maoshining 50 foizi miqdorida ustama pullari to'lanmay kelayotganligi aniqlandi.

Ushbu holat yuzasidan adliya bo'limi tomonidan tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga bajarilishi majburiy boʻlgan taqdimnoma kiritilib, xodimlarga ish beruvchi tomonidan to'lanmay qolgan 21 669 528 so‘m (yigirma bir million olti yuz oltmish to'qqiz ming besh yuz yigirma sakkiz) so'm ustama pullari toʻlab berilishi taʼminlandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥54👍3👏1
#Adliya_xabari

💬 Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirlari qizgʻin davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PF-173-son Farmoni ijrosi yuzasidan hududlarga biriktirilgan mas’ullar tomonidan tizimli ishlar davom ettirilmoqda.

🔹Shu munosabat bilan Adliya vazirining o‘rinbosari N.Muxammadiyev Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida bo‘lib turibdi.

Safar davomida shahardagi "Shoh bekat", "Oqtepa", "Gungon", "Qavali" mahallalarida bo'lib, mahalla yettiligi bilan birgalikda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish bo‘yicha jarayonda ishtirok etib, mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

🔹Ro'yxatga olish ishlarining ikkinchi bosqichi joriy yilning 28-fevral kuniga qadar davom etadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥4👏4
#Adliya_aralashgach

Adliya ko‘magida fuqaroning O‘zbekistonda doimiy yashaganlik fakti sud orqali tasdiqlandi

Yangiyer shahar adliya bo‘limiga fuqaro M.B.ning O‘zbekiston hududida uzoq muddat yashaganlik faktini belgilashda amaliy yordam so‘rab qilgan murojaati o‘rganib chiqildi.

O‘rganishlar davomida fuqaro M.B. Tojikiston Respublikasida tug‘ilgani, millati o‘zbek ekani hamda 1997-yilda O‘zbekiston Respublikasiga ko‘chib kelib, shu vaqtdan buyon Yangiyer shahrida doimiy yashab kelayotgani aniqlandi.

Qonunchilikka muvofiq, o‘zini O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi deb tan olish to‘g‘risida murojaat qilgan shaxs ariza topshirgan kunga qadar mamlakat hududida kamida o‘n besh yil doimiy yashab kelgan va mazkur davr mobaynida boshqa davlat fuqaroligida bo‘lmagan bo‘lsa, u O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi deb tan olinadi.


Fuqarolik masalalarini hal etishda ayrim hollarda yashaganlik faktini sud tartibida aniqlash talab etilishi sababli, to‘plangan hujjatlar asosida Yangiyer shahar adliya bo‘limi tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Guliston tumanlararo sudiga fuqaroning O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaganlik faktini belgilash yuzasidan da’vo arizasi kiritildi.

Sud tomonidan ish atroflicha ko‘rib chiqilib, fuqaro M.B.ning mamlakatimiz hududida doimiy yashaganlik fakti tasdiqlandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Xorijdagi boʻsh ish oʻrinlari xususiy bandlik agentliklari oʻrtasida taqsimlanadi

Adliya vazirligi Xorijdagi boʻsh ish oʻrinlarini xususiy bandlik agentliklari oʻrtasida taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni (ro‘yxat raqami 3772, 2026-yil 9-fevral) davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.

🔹 Ushbu Nizomga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi tomonidan jalb qilingan xorijdagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida xorijdaish.uz elektron platformasida e’lon beriladi. Kvota taqsimotida ishtirok etish istagini bildirgan xususiy bandlik agentliklari elektron platformadagi shaxsiy kabinetlari orqali ariza yuboradi.

Arizalar Migratsiya agentligi tomonidan 7 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi.

Kvota taqsimotida ishtirok etishning asosiy shartlaridan biri – fuqarolarni xorijda ishga joylashtirish bo‘yicha faol litsenziyaga ega bo‘lish.

Bundan tashqari, ariza topshirgan xususiy bandlik agentliklarining xorijda ishlash istagini bildirgan shaxslarni kvotalar doirasida ishga joylashtirganlik holati ham o‘rganiladi.

Kvotalar yuqoridagi talablarga javob bergan va arizasi ijobiy qabul qilingan xususiy bandlik agentliklari o‘rtasida teng taqsimlanadi.


➡️ Tegishli kvotalarni qo‘lga kiritgan xususiy bandlik agentliklari xorijiy ish beruvchi bilan hamkorlik shartnomasini tuzadi hamda fuqarolarni ishga yuborish choralarini ko‘radi.

Xususiy bandlik agentliklari fuqarolar ish joylariga yetkazilganligi va ular bilan mehnat shartnomalari rasmiylashtirilganligi haqidagi hujjatlarni (ishga kirish toʻgʻrisidagi buyruq, mehnat shartnomasi yoki dalolatnoma) elektron platformaga yuklaydi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🔥4
⚡️Diqqat e’lon

‼️Hurmatli fuqarolar! Ayni vaqtda Shayxontohur tumani davlat xizmatlari markazida haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirishda texnik nosozliklar kuzatilgani bois, vaqtinchalik ushbu xizmat turi ko’rsata olinmasligi ma’lum qilinadi.

📍 Siz bu vaziyatda Toshkent shahridagi boshqa tuman davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilishingiz mumkin. Yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
2👍2🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Videodayjest

📹 Adliya tizimidagi o'tgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik dayjest

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
6🔥4👍1