ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.6K photos
2.71K videos
39 files
9.38K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirlari qizgʻin davom etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PF-173-son Farmoni ijrosi yuzasidan hududlarga biriktirilgan mas’ullar tomonidan tizimli ishlar davom ettirilmoqda.

Shu munosabat bilan Adliya vazirining birinchi o‘rinbosari M. Istamov Samarqand viloyati Paxtachi tumanida bo‘lib turibdi.

Safar davomida tumandagi "Istiqlol, "Mirzo Salimiy", "Amirobid" mahallalarida bo'lib, “mahalla yettiligi” bilan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish bo‘yicha jarayonda ishtirok etib, amaliy yordam va mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

❗️Ta’kidlab oʻtamiz, ro'yxatga olish ishlarining ikkinchi bosqichi joriy yilning 28-fevral kuniga qadar davom etadi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi tashabbusi bilan Yashnobod tumanidagi “Hosiyatli” mahalla fuqarolar yigʻinida bepul tibbiy koʻrik tashkil etildi.

Shifokorlar nafaqat fuqarolarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazishdi, balki ularni qiynayotgan kasalliklarni oldini olish, sogʻlom turmush tarziga amal qilish, tuz va shakarni meʼyorida isteʼmol qilish, toʻgʻri ovqatlanish, zararli odatlardan voz kechish hamda streesga qarshi kurash yuzasidan ham tavsiyalar berishdi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
5👍1
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Yashnobod tumanida ichki ishlar bo‘limlari faoliyati bilan tanishdi


Adliya vaziri A.Tashkulov joriy yilning 7-fevral kuni Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi 1 va 3-son Ichki ishlar bo‘limlarida bo‘lib, “102” qisqa raqami orqali kelib tushayotgan xabarlar bilan ishlash jarayonini o‘rgandi.

Tashrif davomida murojaatlarni qabul qilish, ularni o‘z vaqtida ro‘yxatga olish, mas’ullarga tezkor yetkazish, protsessual hujjatlarni qonunchilik talablari asosida rasmiylashtirish holati atroflicha ko‘zdan kechirildi.


Shuningdek, ichki ishlar bo‘limlarida fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar, murojaatchilarni qabul qilish tartibi, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashga qaratilgan amaliy ishlar muhokama qilindi.

Vazir tomonidan mas’ul xodimlarga murojaatlar bilan ishlashda fuqarolarning huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilish, har bir xabarga tezkor va sifatli munosabat bildirish, xizmat intizomini yanada mustahkamlash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍7👏7😢2
#Adliya_xabari

Joriy yilning 7-fevral kuni Adliya vaziri Akbar Tashkulov Yashnobod tumanidagi “Uysozlar” mahallasida xavfsizlikni ta’minlash va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi ishlar bilan tanishdi.

Mas’ullar bilan suhbat davomida jamoat joylarida huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash uchun zamonaviy axborot-kommunikatsiya va sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.


Vazir jamoat xavfsizligini boshqarishda Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) tajribasini qo‘llash, jumladan, hududda vaziyatni real vaqt rejimida kuzatib boruvchi va tezkor choralar ko‘rishni ta’minlovchi situatsion markaz qurish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
3👍1