ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.6K photos
2.71K videos
39 files
9.39K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌍 Dunyo tan olgan o‘zbek olimasi!

Dilfuza Egamberdiyeva bilan “QAROQCHI” da ochiq suhbat🎙

🧠 Ilm-fan ortidagi haqiqatlar, Ayolning ilmiy yo‘ldagi o‘rni va Xalqaro muvaffaqiyat siri


👉 To‘liq intervyuni shu yerda tomosha qiling:

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
6👍4🔥2🎉2🙏11
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Kasbiy ta'lim tashkilotlarini kompleks davlat akkreditatsiyasidan o'tkazishda baholash mezonlari belgilandi


Adliya vazirligi Kasbiy ta'lim tashkilotlarini kompleks davlat akkreditatsiyasidan o'tkazishda baholash mezonlari bo'yicha indikatorlarni davlat ro'yxatidan o'tkazdi (ro'yxat raqami 3726, 2025-yil 17-dekabr).

🔰 "Ta'lim to'g'risida"gi Qonunning 58-moddasiga ko'ra, professional (kasbiy) ta'limni amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta'lim tashkilotlari davlat ta'lim standartlari, davlat ta'lim talablari va ta'lim dasturlariga muvofiqlik jihatdan kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasidan o'tkaziladi.

📝 Mazkur idoraviy hujjat bilan 7 ta yo'nalish doirasidagi 37 ta mezon bo'yicha kasbiy ta'lim tashkilotlarini kompleks davlat akkreditasiyasidan o'tkazishda foydalaniladigan 203 ta indikator belgilanmoqda.

▶️ Unga ko'ra, 12 ta (5.9 %) majburiy indikatorlar (kutubxonada o'quvchilar kontingentiga mos o'quv adabiyotlarining mavjudligi, ta'lim dasturlari va o'quvchilar kontingentiga mos bino (inshootlar) bilan ta'minlanganlik va b.) hamda 191 ta (94.1 %) umumiy indikatorlar (o'quv xonalarining nogironligi bo'lgan shaxslar uchun moslashtirilganligi, pedagog va o'quvchilarni moddiy va ma'naviy rag'batlantirish choralari ko'rilganligi va b.) mavjud bo'lib, «muvofiq» yoki «muvofiq emas» tarzida baholanadi.

🗒 Bunda:
▪️ 50 % gacha indikatorlar «muvofiq» deb baholansa – mezon «muvofiq emas»;
▪️ 50 % dan 60 % gacha indikatorlar «muvofiq» deb baholansa – mezon «qisman muvofiq»;
▪️ 60 % va undan ortiq indikatorlar «muvofiq» deb baholansa – mezon «muvofiq» deb topiladi.

⛔️ Majburiy indikator «muvofiq emas» deb baholansa, umumiy natijadan qat'i nazar, mezon «muvofiq emas» deb topiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
1
#Adliya_aralashgach
#Navoiy_viloyati

Tibbiyot xodimlarining mehnat huquqlari tiklandi

Uchquduq tuman adliya bo'limi tomonidan Sanitariya epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi Uchquduq tuman bo’limining 3 yillik faoliyati o’rganildi.

Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son Qarori ijrosi tahlil qilinganda xodimlarga uzoq yillik mehnat staji ustamalar hamda toifa razryadlar bo'yicha kam ish haqi hisoblanganligi aniqlangan.


Aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnoma kiritilishi natijasida xodimlarga 17 mln so‘mlik ustama va boshqa to‘lovlar undirib berildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
6🔥1
Adliya vazirligida yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Adliya vazirligida yoshlar o‘rtasida sog‘lom dunyoqarashni shakllantirish, ularni turli diniy ekstremistik va radikal g‘oyalardan himoyalash, shuningdek, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.

🔸Mazkur uchrashuvda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning mas’ul xodimi ishtirok etib, yoshlarga diniy ekstremizmning jamiyat va shaxs hayotiga salbiy ta’siri, yot g‘oyalarning paydo bo‘lish sabablari va ularning oldini olish mexanizmlari haqida atroflicha ma’ruza qildi.

📚 Uchrashuv davomida yoshlar o‘rtasida huquqiy va ma’naviy savodxonlikni oshirish, ularning fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlash, jamiyatdagi tinchlik va barqarorlikni asrashda har bir fuqaroning mas’uliyati muhim ekani qayd etildi.

🤝Tadbir yakunida yoshlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassis tomonidan batafsil va asoslantirilgan javoblar berildi, muhokamalar ochiq va konstruktiv ruhda o‘tdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍543👏3🔥1
#Jamoatchilik_kengashi

Bugun, 19-dekabr kuni Adliya vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Jamoatchilik kengashi tomonidan 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlar, shuningdek, 2026-yilgi ish rejasi loyihasi muhokama qilindi.

Shuningdek, tadbir davomida ishtirokchilar qarorlar qabul qilish va qonun ustuvorligi hamda adolatni mustahkamlash, aholining huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan tashabbuslarni ilgari surishda jamoatchilik ishtirokining muhimligini taʼkidladilar.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
7🔥33👍2
#Adliya_xabari

⚡️ Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini hamda Intellektual mulk, davlat xaridlari, murojaatlar to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan muhim qonunlar Senat tomonidan ma'qullandi.

📋 Oliy Majlis Senatining yalpi majlisida “Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati takomillashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun muhokama qilindi.

📌Mazkur Qonunda mahalliy Kengash raisi va hokimlar lavozimlari bir-biridan ajratilganligi sababli 9 ta kodeks va 69 ta qonun qayta ko‘rib chiqilib, mahalliy davlat hokimiyati organlariga yuklatilgan vakolatlar mahalliy vakillik va ijro organlari o‘rtasida ixtisoslashtirish nazarda tutilmoqda.

📌Mahalliy Kengashlarga hokimliklarning 26 ta vakolatlari hamda qonun hujjatlarida mahalliy davlat hokimiyati organlariga umumiy berilgan vakolatlarning aniqlashtirilishi natijasida qo‘shimcha 27 ta vakolatlar o‘tkazilmoqda.

📋 Shuningdek, Senatning navbatdagi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun muhokama qilindi.

📌 Mazkur qonunda quyidagilar nazarda tutilgan:
▫️litsenziya shartnomasini tuzishning o‘zi tovar belgisidan foydalanganlik deb hisoblanmasligi;
▫️tovar belgisi guvohnomasini huquq egasi bo‘lgan yuridik shaxs tugatilganda yoki jismoniy shaxs vafot etib, merosxo‘rlari bo‘lmaganda, manfaatdor shaxsning arizasiga ko‘ra, sud qarori asosida tugatish;
▫️O‘zbekiston Respublikasiga tegishli tovar kelib chiqqan joy nomi va geografik ko‘rsatkichni anglatuvchi alohida logotip belgilash;
▫️ixtiro va foydali modellarga talabnomalar Patent kooperatsiyasi shartnomasi bo‘yicha belgilangan muddatdan kechikkan holda taqdim etilganda, ustuvorlikni so‘rash muddatini 12 oygacha tiklash imkoniyati yaratilib, bu harakatlar uchun patent bojlarini belgilash;
▫️EHM dasturi va ma’lumotlar bazasiga oid shartnomaga o‘zgartirish kiritilganda patent bojini undirish tartibi takomillashtirilib, ushbu obyektga doir guvohnomaga o‘zgartirish kiritish uchun patent bojlarini joriy etish;
▫️seleksiya yutuqlarini tijoratlashtirishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ushbu huquqlarni boshqa shaxsga o‘tkazish shartnomasini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun belgilangan patent bojlarini 2 barobarga kamaytirish;
▫️qonunchilikka “ishonch telefoni” va “call-markaztushunchalarini kiritish;
▫️sud, raqobat va Milliy gvardiya organlari faoliyatini tartibga soluvchi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni boshqa amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiqlashtirish.

Mazkur Qonunlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolanib, belgilangan tartibda e’lon qilingach kuchga kiradi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍8🔥1