ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.6K photos
2.71K videos
39 files
9.39K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_aralashgach
#Navoiy_viloyati

O'qtuvchiga to'lanmay qolgan ustamalar to'lab berilishi ta'minlandi.


🔹Nurota tumanidagi o'qituvchi I.Uning rus tili va adabiyoti fanidan milliy sertifikati bo'lsada, rus tili sinflari uchun o'tilayotgan dars soatlariga kam miqdorda (20 foiz) ustama to'lanayotganligi xususida tuman adliya bo'limidan amaliy yordam so'ragan.

🔹O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil
21-fevraldagi PF-37-son Farmonining 12-bandiga binoan 2025-yil 1-yanvardan boshlab milliy sertifikatga ega bo‘lgan va ushbu fanlar (tarix hamda ona tili va adabiyoti)dan dars beruvchi pedagog kadrlarga tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanishi belgilab qo‘yilgan.

🔹Shunga ko'ra, tuman adliya bo'limi tomonidan maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga bajarilishi majburiy bo'lgan taqdimnoma kiritilib, natijada o'qituvchi foydasiga 2 089 723 so'm miqdorda to'lanmasdan qolgan ustama pullari to'lab berilishi ta'minlandi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
2
#Adliya_xabari

VORISLIK HUQUQINI TAKOMILLASHTIRISHNING DOLZARB MASALALARI YUZASIDAN DAVRA SUHBATI BO'LIB O'TDI

Joriy yilning 19-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat institutida vorislik huquqini takomillashtirishning dolzarb masalalari yuzasidan davra suhbati bo'lib o'tdi.

Davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Toshkent Davlat yuridik universiteti vakillari, O‘zbekiston Notarial palatasi rahbar va mutaxassislari hamda notariuslar ishtirok etdi.

Tadbirda ishtirokchilar O‘zbekistonda amaldagi vorislik huquqi yo‘nalishida mavjud kamchiliklar, ularni bartaraf etish yo‘llari, shuningdek, qonunchilik sohasiga shiddat bilan kirib kelayotgan raqamlashtirish va islohotlar, ijtimoiy tarmoqlar rivojlanib borishi tufayli yangidan-yangi meros turlari va huquqi paydo bo‘layotgani haqida so‘zladilar.

Shuningdek soha mutaxassislari tomonidan “Facebook”, “Instagram”, “Youtube” va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda meros qolishi mumkin bo‘lgan elektron meros turlari, ularga kelajakda meros huquqini berish va notarial tasdiqlash haqida so‘z yuritildi.


Tadbir davomida qonunchilikni takomillashtirish uchun bir qator taklif va tavsiyalar berildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
5
#Adliya_aralashgach
#Andijon_viloyati

Andijonda tibbiyot xodimlariga 88 796 005 (sakson sakkiz million yetti yuz to‘qson olti ming besh) so‘m ustama pullari undirib berildi

Andijon shahar adliya bo‘limiga “Huquqiy mahalla” platformasi orqali shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli 6-oilaviy poliklinikada faoliyat yurituvchi 171 nafar xodimlarning murojaati kelib tushgan.

Murojaatga ko'ra, xodimlarga II chorak yakuni munosabati bilan berilishi lozim bo'lgan tegishli ustamalar to‘lab berilmaganligi bayon qilingan.

Murojaat o'rganib chiqilib, kiritilgan taqdimnomaga asosan xodimlarga 88 796 005,00 (sakson sakkiz million yetti yuz to‘qson olti ming besh so‘m) so'm miqdoridagi ustama pullari to'lab berilishi ta‘minlandi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
3👏2👍1🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud
#Andijon_viloyati

"FUQARO-MAHALLA-ADLIYA" TIZIMI AMALDA

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍52🔥1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Biz_haqimizda

Maxsus reportaj | Tashkilotlarga yuridik xizmat ko'rsatish faoliyati

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍43🔥3👏1😢1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_imiji

Bugungi kunda fuqarolarning adliya organlariga bo‘lgan roziligi ortib bormoqda.


🔹Qoraqalpog‘iston Respublikasining Bo‘zatov tumani adliya bolimi misolida maxsus korsatuv tayyorlandi.

Telegram
| Instagram | Facebook | YouTube | Bot
4👍3
Bog’cha pulidan imtiyoz bormi?

Umumiy ovqatlanish korxonalariga toʻlagan qoʻshilgan qiymat soligʻining maʼlum bir qismini qaytarib berish imtiyozi berilgan.
Taʼlim sohasini rivojlantirish maqsadida ayni yoʻnalishdagi tadbirkorlik subyektlari 2030-yilgacha boʻlgan davrda soliq imtiyozlariga ega.
Kontrakt toʻlovining 12 foizlik qismi kimlarga qaytariladi?

Batafsil 👉🏻https://youtu.be/lM6rLoGreaM?si=bka5pvjKwlXP0PCb
5🔥3👏3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

"Menining yurtim" telekalining "Gapiring" tok-shousida 35 yillik tadbirkor Saidzoda Muxsinov davlat xizmatlarini ko'rsatish sohasidagi islohotlar yuzasidan fikr bildirdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👏4
#Adliya_aralashgach

Fuqaro manfaati sud orqali tiklandi.

🔹Viloyat adliya boshqarmasiga Samarqand viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi xodimi F.T. tomonidan yuridik xizmat xodimlariga har chorakda sudgacha va sud tartibida davlat organlari hamda tashkilotlari foydasiga hal qilingan nizolar bo‘yicha undirilgan mablag‘lardan mukofot pulini undirib berishda amaliy yordam so‘rab murojaat qilingan.

🔸Mazkur murojaat Samarqand viloyati adliya boshqarmasi tomonidan o‘rganilib, fuqaro manfaatida sudga da’vo arizasi kiritildi.

🔹2026-yil 26-noyabr kuni fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining hal qiluv qarori bilan 2021–2025 yillar davomida to‘lanmagan mukofot pullari fuqaro foydasiga jami 278 462 121 so‘m miqdorida undirib berildi.

🔸Adliya organlari tomonidan fuqarolarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha ishlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👏3👍2🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

❗️Adliya idoralariga tushayotgan murojaatlar ijobiy hal etilmoqda

Yurtimizda aholining kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolarni aniqlash, ularni tahlil qilish va bartaraf etish maqsadida adliya organlari tomonidan "Huquqiy mahalla" loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyihaning asosiy maqsadi - Mahallalarda huquqiy muammolarni aniqlash va bartaraf etishdan iborat.

Birgina Farg‘ona viloyatida ushbu loyiha doirasida joriy yilning shu kuniga qadar 117 mingdan ortiq muammolar aniqlangan va ularning 80 foiziga ijobiy yechim topilgan.

Ayni kunlarda Farg‘onadagi 171 ta mahallalarda "Huquqiy mahalla" loyihasi to‘liq amalga oshirilmoqda. Jumladan, “Adliya mahalla” va "Online mahalla" platformalari orqali viloyatda jami 17 mingdan ortiq murojaatlar qabul qilingan. Shundan 12 mingdan ortig‘iga adliya organlari tomonidan ijobiy yechim topgan.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥32👏2
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Jismoniy shaxslar uchun mikroqarz va iste’mol kreditlarini olish mumkin bo‘lgan maksimal miqdorlar belgilandi.

🔹Adliya vazirligi Banklarga o‘rnatiladigan makroprudensial normativlar hamda ular tomonidan beriladigan kreditlar (mikroqarzlar) bo‘yicha to‘lovlarning eng yuqori qiymatlariga doir talablar to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimcha va o‘zgartirishlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3618-1, 2025-yil 18-dekabr).

🔸Unga ko‘ra:
▪️Banklarga oʻrnatiladigan makroprudensial normativlarga qarz oluvchining iste’mol kreditlari va (yoki) mikroqarzlari bo‘yicha qarzning daromadga nisbati koʻrsatkichini hisoblash talabi qo‘shildi;
▪️2026-yil 1-martdan boshlab qarz oluvchining (birgalikda qarz oluvchining) o‘rtacha oylik daromadlarini aniqlash imkoniyati:
mavjud bo‘lsa, qarzning daromadga nisbati ko‘rsatkichi 8 barobardan;
mavjud bo‘lmasa, qarzning daromadga nisbati ko‘rsatkichi 5 barobardan oshmasligi belgilandi.
▪️Masalan, qarz oluvchining o‘rtacha oylik daromadlarini aniqlash imkoniyati mavjud bo’lganda, uning daromadi 5 mln. so‘mni tashkil etsa, u mazkur daromadining 8 baravari, ya’ni 40 mln. so‘mdan ortiq miqdorda iste’mol kreditlari va (yoki) mikroqarzlar ololmaydi.
▪️Mazkur talab yakka tartibdagi tadbirkorlarga beriladigan kreditlar va ta’lim kreditlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
43🔥2
Adliya vazirligidan yangi loyiha!
Bolajonlar ilk bor “Oshxona sarguzashtlari”da! Oddiy emas huquqiy oshxonada.

Bu oddiy ko‘rsatuv emas —
bu ta’lim, tarbiya va zavq uyg‘unlashgan yangi format

Bolalar qiziqarli multfilmni tomosha qiladi
Kattalar ko‘magida taom tayyorlashda ishtirok etadi
O‘z huquqlarini sodda va hayotiy misollar orqali o‘rganadi
Savol beradi, fikrlaydi, xulosa chiqaradi

Ko‘rsatuvni ushbu havola orqali tomosha qiling:
👉 https://www.youtube.com/watch?v=vC4-yP0CJxc

Bolajonlar bilan oilaviy ko‘ring, muhokama qiling, birga o‘rganing!
🔥41
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Sindikatlashgan kreditlarni ajratish tartibi belgilandi

🔹Adliya vazirligi Banklar tomonidan sindikatlashgan kreditlarni ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3730, 2025-yil 18-dekabr).

🔸Unga ko‘ra:
▪️Sindikatlashgan kredit qarz oluvchini birgalikda moliyalashtirish uchun bank sindikati ishtirokchilari tomonidan ajratiladigan kredit hisoblanadi;
▪️Bank, xorijiy bank, xalqaro moliya tashkiloti yoki ro‘yxatdan o‘tkazgan davlat qonunchiligiga muvofiq kredit ajratishga haqli bo‘lgan chet el yuridik shaxsi bank sindikati ishtirokchisi bo‘lishi mumkin;
▪️Qarz oluvchi bankka sindikatlashgan kredit olish haqida ariza bilan murojaat qiladi;
▪️Bank sindikatlashgan kredit ajratish mumkinligi to‘g‘risida qaror qabul qilgan taqdirda, qarz oluvchi bilan sindikatlashgan kreditning dastlabki shartlarini kelishib oladi.


🔸Shuningdek,
▪️Yetakchi ishtirokchi bank sindikatida ishtirok etishi mumkin bo‘lgan potensial ishtirokchilarga qarz oluvchi to‘g‘risida ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan bank sindikatida ishtirok etish bo‘yicha taklifni yuboradi;
▪️Bank sindikati sindikat ishtirokchilari o‘rtasidagi yozma kelishuv asosida tuziladi va unda sindikat ishtirokchilari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, huquq va majburiyatlar belgilanadi.
▪️Bank sindikati ishtirokchilari o‘rtasida bank sindikati kelishuviga erishilganda, bank sindikati ishtirokchilari va qarz oluvchi o‘rtasida sindikatlashgan kredit shartnomasi imzolanadi.
▪️Kredit shartnomasi tuzilgandan keyin bank sindikatining ishtirokchilari kredit summasini shartnomada belgilangan tartibda va muddatda yetakchi ishtirokchiga, agentga, qarz oluvchiga yoki qarz oluvchi ko‘rsatgan boshqa shaxsga o‘tkazish majburiyatini oladi.


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3
#Adliya_aralashgach

📍 Andijonda tadbirkor foydasiga 404.280.000 so‘m pul mablag'lari undirib berildi!

Boʻston tuman adliya bo'limiga tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanuvchi MCHJ rahbari davlat muassasasiga yetkazib bergan mahsulotlari uchun haligacha to'lovlar amalga oshirilmaganligi yuzasidan yordam so'rab murojaat yo'llagan.

Murojaatni o'rganish davomida, taraflar o'rtasida tuzilgan shartnomaga ko'ra, tadbirkor tomonidan shartnomada belgilangan mahsulotlar yetkazib berilgan bo'lsa-da, Muassasa tomonidan tegishli to'lovlar amalga oshirilmaganligi aniqlangan.

Shu yuzasidan, Bo'ston tuman adliya bo'limi boshlig'i nomidan Bo'ston tumanlararo Iqtisodiy sudiga tadbirkor manfaatini ko‘zlab da’vo arizasi kiritilib, masala yuzasidan sud muhokamasi natijalariga ko'ra, javobgardan MChJ foydasiga 404.280.000 so‘m pul miqdoridagi to'lov undirib berilishi ta'minlandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍63🔥3👏1
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Depozitar operatsiyalar bo‘yicha harakatlar tartibi tasdiqlandi

Adliya vazirligi Investitsiya vositachisi faoliyati to‘xtatib turilgan va tugatilgan taqdirda, depozitar operatsiyalar bo‘yicha harakatlar tartibi to‘g‘risidagi nizomni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3727, 2025-yil 18-dekabr).

🔸Unga ko‘ra:
▪️Investitsiya vositachisining litsenziyasi to‘xtatib turilganda, u depozitar operatsiyalarni to‘xtatadi hamda bu haqida ikki ish kunida OAV va fond birjasining veb-saytida eʼlon qiladi;
▪️Investitsiya vositachisi uning litsenziyasi tugatilganda yoki bekor qilinganda,
deponentlarning hisobvaraqlaridan ko‘chirmalarni shakllantiradi va faoliyati tugatilganligi to‘g‘risidagi xabarnomani deponentga yuboradi;
▪️Deponent xabarnoma bir hafta muddatda tugatilayotgan investitsiya vositachisiga o‘z qimmatli qogʻozlarini boshqa investitsiya vositachisiga oʻtkazish to‘g‘risida topshiriq beradi;
▪️Deponent tomonidan bunday topshiriq taqdim etilmaganda, investitsiya vositachisi qimmatli qogʻozlarni “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” AJga oʻtkazadi;
▪️“Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi” AJga vaqtincha saqlash uchun topshirilgan qimmatli qog‘ozlarni bir kun ichida deponent tanlagan investitsiya vositachisiga o‘tkazib berish orqali deponentlarga qaytaradi.


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🔥31
📣 E’LON!

❗️ “Qonunchilikdan amaliyotgacha: xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qilish yo‘lida amalga oshirilgan ishlar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkaziladi

📣 Adliya vazirligi tomonidan Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi va O‘zbekiston mahallalari uyushmasi bilan hamkorlikda “Qonunchilikdan amaliyotgacha: xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qilish yo‘lida amalga oshirilgan ishlar” mavzusida matbuot anjumani tashkil etilmoqda.

🔹Anjumanda inson huquqlari, shu jumladan xotin-qizlar va bolalarning huquq hamda erkinliklari himoyasini yanada kuchaytirish borasida tegishli davlat organlari tomonidan qilingan ishlar, amalga oshirilayotgan qadamlar, mavjud muammolar va ularning rejali, ketma-ket chora-tadbirlar asosidagi yechimlari muhokama qilinadi hamda jurnalistlar va blogerlar uchun savol-javob imkoniyati yaratiladi.

📰 OAV vakillari, blogerlar hamda jamoatchilik vakillarini ushbu tadbirda faol ishtirok etishga taklif etamiz.

📅 Sana va vaqt: 2025-yil 24-dekabr, soat 15:00
📍 Joy: Milliy matbuot markazi (Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 16-uy)

📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun: (71) 207-04-38 (1071)

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5