ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.6K photos
2.71K videos
39 files
9.39K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida “Uch avlod uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi

Unda Adliya vazirligi faxriylar kengashi, vazirlik huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zolari hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti vakillari ishtirok etdi.

Tadbir davomida faxriylar o‘z hayot yo‘li, kasbiy tajribasi, adliya tizimida xizmat qilishning sharafi va mas’uliyati haqida yosh xodimlar bilan samimiy suhbat olib bordilar. Uchrashuv ochiq muloqot ruhida kechib, unda adliya tizimiga xos qadriyatlar, yoshlarning kasbiy va ma’naviy kamolotini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tashabbuslar yuzasidan fikr almashildi.

Muloqot davomida yosh xodimlar ustozlarning hayotiy va kasbiy maslahatlaridan ilhom olib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar. Tadbirda yoshlarning faolligi ham alohida e’tirof etildi va faol ishtirokchilar rag‘batlantirildi.

Uchrashuv yoshlar uchun katta hayotiy saboq, faxriylar uchun esa o‘z tajribalarini baham ko‘rish imkoniyati bo‘lib, adliya qadriyatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
1👍8🔥32
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi ishchi guruhi tomonidan Surxondaryo va Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmalarida tizimdagi xodimlar ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish yuzasidan targ'ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda Adliya vazirligining Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati, Adliya vazirligi tizimidagi manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish to‘g‘risidagi nizom va boshqa korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha adliya vaziri tomonidan tasdiqlangan ichki qoidalarga rioya qilish shartligi tushuntirildi.


Shuningdek, xodimlarga odob-axloq va kasb etikasi qoidalariga rioya qilishlari ta'kidlab o‘tildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍61🔥1
Endilikda patent vakillari sudlarda ishtirok eta oladi

Intellektual mulk sohasida huquqiy himoyani kuchaytirish hamda patent vakillari institutini yanada rivojlantirish maqsadida bir qator muhim yo‘nalishlar belgilandi.

❗️Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-noyabrdagi 358-son qaroriga muvofiq, patent vakillariga intellektual mulk bilan bogʻliq nizolar (masalalar) boʻyicha fuqarolik ishlari, iqtisodiy hamda maʼmuriy sudlarda shartnoma asosida, yaʼni ixtiyoriy vakil sifatida ishtirok etish huquqi berildi. Bu esa huquq egalari manfaatlarini sud jarayonlarida yanada samarali himoya qilish imkonini yaratdi.

🔸Shuningdek, patent vakillarining kasbiy salohiyatini doimiy ravishda oshirishga qaratilgan qulaylik joriy etilib ularning har uch yilda malakasini oshirish tartibi joriy etildi. Bu orqali, patent vakillarning har besh yilda attestatsiyadan oʻtish talabi bekor qilindi.

🔹Bundan tashqari, patent vakillari nomzodlarini imtihondan va ro‘yxatdan o‘tkazish vakolati hududiy adliya organlariga berildi. Bu esa hududlarda patent vakillari institutini yanada kengaytirish, shuningdek, nomzodlar uchun kasbga ega bo‘lish jarayonini tezkor va qulay tashkil etishga xizmat qiladi.

❗️Mazkur tashabbuslarning amalga oshirilishi patent vakillari faoliyatining huquqiy asoslarini mustahkamlash, ularning professional imkoniyatlarini kengaytirish hamda intellektual mulk huquqlarini himoya qilish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
Forwarded from Huquqiy axborot|Plus
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📌Huquqiy bilim, huquqiy tafakkur - bugunning eng muhim masalasidir. Har kim huquqlarini bilishi, majburiyatlarini o'rganishi - baxtiyorlik va o'ziga ishonch hissini beradi.

📌Biz ham shu maqsadda barcha uchun, avvalo imkoniyati cheklangan, nogironligi bo'lgan shaxslar uchun ma'lumotlarni taqdim etar ekanmiz, birgalikda bir jamoa ekanligimizni eslatmoqchimiz.

Ushbu telegram kanali barchamizni birlashtiradi!

Kanalga ulanish👇👇👇
t.me/huquqiyaxborot_plus
4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
24🔥119🎉4👏2👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍743🔥3
#Adliya_tv

Yashirin iqtisodiyot odamlar hayotiga qanday taʼsir qiladi? Yagona QR kod tizimi nima? U hayotimizni yengillashtiradimi? Qaysi toʻlov turlarida naqd pul muomalasidan toʻliq voz kechiladi? Ushbu savollarga “Sayilgoh” podkastining navbatdagi sonida javob olasiz!


Quyidagi havola orqalo tomosha qilishingiz mumkin👇
https://www.youtube.com/watch?v=_vwx7Gfeg5s&t=2s
4
#matbuot_anjumani

Bugun, Adliya vazirligi tomonidan Chilonzor tuman Davlat xizmatlari markazida “Biznesni 15 daqiqada boshlash” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.

🧑🏻‍💻Unda ommaviy axborot vositalari, blogerlar, tadbirkorlar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

🔺Davlat xizmatlari markazlari va FHDYO organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig'i tomonidan tadbir ishtirokchilariga sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, yangi xizmatlar, qulayliklar va xalqaro tajribani joriy etish yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumot ma'lumot berdi.

🔹Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan V ochiq muloqotida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, biznesni boshlash jarayonida davlat xizmatlarini kompleks ko‘rsatish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini qisqartirish maqsadida Prezidentimizning 2025-yil 14 noyabrdagi PF–214-son “Biznes yuritishni hamda litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirishga doir navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.

🔹Mazkur Farmon tadbirkorlarning ma’muriy xarajatlarini 90 milliard so‘mgacha qisqartirish, shuningdek, davlat organlari bilan o‘zaro hamkorlik jarayonida 15 kungacha vaqtni tejash imkonini beradi.

🔹Farmonga muvofiq, 2026-yil 1-yanvardan boshlab “Biznesni 15 daqiqada boshlash” tamoyili asosida tadbirkorlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda bir vaqtning o‘zida bir qator xizmatlarni ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi. Jumladan, elektron raqamli imzo berish, bank hisobvaraqlarini ochish va faollashtirish, ayrim faoliyat turlari bo‘yicha litsenziya va ruxsatnomalarga ariza topshirish, ko‘chmas mulk ijara shartnomasini rasmiylashtirish, qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi guvohnomasini olish, onlayn nazorat-kassa mashinalarini xarid qilish va ro‘yxatdan o‘tkazish, shuningdek, yuridik shaxs rahbarini “Yagona milliy mehnat tizimi”da hisobga qo‘yish imkoniyati yaratiladi.

🔹Shuningdek, 2026-yil 1-yanvardan boshlab yakka tartibdagi tadbirkorlarga firma nomiga ega bo‘lishga ruxsat beriladi. Tadbirkorlik subyektlarining birlamchi ma’lumotlari o‘zgargan taqdirda, ushbu o‘zgarishlar guvohnomalar, litsenziyalar va ruxsatnomalarga idoralararo elektron hamkorlik orqali avtomatik va bepul kiritiladi.

🔹Bundan tashqari, 2026-yil 1-martdan boshlab litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada soddalashtirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

🔹Farmon bilan joriy etilayotgan yangiliklar tadbirkorlar uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, biznesni tez va oson boshlash hamda ma’muriy to‘siqlarni kamaytirishga xizmat qiladi.


🔵Shu bilan birga, ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga vazirlik mas'ullari tomonidan batafsil javob berildi hamda ularning takliflari tinglandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍5👏3