ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.6K photos
2.71K videos
39 files
9.39K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
"CHERY AUTOMOBILE CO., LTD." kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘zining 14 turdagi avtomobil modellarining tashqi ko‘rinishini (dizayni) sanoat namunasi sifatida rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazdi.

Bu qadam kompaniyaning O‘zbekiston bozoriga nisbatan uzoq muddatli va strategik rejalarining tasdig‘i hamda intellektual mulk huquqlariga jiddiy yondashayotganini anglatadi.

Ro‘yxatdan o‘tgan dizaynlar kompaniyaning yangi avlod avtomobillariga tegishli bo‘lib, bu ularning global trendlarga mos keladigan zamonaviy va innovatsion ko‘rinishga egaligini ta’kidlaydi.

Sanoat namunasi bu: buyumning tashqi ko‘rinishini ifodalaydigan badiiy-konstruktorlik yechimi sanoat namunalari jumlasiga kiradi. Boshqacha qilib aytganda, bu mahsulotning texnik funksiyasini emas, balki uning noyob estetik ko‘rinishini himoya qiluvchi ro‘yxatdan o‘tgan intellektual mulk obyektidir.


Sanoat namunasini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Adliya vazirligining im.adliya.uz sayti orqali ariza topshirishingiz mumkin.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
YURIDIK TAʼLIM VA ILM-FAN YANADA ISLOH QILINADI

Prezidentimizning “Oʻzbekiston Respublikasida yuridik taʼlim va ilm-fanni yanada isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq, yuridik taʼlim samaradorligi va sifati ustidan nazorat kuchaytiriladi. Natijada Toshkent davlat yuridik universitetining (Universitet) 2030-yilgacha nufuzli Quacquarelli Symonds reytingida huquq sohasi boʻyicha yuqori 1 000 talik universitetlar roʻyxatiga kirishi taʼminlanadi.

2026/2027 oʻquv yilidan Universitetda tajriba tariqasida amaliy oʻqitish hamda klinik va dual taʼlim tamoyili asosida taʼlim olish tizimi joriy etiladi.

Bunda 2-, 3- va 4-kurs talabalari uchun yuridik taʼlim dasturlarining 50 foizi auditoriyalarda, 50 foizi sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa yuridik sohaga oid tashkilotlarda oʻtkaziladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
1👍1
#Adliya_aralashgach
#Farg'ona_viloyati

❗️Adliya aralashgach xodimning 8 mln so‘m safar xarajatlari to‘lab berildi

Qo'shtepa tuman adliya bo'limi tomonidan safar xarajatlarini to'lanmaganidan norozi bo'lib qilingan murojaat o'rganib chiqildi.

Aniqlanishicha, X.J. Qo'shtepa tumanidagi sport maktabida gandbol murabbiyi lavozimida ishlaydi. 2025-yil mart, may, iyun kunlarida o'quvchilarni musobaqaga olib borganligi, biroq ushbu musobaqalar uchun safar xarajatlari qoplab berilmaganligi aniqlangan.

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 424-son qaroriga ilova qilingan Oʻzbekiston Respublikasi hududida xizmat safarlari to'g'risidagi Nizomning 13-bandiga muvofiq, xizmat safariga yuborilgan xodimga turar joy va ko'zda tutilgan barcha xarajatlari qoplab beriladi.


Yuqoridagi holatlar inobatga olinib, adliya bo'limi tomonidan kiritilgan taqdimnomaga asosan X.J.ga jami 8 mln so'm safar xarjatlari to'lab berilib, xodimning buzilgan mehnat huquqlari tiklandi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍52👏1
#hamdardlik

Adliya vazirligining bosh maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan Akramov Akmal G'anisher o'g'li bevaqt vafot etdi.

Akmal G'anisher o'g'li 1997-yil Buxoro viloyati G'ijduvon tumanida tug‘ilgan. U intellektual mulk yo'nalishida uzoq yillardan beri mas'uliyat bilan halol mehnat qilib kelayotgan edi.

Oilaparvar, ochiqko‘ngil, hech kimdan yordamini ayamaydigan va samimiy hamkasbimizni barcha kasbdoshlar birdek hurmat qilar edi.

Adliya vazirligi jamoasi hamkasbimiz Akramov Akmal G'anisher o'g'lining vafoti munosabati bilan barcha yaqinlari va oila a'zolariga chuqur hamdardlik izhor qiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🙏92😢7011
📣E’LON

“Biznesni 15 daqiqada boshlash” mavzusida matbuot anjumani o‘tkaziladi


Adliya vazirligi tomonidan “Biznesni 15 daqiqada boshlash” tamoyili mazmun-mohiyatini aholi va tadbirkorlarga tushuntirish, davlat xizmatlari tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yangiliklar va yaratilayotgan qulayliklar haqida jamoatchilikni xabardor qilish maqsadida matbuot anjumani tashkil etilmoqda.

📅 Sana va vaqt: 2025-yil 17-dekabr, soat 11:00
📍 Joy: Chilonzor tumani Davlat xizmatlari markazi (Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor shoh ko‘chasi, 7G)

Anjumanda:
🔹“Biznesni 15 daqiqada boshlash” tamoyili mazmun-mohiyati tushuntiriladi;
🔹 Davlat xizmatlari sohasidagi so‘nggi yangiliklar taqdim etiladi;
🔹 Tizimdagi ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilinadi;
🔹 Jurnalistlar va blogerlar uchun ochiq muloqot va savol-javob imkoniyati yaratiladi.

Matbuot anjumani davomida ishtirokchilar sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, yangi xizmatlar, qulayliklar va xalqaro tajribani joriy etish yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumot olishadi.

📰 OAV vakillari, blogerlar, tadbirkorlar hamda jamoatchilik vakillarini ushbu tadbirda faol ishtirok etishga taklif etamiz.

📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun: (71) 207-04-38 (1071)

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
3
#Adliya_aralashgach

❗️Farg‘onada adliya aralashuvi bilan tadbirkor foydasiga 221 424 000 so‘m pul mablag‘lari undirildi

Oltiariq tuman adliya bo‘limiga “Azimjon Azizbek savdo baraka” mas’uliyati cheklangan jamiyatining Beshariq tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limidan yetkazib berilgan quyosh panellari uchun to‘lovlarni undirib berishda amaliy yordam so‘rab yo‘llagan murojaati o‘rganib chiqildi.

Xususan, tomonlar o‘rtasida joriy yilning avgust oyida tuzilgan mahsulot yetkazib berish shartnomasida tadbirkor tomonidan Beshariq tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga har birining qiymati 73 808 000 so‘m bo‘lgan 3 ta quyosh panellari yetkazib berish belgilanganligi, mahsulotlar shartnomaga asosan yetkazib berilganligiga qaramasdan, buyurtmachi tomonidan to‘lovlar amalga oshirilmay kelinayotganligi aniqlandi.

Murojaatni o‘rganish natijalari yuzasidan Oltiariq tuman adliya bo‘limi tomonidan tadbirkor manfaatini ko‘zlab sudga da’vo arizasi kiritilib, sudning qaroriga asosan tadbirkor foydasiga jami 221 424 000 so‘m yetkazib berilgan mahsulot qiymati undirib berildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥53👍2👏1
#Adliya_xabari
#Etirof

📍 Andijonda o'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga bo'lgan mulk huquqi e'tirof etilgan fuqarolarning soni rasman 2 215 nafarga yetdi.

Xalq deputatlari Andijon viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasida yana 893 nafar fuqaroning mulk huquqi e'tirof etildi.

Qonun ijrosi natijasida fuqarolar va tadbirkorlarining mulklari qonuniylashtiriladi, fuqarolar o‘rtasidagi mulkiy nizolar, shu jumladan meros bilan bog‘liq nizolarga yechim topiladi, hududlarni rivojlantirish bilan bog‘liq hujjatlarni ishlab chiqishdagi muammolar kamayadi, bozorda qonuniy kapital aylanmasi paydo bo‘ladi, eng muhimi aholining kayfiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32🔥2👏1
Jamoatchilik kengashi a’zolari Sirdaryoda

Adliya vazirligi faxriylar kengashi, vazirlik huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zolari hamda "Madad" NNT vakillari Sirdaryo viloyatida bo‘lib, Guliston shahar davlat xizmatlari markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Safar davomida markazda aholi va tadbirkorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, xizmat ko‘rsatish jarayonlarining qulayligi hamda ochiqlik tamoyillariga amal qilinishi o‘rganildi.

Kengash a’zolari fuqarolar bilan bevosita muloqot qilib, markaz faoliyati, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va tezkorligi yuzasidan aholining fikr-mulohazalari bilan qiziqdilar.

Jarayonda FHDY bo‘limidagi sharoitlar, FHDY va Notarial arxivlarda hujjatlarni saqlanish holati ham ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslardan kelgan murojaatlarga berilgan javoblar sifati tahlil qilinib, ayrim taklif va mulohazalar bildirildi hamda xizmatlar sifatini yanada oshirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
17👍3🔥32