🔹Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining sakkizinchi sessiyasida 1 ming 172 ta fuqarolarning yer uchastkasiga bo’lgan ijara huquqini hamda unda qurilgan bino va inshootga bo’lgan mulk huquqini eʼtirof etish masalasi ko’rib chiqildi.
🔹Hurmatli Prezidentimizning topshirig‘iga asosan «O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni tan olish to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilingan edi.
🔹Qonun bilan fuqarolar va tadbirkorlarning mulkka bo‘lgan huquqlari e’tirof etilishi, fuqarolar o‘rtasidagi mulkchilik, shuningdek, meroslar bilan bog‘liq nizolarga yechim topilishiga asos yaratildi. Bundan tashqari, aholining ijtimoiy masalalari (doimiy ro‘yxatga qo‘yish, moddiy yordam olish, maktab, bog‘chaga joylashtirish) hamda bino va obyektlarni kommunal tarmoqlarga ulash bo‘yicha masalalariga ham ijobiy yechim topiladigan bo‘ldi.
🔹Mazkur qonunning 20-moddasiga asosan Kadastr agentligining «E’tirof» avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali kelib tushgan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish bo‘yicha to‘plangan hujjatlar ko‘rib chiqildi.
⚠️Ma’lumot uchun, “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi bo‘yicha shu kunga qadar respublikada jami 1 ming 663 ta fuqarolarning o‘zboshimchalik bilan va ortiqcha egallagan yerlariga, ularda qurilgan turar joylariga ijara va mulk huquqlari e’tirof qilindi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot

❤5👍4🔥1
🎯Xodimlarning malaka va tajribasi oshirildi
📚 Adliya organlarining intellektual mulk sohasida faoliyat yurituvchi xodimlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida tizimli ravishda seminar-treninglar tashkil etib kelinmoqda.
🗓️ 12–13-dekabr kunlari “Olmos” dam olish maskanida “Intellektual mulk huquqini himoya qilish va kontrafakt mahsulotlarni aniqlashda adliya organlari xodimlarining salohiyatini oshirish” mavzusida hududiy adliya boshqarmalarining mas’ul xodimlari uchun navbatdagi seminar-treninglar o‘tkazildi.
🕵️ Ushbu tadbirda sud va prokuratura organlari, ekspertlar hamda patent vakillari, shuningdek “Legal Max”, “White Hill” va “Settle” advokatlik firmalari mutaxassislari ma’ruzachi sifatida ishtirok etishdi.
✅ Seminar-trening davomida xodimlar kontrafakt mahsulotlarni aniqlashning zamonaviy mexanizmlari, intellektual mulk sohasidagi huquqbuzarliklarga nisbatan huquqiy choralarni qo‘llash amaliyoti, shuningdek milliy va xalqaro ilg‘or tajribalar bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.

🔥10❤3👏1
#Adliya_xabari
✅ Adliya vaziri o‘rinbosari M. Allakuliyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PQ-270–son qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi
🔹Adliya vaziri o‘rinbosari M. Allakuliyev
X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PQ-270–son qarorining ijro holati bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.
🔸Tadbir davomida “E-ekspertiza” axborot tizimi orqali elektron hujjat almashinuvini joriy etish, Markaz laboratoriyalarini zamonaviy jihozlar bilan ta'minlanish, ekspertiza tadqiqotlarini o‘tkazish jarayonlarini raqamlashtirish ishlari tashkil etilishi holatini ko‘zdan kechirdi.
🔺 Kelgusida Markazda amalga oshiriladigan ishlar, xarid qilinadigan uskuna va jihozlar, joriy etilishi zarur bo‘lgan tadqiqot turlari yuzasidan taklif va topshiriqlar berildi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🔹Adliya vaziri o‘rinbosari M. Allakuliyev
X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PQ-270–son qarorining ijro holati bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.
🔸Tadbir davomida “E-ekspertiza” axborot tizimi orqali elektron hujjat almashinuvini joriy etish, Markaz laboratoriyalarini zamonaviy jihozlar bilan ta'minlanish, ekspertiza tadqiqotlarini o‘tkazish jarayonlarini raqamlashtirish ishlari tashkil etilishi holatini ko‘zdan kechirdi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7❤3🔥2
#tayinlov
Toshkent davlat yuridik universitetiga prorektor tayinlandi
Esanova Zamira Normurotovna Toshkent davlat yuridik universitetining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori lavozimiga tayinlandi.
Zamira Esanova 1972-yilda Toshkent viloyati Bekobod tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, huquqshunos. Yuridik fanlari doktori, professor, 2-darajali adliya maslahatchisi. 1995-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.
U mehnat faoliyati davomida yuridik ta’lim va ilmiy-tadqiqot sohasida samarali faoliyat yuritib, Toshkent davlat yuridik universitetida turli mas’ul lavozimlarda ishlagan. Jumladan, fuqarolik va iqtisodiy protsessual huquq yo‘nalishida kafedra mudiri, shuningdek, 2015–2018-yillarda TDYUning ilmiy ishlar va xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori lavozimida faoliyat olib borgan.
Zamira Normurotovna 2018-yildan buyon Toshkent davlat yuridik universitetining Fuqarolik protsessual va iqtisodiy protsessual huquqi kafedrasi professori sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Adliya vazirligi jamoasi Esanova Zamira Normurotovnani mazkur mas’uliyatli tayinlov bilan qutlaydi. Kelgusi ishlarida rivoj va ulkan zafarlar tilaydi!

2015-yilda “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yurist” faxriy unvoni bilan taqdirlangan
Adliya vazirligi jamoasi Esanova Zamira Normurotovnani mazkur mas’uliyatli tayinlov bilan qutlaydi. Kelgusi ishlarida rivoj va ulkan zafarlar tilaydi!
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍41❤11👏10
#Adliya_aralashgach
#Termiz_shahar
Termiz shahar adliya bo‘limi tomonidan murojaatlar asosida shahar tibbiyot birlashmasi monitoring qilingandan 20 nafar xodimga jami 181 502 040 so‘m miqdoridagi homiladorlik va tug‘ish ta'tili pullari to‘lab berilmaganligi aniqlandi.
Holat yuzasidan, adliya bo‘limi tomonidan to‘lovlarning kechiktirilganlik holati bo‘yicha Termiz shahar tibbiyot birlashmasiga taqdimnoma ta'sir chorasi qo‘llanildi.
Adliya aralashuvi bilan Termiz shahar tibbiyot birlashmasi tomonidan 20 nafar xodimga homiladorlik va tug‘ish ta'tili pullari to‘liq to‘lab berilishi natijasida ushbu xodimlarning buzilgan huquqlari tiklandi!
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Termiz_shahar
20 nafar xodimga 181 500 000 so‘m homiladorlik va tug‘ish ta'tili puli to‘lab berildi

❤3👍1