ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.6K photos
2.72K videos
39 files
9.39K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_aralashgach

Adliya aralashuvi bilan tadbirkor foydasiga 448 827 000 so‘m pul mablag'lari to'lab berildi

Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limiga tadbirkor “Usmonsher Broker” MCHJ tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limidan bajarilgan ishlar qiymatini undirib berishda amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan.

👉Batafsil: https://telegra.ph/Qarzdorlik-bartaraf-etildi-Usmonsher-Broker-MCHJ-foydasiga-448-mln-som-undirildi-12-01

🌐Bizni kuzating👇👇👇👇
Veb-sayt|Telegram|Facebook |Instagram
4👍1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Videodayjest

📹 Adliya tizimidagi o'tgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik dayjest

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
4🔥3👏2
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Oliy ta'lim tashkilotlarining ta'lim dasturlarini akkreditatsiyasidan o'tkazishda baholash mezonlari bo'yicha indikatorlar tasdiqlandi


Adliya vazirligi “Oliy ta'lim tashkilotlarining ta'lim dasturlarini maxsus davlat akkreditatsiyasidan o'tkazishda baholash mezonlari bo'yicha indikatorlarni tasdiqlash haqida”gi buyruqni davlat ro'yxatidan o'tkazdi (ro'yxat raqami: 3716, 01.12.2025-y.).

🔹Unga ko'ra, 6 ta yo'nalish doirasidagi 31 ta mezon bo'yicha oliy ta'lim tashkilotlaridagi ta'lim dasturlarini maxsus davlat akkreditatsiyasidan o'tkazishda foydalaniladigan 190 ta indikator belgilab berildi.

✔️Bunda 8 ta (4.2 %) majburiy indikatorlar (mas'ul tarkibiy tuzilmani tashkil etishning aniq rejasi mavjudligi, talabalar kontingentidan kelib chiqqan holda o'quv xonalari bilan ta'minlanganlik va b.) hamda 182 ta (95.8 %) umumiy indikatorlar (fan mazmuniga mos xorijiy adabiyotlardan foydalanish, talabalar o'rtasida so'rovnomalar o'tkazish, qabul parametrlarini belgilashda axborot-resurs markazining imkoniyatlarini hisobga olish va b.) mavjud bo'lib, «muvofiq» yoki «muvofiq emas» tarzida baholanadi.

▶️Bunda:
▪️50 % gacha indikatorlar «muvofiq» deb baholansa – mezon «muvofiq emas»;
▪️ 50 % dan 70 % gacha indikatorlar «muvofiq» deb baholansa – mezon «qisman muvofiq»;
▪️ 70 % va undan ortiq indikatorlar «muvofiq» deb baholansa – mezon «muvofiq» deb topiladi.

⛔️ Majburiy indikator «muvofiq emas» deb baholansa, umumiy natijadan qat'i nazar, mezon «muvofiq emas» deb topiladi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_mahalla

11 yil hujjatsiz yashagan aka-singilning taqdiri..., tashvish tugmalari haqida eshitganmisiz?


Adliya vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan huquqiy mahalla loyihasi doirasida fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini ta'minlashga qaratilgan bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Bugungi ko'rsatuv shu haqida: https://www.youtube.com/watch?v=2lcKOn6BtqM
1
#E’lon

Davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida 2-3-dekabr kunlari server qurilmalarining texnik imkoniyatlarini kengaytirish ishlari rejalashtirilgan.

Shu sababli, Davlat xizmatlari markazlari orqali tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish va elektron raqamli imzo kalitlarini rasmiylashtirish davlat xizmatlarini ko‘rsatishda ayrim uzilishlar kuzatilishi mumkin.

Mazkur nosozlik bartaraf etilganda qo‘shimcha tarzda maʼlum qilinadi.

Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Ахborot 24 | Ahamiyatini yo'qotgan 800 ga yaqin qonunchilik hujjatlari bekor qilindi


Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍11🔥7👏71
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Statsionar tibbiyot muassasalaridagi bemorlarni tibbiy ko'rsatmaga muvofiq boshqa tibbiyot muassasasiga o'tkazish tartibi belgilandi


Adliya vazirligi Stasionar tibbiyot muassasalaridagi bemorlarni tibbiy ko'rsatmaga muvofiq boshqa tibbiyot muassasasiga o'tkazish tartibi haqidagi nizomni ro'yxatdan o'tkazdi (ro'yxat raqami: 3715, 2025-yil 29-noyabr).

🔹Nizomga ko'ra, bemorlarga zarur ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamni o'z vaqtida to'liq ko'rsatishni ta'minlash maqsadida ular bir tibbiyot muassasasidan boshqa tibbiyot muassasasiga o'tkaziladi.

🔹Bemorlar boshqa tibbiyot muassasasiga o'tkazish jarayonida tibbiyot muassasasini zarur tibbiy yordamni ko'rsatish imkoniyatiga ega bo'lgan tibbiyot muassasalari orasidan erkin tanlash huquqiga ega.

🔹Bemorlarni boshqa tibbiyot muassasasiga o'tkazish shifokor tomonidan berilgan tibbiy ko'rsatmaga asosan amalga oshiriladi.

🔹Bemorlar uchun zarur tibbiy uskunalar yoki mutaxassislar bo'lmaganda, shuningdek, ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam boshqa tibbiyot muassasasida ko'rsatilsa, tibbiy ko'rsatma beriladi.

🔹Bemorlarni boshqa tibbiyot muassasasiga o'tkazishdan oldin qabul qiluvchi tibbiyot muassasasasining bo'sh o'rinlari, zarur tibbiy uskunalar, mutaxassislar mavjudligi aniqlanadi.

🔹Bemorlar hayotiy ko'rsatkichlari barqaror holda, shifokor kuzatuvida boshqa tibbiyot muassasasiga bepul o'tkaziladi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Kasbiy ta'lim tashkilotlarining ta'lim dasturlarini maxsus davlat akkreditatsiyasidan o'tkazish bo'yicha indikatorlar tasdiqlandi


Adliya vazirligi “Kasbiy ta'lim tashkilotlarining ta'lim dasturlarini maxsus davlat akkreditatsiyasidan o'tkazishda baholash mezonlari bo'yicha indikatorlarni tasdiqlash haqida”gi buyruqni davlat ro'yxatidan o'tkazdi (ro'yxat raqami: 3717, 2025-yil 1-dekabr).

🔰Mazkur idoraviy hujjat bilan 6 ta yo'nalish doirasidagi 31 ta mezon bo'yicha kasbiy ta'lim tashkilotlaridagi ta'lim dasturlarini maxsus davlat akkreditasiyasidan o'tkazishda foydalaniladigan 163 ta indikator belgilab berilmoqda.

✔️Unga ko'ra, 8 ta (4.9 %) majburiy indikatorlar (mas'ul tarkibiy tuzilmani tashkil etishning aniq rejasi mavjudligi, talabalar kontingentidan kelib chiqqan holda o'quv xonalari bilan ta'minlanganlik va b.) hamda 155 ta (95.1 %) umumiy indikatorlar (fan mazmuniga mos (xorijiy) adabiyotlardan foydalanish, talabalar o'rtasida so'rovnomalar o'tkazish, sport zali (sport maydonchalar) mavjudligi va b.) mavjud bo'lib, «muvofiq» yoki «muvofiq emas» tarzida baholanadi.

⏭️ Bunda:
▪️ 50 % gacha indikatorlar «muvofiq» deb baholansa – mezon «muvofiq emas»;
▪️ 50 % dan 60 % gacha indikatorlar «muvofiq» deb baholansa – mezon «qisman muvofiq»;
▪️ 60 % va undan ortiq indikatorlar «muvofiq» deb baholansa – mezon «muvofiq» deb topiladi.

⛔️Majburiy indikator «muvofiq emas» deb baholansa, umumiy natijadan qat'i nazar, mezon «muvofiq emas» deb topiladi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
#Muhim

📣DIQQAT E’LON!

🔹Joriy yilning 3-dekabr kuni soat 11:30 da Toshkent shahar adliya boshqarmasi binosida intellektual mulk obyektlariga (tovar belgisi, xizmat ko‘rsatish belgisi, ixtiro, foydali model, sanoat namunasi) muhofaza hujjatiga (guvohnoma va patent) talabnoma topshirmoqchi bo‘lgan, ushbu obyektlarga patent olishda qiynalayotgan hamda intellektual mulk obyektlarini huquqiy himoya qilmoqchi bo'lgan jismoniy va yuridik shaxs vakillari uchun Adliya vazirligi tomonidan sayyor qabul tashkil etiladi.

Shuningdek, sayyor qabul davomida brend nomi Intellektual mulk elektron davlat xizmatlari portalida mavjud yoki mavjud emasligi tekshirib beriladi.

Hurmatli yurtdoshlar, sayyor qabulda faol ishtirok eting va brendingiz nomini himoya qiling!

🔹Ro‘yxatdan o'tish uchun: S.Amirqulov +998 77 793-33-63

🔹Manzil: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur shoh ko'chasi, 14-uy.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍4
#Adliya_xabari

📣 Nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Bugun, 2-dekabr kuni Adliya vazirligida Fuqarolik jamiyati haftaligi doirasida NNT vakillari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

🔹Uchrashuvda 40 nafarga yaqin NNT rahbarlari va jamoatchilik faollari ishtirok etdi. Muloqotda shu bilan birga barcha hududiy adliya organlari zoom platformasi orqali ishtirok etishdi.

🔸Tadbirda Adliya vaziri o‘rinbosari N. Muhammmadiyev ishtirok etdi va NNTlar davlat bilan eng yaqin hamkor sifatida islohotlarning faol qatnashchisiga aylangani ta’kidlandi.

🔹 Tadbirdan ko’zlangan maqsad, NNT faoliyatidagi muammolarni birgalikda hal qilish, yangilik va takliflarni eshitish, islohotlar bo‘yicha ochiq fikr almashish.

🔻Ma’lumot uchun:

▪️Mamlakatimizda 10 mingga yaqin NNT erkin faoliyat yuritmoqda.
▪️Ularda 70 ming nafar inson mehnat qilmoqda.
▪️NNTlar har yili davlat dasturlarining 350 dan ortiq bandlari ijrosida bevosita ishtirok etmoqda.


🔸Muloqot davomida ishtirokchilarga NNTlar uchun yaratilayotgan yangi imkoniyatlar, qonunchilikdagi o‘zgarishlar va “Fuqarolik jamiyatini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi” loyihasi haqida ma’lumot berildi.

♦️Tadbir yakunida, ijtimoiy sohada faoliyati bilan ajralib turgan NNT rahbarlari Adliya vazirligining tashakkurnomalari bilan taqdirlandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
6👍5🔥1