ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.6K photos
2.72K videos
39 files
9.39K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Konstitutsiya bayrami arafasida Adliya vaziri Akbar Tashkulov Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 9-Ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabi yuqori sinf o‘quvchilari uchun "Kelajak soati" doirasida "Mening huquqlarim" mavzusida dars o‘tdi.

Mazkur darsda o‘quvchi yoshlarga Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati va ahamiyati tushuntirib berildi.

O‘quvchilar Bosh Qomusimizdagi asosiy huquq va kafolatlar bilan birga, qonunlarni hurmat qilishning ahamiyati haqida ham bilimga ega bo‘ldilar.

Dars yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirishga xizmat qildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍1210🔥3👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦

#Fuqarolik_jamiyati_haftaligi

✈️ Ayni vaqtda “Fuqarolik jamiyati haftaligi” tadbirlarining ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda.

Unda adliya vaziri o’rinbosari N.Muxammadiyev va vazirlik mas’ullari ham faol ishtirok etmoqda.

Eslatib o'tamiz,“Fuqarolik jamiyati haftaligi” tadbirlari joriy yil 1-5 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi.


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥32👍2
#qonunchilikdagi_yangiliklar

2026-yil 1-martdan boshlab quyidagi arxiv xizmatlarini ko'rsatish muddatlari qisqartiriladi:

arxiv hujjatlari yoki ularning ko'chirma nusxalarini O'zbekistondan tashqariga vaqtincha olib chiqish uchun ruxsatnoma berish — 15 ish kunidan 5 ish kunigacha;

yaroqsiz holatga kelgan yoki yo'qotilgan mehnat daftarchasidagi yozuvlarni tasdiqlash — 20 ish kunidan 10 ish kunigacha;

oliy va o'rta-maxsus ta'lim muassasasida o'qiganlikni tasdiqlash haqidagi arxiv ma'lumotnomasini berish — 5 ish kunidan 2 ish kunigacha;

arxiv hujjatlari, kitoblar va qo'lyozmalarni raqamlashtirish (elektron nusxa olish) — 3 ish kunidan 1 ish kunigacha.

Asos: O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-noyabrdagi PF-228-son Farmoni.

Telegram |
Instagram | Facebook | YouTube | Bot
2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
7👍4🔥3
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi huzuridagi Apellyatsiya Kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi

🔺O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-maydagi
PQ–188-son qaroriga asosan bugun, 1-dekabr kuni Adliya vazirligi huzuridagi Apellyatsiya Kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

🔹Apellyatsiya Kengashi kun tartibida 2 nafar fuqarolarning tegishli davlat xizmatlari ko‘rsatilishidan norozi bo‘lib yo‘llagan shikoyatlari ko‘rib chiqilib, ushbu shikoyatlarni qanoatlantirish haqida qarorlar qabul qilindi.

✔️Shu bilan birga, majlis davomida ma’muriy organga o‘z faoliyatini qonunchilik hujjatlariga qat’iy rioya qilgan holda amalga oshirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

📌Apellyatsiya Kengashiga YaIDXP orqali yoki davlat xizmatlari markazlari orqali shikoyat berish mumkin bo‘lib, Apellyatsiya kengashiga shikoyatlarni berish 2026-yil 1-iyul kuniga qadar davom etadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥4👏21
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Fuqarolik_jamiyati_haftaligi
#Jamoatchilik_kengashlari_forumi

Avval xabar berganimizdek, Fuqarolik jamiyati haftaligi doirasida Jamoatchilik kengashlari forumi bo’lib o’tmoqda.

Adliya vazirligi Nodavlat notijorat tashkilotlari boshqarmasi boshlig’i — Zikirilla Maxmudov: Nodavlat tashkilot nima desa, xalqaro tashkilot deb tushunish, fuqarolik jamiyati nima desa, fuqarolarni tushunish holatlari haligacha saqlanib qolgan.


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍31🔥1
#Bir_murojaat_izidan

Fuqaro 35 yillik orzusiga erishdi !!!


Jizzax shahar adliya bo‘limi tomonidan fuqaro U. Xning farzandini tug‘ilganlik faktini belgilashda amaliy yordam berishni so‘rab yo'llagan murojaati o‘rganib chiqildi.

Aniqlanishicha, U.X o‘z murojaatida 1990-yilda tug‘ilgan farzandi U.K Zarbdor tuman markaziy shifoxonasi tug‘ruq kompleksida dunyoga keltirganligi, ba’zi sabablarga ko‘ra tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasini hozirgi kunga qadar olmagan.

Zarbdor tuman tibbiyot birlashmasining ma’lumotnomasiga ko‘ra, 1990-yil 18-aprelda tug‘ilgan U. Kning tug‘ilgani haqida hujjatlar tibbiyot birlashmasi arxivida topilmagan.

Hozirgi kunda U. K Sharof Rashidov tumani Toqchilik MFYdagi 2004-yildan buyon onasi U. X. bilan birga yashab kelgan. Bu holat Sharof Rashidov tumani Toqchilik MFYning dalolatnomasi bilan tasdiqlangan.

Jizzax shahar Ittifoq MFYning dalolatnomasiga ko‘ra, U. K 1990-yil 18-aprelda tug‘ilganligi, onasi U. X. ekanligini qo‘shnilari tasdiqlagan.

O‘zbekiston Respublikasi FPKning 295-moddasiga binoan fuqarolar yoki tashkilotlarning shaxsiy, mulkiy huquqlari vujudga kelishi, o‘zgarishi yoki tugashiga sabab bo‘ladigan faktlarni, jumladan bolaning u yoki bu onadan tug‘ilganligi faktini, shuningdek tug‘ilganlik vaqtini sud aniqlaydi.

Yuqoridagilarga ko‘ra, fuqaro U. Kning tug‘ilganlik faktini belgilash bo‘yicha fuqarolik ishlari bo‘yicha Jizzax tumanlararo sudiga da’vo ariza kiritilib, tug‘ilganlik fakti belgilangandi va FHDY organlari tomonidan tug‘ilganlik haqida guvohnoma rasmiylashtirib berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
1
#Adliya_aralashgach
#Farg'ona_viloyati

❗️Adliya aralashuvi bilan fuqaroning 31 yillik «bosh og‘rig‘i» ga ijobiy yechim topildi

Rishton tumanining “Dasht Pandigon” mahallasida yashovchi T. A. fuqarolik masalasida huquqiy maslahat olgani manzil izlayotgan edi, uning tuman adliya bo'limiga murojaati muammo yechimini topishiga asos bo'ldi.

Gap shundaki,1988-yilda Rossiyaga ishlash uchun ketgan T. A. 1994-yilda O‘zbekistonga qaytganidan so‘ng, fuqarolik masalasi arosatda qoldi.

Tuman adliya bo'limi T. A. ning manfaatini ko‘zlab, O‘zbekiston hududida 1994-yildan buyon doimiy yashaganlik faktini belgilash bo‘yicha Fuqarolik ishlari bo‘yicha Rishton tumanlararo sudiga ariza kiritildi.

Sud mazkur arizani 2025-yil 28-noyabr kuni adliya bo‘limi binosida “sayyor” tartibda ko‘rib chiqdi.

Sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra, T. A. ning 1994-yildan beri O‘zbekiston hududida doimiy yashab kelganligi rasman tasdiqlandi va 31 yillik muammo ijobiy hal etildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥2👏21
#Fuqarolik_jamiyati_haftaligi
#Jamoatchilik_kengashlari_forumi

Jamoatchilik kengashlari forumi bo‘lib o‘tdi

🔹“Fuqarolik jamiyati haftaligi” doirasida bugun “Yoshlar ijod saroyi”da davlat organlari huzuridagi Jamoatchilik kengashlari forumi o‘tkazildi. Tadbirda vazirlik va idoralar, NNTlar, mahalliy hokimliklar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

🔹 Forumni adliya vaziri o‘rinbosari N. Muxammadiev kirish so‘zi bilan ochdi.

🔹U o‘z nutqida so‘nggi yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, jamoatchilik kengashlarining davlat boshqaruvidagi o‘rni va ahamiyatini qayd etdi.

“Jamoatchilik kengashlari — davlat va jamiyat o‘rtasidagi muhim ko‘prikdir. Ular davlat idoralari faoliyati ustidan monitoring olib boradi, korrupsiyaning oldini olishda hamkor bo‘ladi va eng muhimi, fuqarolarning ovozini qarorlar qabul qilish jarayoniga yetkazadi.”— Adliya vaziri o'rinbosari N.Muxammadiyev


🔹Shuningdek, u jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadida:
“Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi Qonunni takomillashtirish bo‘yicha qonun loyihasi ishlab chiqilgani, 2030-yilgacha mo‘ljallangan Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish strategiyasi tayyorlanayotgani va unda NNTlar ishtirokini kengaytirish, kengashlar faoliyatini kuchaytirishga qaratilgan takliflar o‘rin olganini ma’lum qildi.

🔹Forum davomida davlat organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlarining faoliyati, ularning samaradorligini oshirish, ilg‘or tajribalar, shaffof boshqaruv va jamoatchilik nazoratini institutsionallashtirish masalalari muhokama qilindi.

🔹 Tadbir yakunida Yuksalish umummilliy harakati tomonidan bir qator yo‘nalishlarda faol bo‘lgan kengashlar “Eng faol jamoatchilik kengashi” nominatsiyasi bo‘yicha taqdirlandi. Xususan, Adliya vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi ham ushbu nominatsiyaga munosib ko'rildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍2🔥2👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aralashgach
#Farg'ona_viloyati

❗️Sayyor qabulda 93 yoshli momoning murojaati qanoatlantirildi

Toshloq tuman adliya bo'limi tomonidan "Obisiyo" mahalla fuqarolar yig'inida sayyor qabuli o'tkazildi. Qabul davomida 1933-yilda tug'ilgan, 92 yoshli Patila ona Mirzajonovaga nogironlar aravachasini olish masalasida murojaat kelib tushdi.

Murojaat o'rganilganda ushbu masala yuzasidan Patila onaning yaqin qarindoshlari va MFY mas’ullari bir yildan buyon tuman Tibbiyot birlashmasining mas’ul xodimlariga murojaat qilishlariga qaramay, ushbu masala paysalga solinayotganligi oydinlashdi.

Batafsil 👆

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍62🔥1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

FUQARONING 33 YILLIK MUAMMOSI HAL ETILDI


Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
2👍1