ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.6K photos
2.72K videos
39 files
9.4K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#937_son

📜 O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari va ularda qurilgan binolar hamda inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish tartibini belgilovchi O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-937-sonli Qonuni ijrosini ta'minlash bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi.


📍 Mazkur seminarda Namangan viloyati adliya boshqarmasi boshlig’ining birinchi o’rinbosari U.Ismatillayev, Namangan viloyati hokimligi mas’ul xodimlari va boshqa vakolatli tashkilotlar ishtirokida tashkil etildi.

🎯 Tadbir davomida mazkur qonunning maqsadi, qo‘llanilish sohasi, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari va ulardagi obyektlarga nisbatan huquqlarni e’tirof etishning huquqiy asoslari, shuningdek, ijro mexanizmlari batafsil muhokama qilindi.

Ishtirokchilar qonun bilan belgilanayotgan tartib-taomillar, avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali ma’lumotlar almashinuvi, tuman (shahar) komissiyalarining roli va adliya organlarining nazorat funksiyalari yuzasidan amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.

🔎 Seminar yakunida vakolatli idoralar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda huquqiy targ‘ibot ishlarini yanada kengaytirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.

🏢 Namangan viloyati adliya boshqarmasi

Tarmoqlarimizda bizni kuzatib boring

Youtube
| Facebook | Telegram | Instagram
1👍1
#Adliya_xabari

"Madad-2" loyihasiga start berildi


Bugun Adliya vazirligi binosida "Madad" loyihasining ikkinchi bosqichining ramziy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

"Madad” bu tadbirkorlikni boshlash niyatida bo‘lgan, ammo unga yetarlicha kuch va imkon topa olmayotgan insonlarni huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida Adliya vazirligi tomonidan yo‘lga qo‘yilgan loyiha.


Loyihaning birinchi bosqichi Denov tumanida muvaffaqiyatli amalga oshirilgan edi. Loyiha qahramoni Dilorom Yo'ldosheva bugungi kunda 60 dan ortiq shogirdiga ega tadbirkor, “Mardlik” ordeni sohibasi, BBCning "100 ilhomlantiruvchi ayol" ro‘yxatiga kiritilgan o‘zbek ayoli – buning yaqqol natijasidir.

Endilikda ushbu ezgu loyiha respublikamizning eng olis hududlaridan bo‘lgan Denov tumanining “Surxondiyor” hamda Qo‘shrabot tumanining “Navkat” mahallalarida davom ettiriladi.

Loyihani amalga oshirish natijasida 200 dan ortiq yangi ish o‘rinlarini yaratish, ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bo‘lgan shaxslarning hamda ayollar va yoshlar bandligini ta’minlash, ularning turmush sharoitlarini yaxshilash ko‘zda tutilgan. Loyiha davomida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida, mahalla drayveridan kelib chiqib, "Yordam emas, imkoniyat" yoki "Kichik tashabbusdan katta daromadgacha" shiori ostida tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish maydonchasi — "Farovonlik markazi" quriladi.
Markaz negizida insonlarni o‘zaro birlashtiruvchi kooperativ - aralash ishlab chiqarish matlubot kooperativi tashkil etish maqsad qilingan.


Tadbir yakunida loyihani birgalikda amalga oshirish uchun Adliya vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Savdo-sanoat palatasi hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Shu bilan birgalikda, tadbirda loyihani qo'llab-quvvatlash maqsadida bir qator tadbirkorlar ham ishtirok etdi.


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥43👏1🎉1
#Adliya_xabari

Bugun Adliya vazirligida “El-yurt umidi”jamgʻarmasi rahbariyati bilan uchrashuv oʻtkazildi.

Qayd etish joizki, vazirlik va idoralarda iqtidorli yoshlar va mutaxassislarni xorijdagi nufuzli taʼlim, ilmiy va boshqa tashkilotlarda taʼlim olishini hamda stajirovkasini tashkil etish orqali ularning kasbiy koʻnikmalari, bilimi va tajribasini oshirish dolzarb masalaga aylangan.

Bu borada O‘zbekiston RespublikasiPrezidentining 2025-yil 5-maydagi PF–77-son Farmoni alohida ahamiyatga ega. Mazkur Farmon bilan “El-yurt umidi” jamgʻarmasiga bir qator muhim vazifalar belgilab berilganligi taʼkidlab oʻtildi.

Vazirliklar mutaxassislarini rivojlangan mamlakatlardagi yetakchi taʼlim muassasalari, ilmiy markazlar, turli kompaniya va tashkilotlarda stajirovkasini tashkil etish, nomzodlarni vazirlikning strategik maqsadlariga mos holda professional yoʻnaltirish, tor doiradagi sohalarga oʻqitish, OTM bilan hamkorlikda xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan, Scopus tizimida“Xirsh” indeksi (h-indeks) yuqori boʻlgan olim, professor-oʻqituvchi va tadqiqotchilarni yurtimizda oʻquv kurs va fanlarni oʻqitish hamda tadqiqotlar olib borish uchun jalb etishga koʻmaklashish shular jumlasidandir.

Shu bilan birga, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi tomonidan yagona axborot portali, unda “Vazirlik va idoralar” maxsus boʻlimini yaratish ustida ish olib borilishi taʼkidlandi.

Muloqot davomida kadrlarni professional tayyorlash, akademik aloqalarni kengaytirish, sohalardagi dolzarb vazifalarni hal etishga xalqaro tajribaga ega yosh mutaxassislarni jalb etish boʻyicha istiqbolli loyihalar muhokama qilindi.

Bundan tashqari, jamgʻarma tomonidan xorijda boʻlib, xalqaro tashabbuslarni ilgari suradigan, Oʻzbekistonning dunyoning yetakchi universitetlari va tahliliy markazlari bilan akademik va ilmiy aloqalarini mustahkamlaydigan vazirlik va idoralar huzuridagi elchilar sifatida stipendiantlar ishtirokini kengaytirish — “Vazirlik ambassadori” tizimini taklifini ilgari surilmoqda.


Uchrashuv yakunida ikki tomonlama oʻzaro hamkorlikni mustahkamlash, stipendiantlarni davlat muassasalarida amaliyot va stajirovkalarini tashkil etish va ularni ishga joylashtirish masalalari muhokama qilindi.

Maʼlumot uchun: Adliya vazirligi tizimida faoliyat yuritayotgan 100 nafardan ortiq xodimlar bir qator nufuzli xorijiy OTMni tamomlagan boʻlib, shundan Vazirlik tizimida hozirda 30 nafarga yaqin“El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiatlari ham mehnat qilib kelmoqdalar.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
8👍5🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishda faol ishtirok eting!