ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.6K photos
2.72K videos
39 files
9.4K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Bir_murojaat_izidan
#Chortoq_tumani

Fuqaroga 17 667 423 so‘m miqdorida ish haqi undirib berildi.


Chortoq tumani adliya bo‘limiga tumanning, Qorabog‘ mahallasida, yashovchi fuqaro M.Qo‘chqorovning to‘lanmay qolgan ish haqi (ustama pullari)ni undirib berishda amaliy yordam so‘rab qilgan murojaat qilgan ushbu murojaat yuzasidan atroflicha o‘rganib chiqildi.

👉batafsil

🏢 Namangan viloyati adliya boshqarmasi

Tarmoqlarimizda bizni kuzatib boring

Youtube
| Facebook | Telegram | Instagram
#Adliya_aralashgach
#Paxtaobod_tuman

Ustama to‘lovlari to'lanmay kelgan IT- operator hamshilarning ustama pullari to'lab berilishi ta'minlandi


🔹 Paxtaobod tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli muassasalarda ishlovchi bir guruh IT- operator hamshiralarga qoʻshimcha ustama pullari to‘lab berilmaganligidan norozi bo‘lib Paxtaobod tuman adliya bo'limiga murojaat qiladi.

🔸 Tuman adliya bo'limi tomonidan murojaat o'rganilganda, 15 nafar xodimga O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-fevraldagi PF-5349-son Farmonining 7-bandiga ko'ra xodimlariga beriladigan xodim lavozim maoshidan 100 foizdan kam bo'lmagan miqdorda belgilangan har oylik ustama pullari to'lanmay kelayotganligi aniqlangan.

🔹 Bu holat yuzasidan tuman tibbiyot birashmasiga bajarilishi majburiy boʻlgan taqdimnoma kiritildi.

🔸 Natijada, ushbu fuqarolarga ish beruvchi tomonidan to'lanmay qolgan 33 669 528 so‘m ustama pullari toʻlab berilishi taʼminlandi.

🏢 Andijon viloyat adliya boshqarmasi

Telegram | Youtube |Instagram | Facebook
“BOSS” soxta ekan!

Adliya organlari tomonidan intellektual mulk huquqlarini samarali himoya qilish hamda mazkur huquqlarga hurmat hissini yanada oshirish maqsadida amalga oshirilayotgan targ‘ibot ishlari va huquqbuzarlarga nisbatan qo‘llanilayotgan ta’sir choralarga qaramasdan hamon o‘zgalarning brendidan ruxsatsiz foydalanish holatlari ko‘plab uchramoqda.

Xususan, vazirlik tomonidan “Hugo Boss AG” (Germaniya) kompaniyasining “Boss” tovar belgisiga bo‘lgan huquqlari “O.A.” YTT tomonidan buzilayotganligi to‘g‘risidagi murojaat ko‘rib chiqildi.

Ma’lumot uchun: Qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq 2025-yil 10-noyabrdan boshlab o‘zganing tovar belgisidan qonunga xilof ravishda foydalanish ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan bo‘lsa jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin.


O‘tkazilgan tekshiruv natijasida “Boss” tovar belgisidan foydalangan holda ishlab chiqarilgan kontrafakt mahsulotlar “O.A.” YTT tomonidan sotuvga taklif etib kelinayotganligi aniqlandi.

Holat bo‘yicha vazirlik tomonidan “O.A.” YTTga nisbatan tegishli ta’sir chorasi qo‘llanildi hamda sotuv uchun saqlab kelinayotgan 57 dona kontrafakt mahsulotni yo‘q qilish majburiyati yuklandi.

⚠️Hurmatli tadbirkorlar! Oʻz brendingizni roʻyxatdan oʻtkazishingizni hamda brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlariga duch kelganingizda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingizni yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥52👍1👏1
#Bilasizmi

💻 Bitiruvchisi IT-xizmatlarni eksport qiluvchi tashkilotga ishga joylashgan nodavlat taʼlim tashkilotlariga subsidiya berilishidan xabardormisiz?

💠 Ariza beruvchilar: Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan IT-park rezidenti boʻlgan nodavlat taʼlim tashkilotlari.

🏛 Vakolatli organ: Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi” davlat muassasasi.

Arizalar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi.

🔹Subsidiya bitiruvchining 6 oy mobaynidagi oʻrtacha ish haqi miqdoriga ko'ra ajratiladi:

💸 bir nafar bitiruvchi uchun ajratiladigan subsidiya miqdori — BHMning 25-75 baravari;
💸
bir nafar nogironligi boʻlgan bitiruvchi uchun ajratiladigan subsidiya miqdori — BHMning 50-105 baravari.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-fevraldagi 86-son qarori.

Telegram
| Instagram | Facebook | YouTube | Bot
1🔥1
Adliya vazirligi ishchi guruhining Samarqand viloyatidagi xizmat safari Samarqand shahar "Orzu" MFYda o'zgalar parvarishiga muhtoj bo'lgan, 1938-yilda tug'ilgan fuqaro Babayeva Remiya Sumbatovnaga uchrashib, unga ID karta rasmiylashtirib berish boshlandi.

🔹Shundan so'ng Samarqand shahar 2-son FXDY bo'limida 1990-yilda tug'ilgan fuqaro B.Yunusovga tug'ilganlik haqida dalolatnoma yozuvini tiklab tug'ilganlik haqida guvohnoma rasmiylashtirib berildi hamda shu vaqtning o'zida fuqaro Sh.O'ktamova bilan nikoh tuzilganligini qayd etish haqida ariza olindi.

🔸Shu bilan birga, Samarqand tumanida joylashgan "STEKLOPLASTIK" MCHJ faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Uchrashuv davomida tadbirkorlarga yaratilgan qulay muhit, soliq tizimidagi so‘nggi islohotlar, davlat xizmatlaridagi yengilliklar haqida ma’lumot berildi. Ularning muammolari o'rganilib, savollarga huquqiy tushuntirishlar berildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥21👍1👏1
#Adliya_xabari

📍Andijon viloyatida joylashgan Yuridik xizmat ko'rsatish markazlariga amaliy yordam berilmoqda.

Adliya vazirligi Yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi mas'ul xodimlaridan iborat ishchi guruh Andijon viloyatida xizmat safarida bo'ldi.

Joriy yilning 13-14-noyabr kuni Adliya vazirligi ishchi guruhi tomonidan viloyatning olis va chekka hududlarda joylashgan Xonobod va Andijon shahar, Qo‘rg‘ontepa, Jalaquduq, Xo‘jaobod, Andijon hamda Asaka tuman adliya bo'limi Yuridik xizmat ko'rsatish markazlari faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

Xizmat safari doirasida Yuridik xizmat ko'rsatish markazlari faoliyati, ularga yaratilgan sharoitlar o'rganildi.

O'rganish davomida Markazlar ish faoliyatini optimallashtirishda "E-huquqshunos" elektron tizimining yangi imkoniyatlaridan foydalanish bo'yicha uslubiy tavsiyalar berildi. Xususan, "E-huquqshunos" elektron tizimiga joriy etilgan eng so'nggi innovatsion yangiliklar, jumladan, hujjat loyihalarini eksterritoriallik asosida huquqiy ekspertizadan o'tkazish, majburiy ilovalar reyestri hamda hujjatlarni paket usulida qabul qilish bo'yicha tushuntirishlar berildi.

Markazlar kundalik faoliyatida uchrayotgan muammolarni joyida bartaraf qilish choralari ko'rildi.

🏢 Andijon viloyat adliya boshqarmasi

🚀 Telegram | 📱 Youtube |📷 Instagram |🔵 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1