ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.6K photos
2.72K videos
39 files
9.4K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#937_son

📜 O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari va ularda qurilgan binolar hamda inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish tartibini belgilovchi O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-
937-sonli Qonuni ijrosini ta'minlash bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi.

📍 Mazkur seminarda Namangan viloyati adliya boshqarmasi boshlig’ining birinchi o’rinbosari U.Ismatillayev, Namangan viloyati hokimligi mas’ul xodimlari va boshqa vakolatli tashkilotlar ishtirokida tashkil etildi.

🎯 Tadbir davomida mazkur qonunning maqsadi, qo‘llanilish sohasi, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari va ulardagi obyektlarga nisbatan huquqlarni e’tirof etishning huquqiy asoslari, shuningdek, ijro mexanizmlari batafsil muhokama qilindi.

Ishtirokchilar qonun bilan belgilanayotgan tartib-taomillar, avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali ma’lumotlar almashinuvi, tuman (shahar) komissiyalarining roli va adliya organlarining nazorat funksiyalari yuzasidan amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.

🔎 Seminar yakunida vakolatli idoralar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda huquqiy targ‘ibot ishlarini yanada kengaytirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.

🏢 Namangan viloyati adliya boshqarmasi

Tarmoqlarimizda bizni kuzatib boring

Youtube
| Facebook | Telegram | Instagram
1👍1