ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.6K photos
2.72K videos
39 files
9.4K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#matbuot_anjumani

Adliya vazirligida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

🔸Bugun, Adliya vazirligi tomonidan “San’at va ijod himoyasi” oyligi yakunlari, erishilgan natijalar hamda sohani yanada takomillashtirish va rivojlantirish bo‘yicha istiqboldagi vazifalarni muhokama qilish yuzasidan matbuot anjumani o'tkazildi.

🔹Unda, Adliya vazirligi rahbariyati hamda oylikni munosib o‘tkazish hamda yoritishda yaqindan amaliy yordam ko‘rsatgan hamkor tashkilotlar va OAV vakillari ishtirok etdi.

🔸Oktabr oyida mamlakatimiz bo‘ylab ilk marotaba o'tkazilgan oylik doirasida mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish, huquqbuzarliklarga qarshi kurashish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.

🔹Xususan,
▪️40 dan ortiq murojaat ko‘rib chiqildi;
▪️10 dan ortiq holatda huquqbuzarlarga nisbatan majburiy taqdimnomalar kiritildi;
▪️20 ga yaqin ogohnomalar chiqarildi;
▪️ 10 dan ortiq ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi bayonnoma sudga yuborildi.


🔸Shu bilan birga, oylik davomida 90 dan ortiq seminar-treninglar tashkil etilib, minglab talaba va tadqiqotchilarning mualliflik huquqi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari oshirildi.

🔹Raqamlashtirish sohasida ham faol ishlar olib borildi: “Kiberxavfsizlik markazi” bilan hamkorlikda dasturiy ta’minot sohasida huquqiy himoya mustahkamlandi, 40 ga yaqin noqonuniy veb-saytlar faoliyati to‘xtatildi.

🔸Tele va radiokanallarda 20 dan ortiq ko‘rsatuv va dasturlar efirga uzatildi, 200 dan ortiq targ‘ibot postlari e’lon qilindi.

❗️Adliya vazirligi o‘zining doimiy maqsadi – muallif va ijodkorlar manfaatlarini himoya qilish, ularning mehnatini qadrlash va intellektual mulk sohasini yanada rivojlantirish yo‘lidagi ishlarni davom ettiradi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍61🔥1👏1
#Bir_murojaat_izidan
#Jizzax_viloyati

Fuqaroga adliya bo‘limining aralashuvi bilan yoshga doir pensiyaga chiqadigan bo‘ldi!

Jizzax viloyati, Sh.Rashidov tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqaro E.Dning Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Sharof Rashidov tuman bo‘limi tomonidan pensiya tayinlashda rad etilganligi, mehnat daftarchasida qayd etilgan 2003—2012-yillarda ishlagan davri uchun jamg‘arib boriladigan pensiya tizimiga mablag‘lar o‘tkazilmaganligi sababli hisobga olinmayotganligidan norozi bo‘lib yo‘llagan murojaati o‘rganib chiqildi.

Aniqlanishicha, fuqaroning mehnat daftarchasida qayd etilgan “Yuksalish suv manbai” SFUga 2003-yil 1-yanvarda ishga qabul qilinib, 2004-yil 20-noyabrga qadar ushbu vazifada ishlab kelgan, shu bilan birga, “Sharofiddin LJ” fermer xo‘jaligiga 2004-yil 21-noyabr kuni ishga kirib, 2012-yil 25-dekabrga qadar ishlab kelgan biroq, Pensiya jamg‘armasi tomonidan mehnat daftarchasida qayd qilingan “Yuksalish suv manbai” SFUda va “Sharofiddin LJ” fermer xo‘jaliklarida 2003—2012-yillarda ishlagan ish stajlari jamg‘arib boriladigan pensiya tizimiga mablag‘lar o‘tkazilmaganligi sababli inobatga olinmagan.


Vaholanki, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 125-moddasida va “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonunining 42-moddasida mehnat daftarchasi xodimning mehnat stajini tasdiqlovchi asosiy hujjat hisoblanishi ta’kidlangan.

⚖️ Yuqoridagilarga ko‘ra, aniqlangan qonunbuzilishi holati yuzasidan fuqaro manfaatida Jizzax tumanlararo ma’muriy sudiga shikoyat arizasi kiritildi hamda sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra fuqaroning 01.01.2003-yildan 25.12.2012-yilgacha “Yuksalish suv manbai” SFUda va “Sharofiddin LJ” fermer xo‘jaliklarida ishlagan davrlari uchun ish staji hisobga olinib javobgarga pensiyani tayinlashni ko‘rib chiqish majburiyati yuklatildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
1
#Adliya_aralashgach

Ustama to‘lovlari to'lanmay kelingan shifokorlarning ustama pullari to'lab berilishi ta'minlandi.

🔸Andijon viloyati, Marhamat tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli muassasalarda ishlovchi bir guruh shifokorlar qoʻshimcha ustama pullari to‘lab berilmaganligidan norozi bo‘lib Marhamat tuman adliya bo'limiga murojaat qiladi.

🔹Tuman adliya bo'limi tomonidan murojaat o'rganilganda, 12 nafar xodimga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-136 sonli Farmoni asosida yangi ish boshlagan salohiyatli xodimlarga toʻlanishi zarur boʻlgan ustama to‘lovlari toʻlanmay kelganligi aniqlandi.

🔸Bu holat yuzasidan tuman tibbiyot birlashmasiga bajarilishi majburiy boʻlgan taqdimnoma kiritildi.

🔹Natijada, ushbu fuqarolarga ish beruvchi tomonidan to'lanmay qolgan 46 545 000 so‘m ustama pullari toʻlab berilishi taʼminlandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍83🔥2
#Adliya_aralashgach

🔹Tibbiyot xodimlarining huquqlari tiklandi


🔸Sirdaryo viloyati, Xovos tumanida tibbiyot xodimlarining mehnat huquqlari buzilgani bo‘yicha adliya bo‘limi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi.

▶️Batafsil👈

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🔥5👏3
#Adliya_aralashgach

Adliya aralashuvi bilan fuqaro foydasiga 205 million so‘mdan ortiq kompensatsiya undiriladigan bo‘ldi

🔸Toshkent viloyati, Nurafshon shahar adliya bo‘limiga fuqaro Shermatova Zulayho Pardabayevna murojaat qilib, davlat va jamoat ehtiyoji uchun olib qo‘yilgan yer maydoni qiymati qoplab berilmaganini ma’lum qilgan.

🔹Adliya bo‘limi tomonidan holat o‘rganilib, tegishli hujjatlar sudga kiritildi. Sud qaroriga ko‘ra, Nurafshon shahar hokimligidan fuqaro foydasiga 205 145 089 so‘m miqdorida kompensatsiya to‘lovi undiriladigan bo‘ldi.

👉batafsil

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#Adliya_tabrigi

Hurmatli kasaba uyushmalari xodimlari va faollari!


Sizlarni 11-noyabr — Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni bilan chin qalbdan muborakbod etamiz.

Mamlakatimizda xodimlarning huquq va manfaatlarini taʼminlash, ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va mehnatini muhofaza qilish, bu orqali esa hayotimizda ijtimoiy adolat yanada mustahkam qaror topishida kasaba uyushmalari faoliyati alohida eʼtirofga loyiq.

Mana shunday masʼuliyatli va sharafli xizmatlaringizda ulkan zafarlar hamisha yor boʻlsin. Xonadoningizdan tinchlik, qut-baraka arimasin.

Hurmat bilan Adliya vazirligi jamoasi


Telegram
| Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍4🎉21
#Adliya_aralashgach

Farg'onada 26 nafar xodimga 33 mln so‘mdan ziyod moddiy rag‘batlantirish pullari to‘lab berildi

🔸Farg'ona viloyati, Marg‘ilon shahar adliya bo‘limi xodimlari tomonidan fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlari himoya qilib kelinmoqda.

🔹Jumladan, o‘tkazilgan monitoring tadbirlari davomida Marg‘ilon shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi tomonidan jarima mablag‘lari hisobidan xodimlarni moddiy rag‘batlantirish amalga oshirilmaganligi ma’lum bo‘ldi.

❗️Vaholanki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi to‘g‘risida”gi Nizomning 29-bandi “b” kichik bandiga ko‘ra, jarima mablag‘lari 25 foizi Sanepidqo‘mning hududiy boshqarmalari hamda tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan amalga oshirilgan tekshiruvlarning samarali natijalari bo‘yicha hissa qo‘shgan xodimlarni moddiy rag‘batlantirish maqsadlariga, shu jumladan:
🔵alohida muhim topshiriqlarni bajargan xodimlarni lavozim maoshining bir baravari miqdorida mukofotlashga;
🔵xodimlarni O‘zbekiston Respublikasida belgilangan umumxalq bayramlari munosabati bilan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 3 baravarigacha miqdorida mukofotlashga;
🔵xodimlarni uy-joyni ijaraga olish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplashga;
🔵mehnat ta’tili davrida salomatligini tiklash maqsadida bir oylik ish haqi miqdorida moddiy yordam berishga yo‘naltiriladi, deb belgilangan.


🔸Ushbu holat yuzasidan Marg‘ilon shahar adliya bo‘limi tomonidan kiritilgan taqdimnomaga asosan shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limining 26 nafar xodimlariga 33 mln 275 ming so‘m moddiy rag‘batlantirish pullari belgilangan qonunchilik doirasida to‘lab berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3👍2👏1
#Adliya_aralashgach

Ustama to‘lovlari to'lanmay kelgan Sport maktabi murabbiylarining ustama pullari to'lab berilishi ta'minlandi.

🔸Andijon viloyati, Asaka tumani sport maktabida sport murabbiysi lavozimida ishlovchi xodimni qoʻshimcha ustama pullari to‘lab berilmaganligidan norozi bo‘lib Asaka tuman adliya bo'limiga murojaat qiladi.

🔹Tuman adliya bo'limi tomonidan murojaat o'rganilganda, ushbu xodimga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-389-sonli Qarori asosida adaptiv sport turlari boʻyicha guruhlarni tashkil qilgan trenerlarning lavozim maoshini hisoblashda bazaviy tarif stavkalariga nisbatan 50 foiz miqdorida toʻlanishi zarur boʻlgan ustama to‘lovlari toʻlanmay kelganligi aniqlandi.

🔸Bu holat yuzasidan Asaka tuman sport maktabiga bajarilishi majburiy boʻlgan taqdimnoma kiritildi.

🔹Natijada, ushbu xodimlarga ish beruvchi tomonidan to'lanmay qolgan 9 727 243 so‘m ustama pullari toʻlab berilishi taʼminlandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3👏1
#intellektual_mulk

“COCOMELON” multfilmi personajlaridan noqonuniy foydalanish cheklandi!

🔸Adliya organlari tomonidan mualliflik huquqini himoya qilishga qaratilgan ta’sir choralariga qaramasdan o‘zgalar asarlaridan ruxsatsiz foydalanish holatlari hamon uchramoqda.

🔹Adliya vazirligi tomonidan “Moonbug Entertainment Limited” (Buyuk Britaniya) kompaniyasining murojaatiga asosan “C.K.” MChJda mualliflik huquqlari buzilayotganligi yuzasidan belgilangan tartibda tekshiruv o‘tkazildi.

🔸Tekshiruv davomida “C.K.” MChJga tegishli savdo do‘konlari va ijtimoiy tarmoqlarda “Cocomelon” multfilmi personajlaridan reklama maqsadlarida foydalanilayotganligi aniqlandi.

🔹Mazkur holat bo‘yicha “C.K.” MChJga nisbatan ta'sir chorasi qo'llanilib, savdo do‘konlari va internet tarmoqlaridan “Cocomelon” multfilmi personajlarini olib tashlash majburiyati yuklandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2
#adliya_aralashgach

Buxoroda fuqaro H.Y ga yuklatilgan ilmiy rahbarlik qilish yuzasidan 34 993 607 so‘m miqdorida ish haqi to‘lanishi ta’minlandi

🔸Fuqaro H.Y Buxoro viloyat adliya boshqarmasiga murojaat qilib unga 2023-yil yanvar oyidan 2025-yil sentabr oyiga qadar Buxoro davlat universitetida mustaqil izlanuvchi va doktarantlarga ilmiy rahbarlik qilayotganligi uchun universitet tomonidan tegishli to‘lovlar to‘lab berilmaganligini ma’lum qildi.

🔹Adliya boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil
22-maydagi 304-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim to‘g‘risida”gi Nizomning tegishli bandlariga asosan qonun buzilish holatlari yuzasidan Buxoro viloyat adliya boshqarmasi tomonidan taqdimnoma kiritilishi natijasida fuqaro H.Y ga to‘lanishi lozim bo‘lgan jami 34 933 607 so‘m miqdorida ish haqi to‘landi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bir_murojaat_izidan

Adliya aralashgach fuqaroning muammosi hal etildi.

🔸Namangan viloyati, Davlatobod tumani adliya bo‘limi tomonidan tumandagi To'quvchi mahallasida yashovchi fuqaro J.X.ning yoshga doir nafaqaga chiqolmayotganidan norozi bo'lib qilgan murojaati o'rganib chiqildi.

👉batafsil

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

🔹 Andijon viloyati, Baliqchi tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqarolarning muammolari o’rganilib, qonuniy hal etish choralari ko’rilmoqda

Batafsil videolavhada 👈

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍1👏1
#oyning_eng_yaxshi_xodimi

🔶 Adliya vazirligi Huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish boshqarmasi bosh maslahatchisi Malikov Otabek Abdukarim o‘g‘li 2025-yilning oktabr oyi uchun vazirlik tomonidan "Oyning eng yaxshi boshqaruv xodimi" deb topildi.

🔷 Otabek Malikov 2019-yilda Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavr bosqichini tamomlagan.

▪️Adliya vazirligi tizimida mehnat faoliyatini 2019-yilda Adliya vazirligi Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish boshqarmasi katta maslahatchisi lavozimidan boshlagan.
▪️2022-2023-yillarda ushbu boshqarmada katta, yetakchi maslahatchi lavozimlarida ishlagan.

🔹2023-yildan buyon Adliya vazirligi Huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish boshqarmasi bosh maslahatchisi sifatida faoliyatini davom ettirmoqda.

🔷 Otabek Malikov tomonidan huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirishga qaratilgan tahliliy ma’lumotlar, qonun va hukumat qarorlari loyihalari tayyorlanib kelinmoqda. Shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarining huquqni qo‘llash amaliyotidagi mavjud muammolar, qonunchilikdagi bo‘shliq va ziddiyatlarni bartaraf etish bo‘yicha Prezident Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritib kelmoqda.

🔶 Vazirlik jamoasi Otabek Malikovni ushbu eʼtirof bilan tabriklaydi. Kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyat, gʻayrat va shijoat doimiy hamroh boʻlishini tilaydi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍17🔥21👏1
🔶 Adliya vazirligi Huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish boshqarmasi 1-toifali ish yurituvchi kotibi Raxmatillayev Elnur Anvar o‘g‘li 2025-yilning oktabr oyi uchun vazirlik tomonidan “Oyning eng yaxshi texnik xodimi” deb topildi.

🔹Elnur Raxmatillayev 2024-yilda Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavr bosqichini tamomlagan.

▪️Mehnat faoliyatini 2024-yilda Adliya vazirligi Huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish boshqarmasi 1-toifali ish yurituvchi kotibi sifatida boshlab, hozirga qadar ushbu lavozimda ishlab kelmoqda.

🔶 Elnur Raxmatillayev tadbirkorlar tomonida yo‘llangan murojaatlarni samarali o‘rganib chiqqan, faoliyati mobaynida fuqarolarni bevosita qabul qilgan hamda belgilangan tartibda tushuntirishlar bergan. Shuningdek, “Apellyatsiya kengashini yig‘ilishi”ni tashkillashtirgan hamda yig‘ilish bayonnomasini taqdim etgan, boshqarmaga yuklatilgan topshiriqlar ijrosini doimiy ravishda o‘z vaqtida sifatli ta’minlab kelmoqda.

🔷Vazirlik jamoasi Elnur Raxmatillayevni ushbu eʼtirof bilan tabriklaydi. Kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyat, gʻayrat va shijoat doimiy hamroh boʻlishini tilaydi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍16🔥5👏3
Farg'ona viloyatida joylashgan Yuridik xizmat ko'rsatish markazlariga amaliy yordam berilmoqda.

🔹Adliya vazirligi Yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi mas'ul xodimlaridan iborat ishchi guruh Farg'ona viloyatida xizmat safarida bo'lib turibdi.

🔸Xizmat safari doirasida Yuridik xizmat ko'rsatish markazlari faoliyati, ularga yaratilgan sharoitlar o'rganildi.

🔹O'rganish davomida Markazlar ish faoliyatini optimallashtirishda "E-huquqshunos" elektron tizimining yangi imkoniyatlaridan foydalanish bo'yicha uslubiy tavsiyalar berildi.

🔸Markazlar kundalik faoliyatida uchrayotgan muammolarni joyida bartaraf qilish choralari ko'rildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍62🔥1👏1
#Xalqaro_hamkorlik

Adliya vaziri o‘rinbosari N.Muxammadiyev Birlashgan Arab Amirliklarining Hukumat ishlari bo‘yicha vazirligining Xizmatlarni rivojlantirish va byurokratiyani yo‘q qilish bo‘yicha ijrochi direktori Hesham Amirini qabul qildi.

Uchrashuvda “Uzbekistan Zero Government Bureaucracy” Forumini BAA bilan hamkorlikda tashkil etish masalalari, xususan, forum konsepsiyasi muhokama qilindi.

Adliya vaziri o‘rinbosari N.Muxammadiyev delegatsiya vakillariga Oʻzbekistonda aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimini modernizatsiya qilish, raqamlashtirish orqali byurokratik toʻsiqlar qisqarib borayotganligini ta'kidladi. Xususan, xalqaro ijobiy tajribalar asosida aholiga “yagona darcha” tamoyili asosida xizmatlar koʻrsatuvchi Davlat xizmatlari markazlari faoliyati yoʻlga qoʻyilganligi, davlat xizmatlarining qariyb 80 foizidan elektron shaklda foydalanish imkoniyati joriy etilganligi hamda davlat idoralari oʻrtasida elektron hamkorlikning rivojlanishi hamda maʼlumotlarning raqamlashtirilishi natijasida davlat xizmatlarini koʻrsatishda inson omili qisqarib borayotganligi haqida ma'lumot berdi.

Shu bilan birga, mamlakatimizda davlat organlari aholi bilan muloqotda byurokratiyani minimal darajada tushirish, raqamlashtirish ishlarini yakunlash, davlat xizmatlarini koʻrsatish jarayonida sunʼiy intellekt texnologiyalarini keng joriy etish orqali boshqaruv samaradorligini oshirish kabilar dolzarb boʻlib qolayotgani bildirildi.

Uchrashuv davomida forum byurokratiyani qisqartirish, boshqaruv tartib-taomillarini soddalashtirish va xizmat koʻrsatish sifatini oshirish kabi milliy maqsadlarga bevosita mos kelishi hamda forum sessiyalari doirasida fuqarolar, tadbirkorlar, investorlar va biznes egalarining hayotlarini soddalashtirish, hukumatning qonunchilik salohiyatini toʻliq faollashtirish usullarini oʻrganish ko‘zda tutilganligi qayd etildi.

Hesham Amiri, oʻz navbatida mazkur forumga Birlashgan Arab Amirliklarida Zero Government Bureaucracy tanlovida g‘olib deb topilgan vazirlik va idoralarni taklif qilib, ular o‘z faoliyati davomida erishilgan natijalari haqida batafsil taqdimotlar bilan ishtirok etishlari hamda o‘z tajribalari bilan yaqindan ulashishga tayyor ekanliklarini alohida ta’kidladi.


Uchrashuvdan so‘ng delegatsiya vakillariga Shayxontohur tumani Davlat xizmatlari markazi misolida davlat xizmatlari markazlari orqali 450 dan ortiq xizmatlar ko‘rsatilayotganligi, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun 50% chegirma, surdotarjimon xizmati va infratuzilmalarda qulayliklar yaratilganligi, olis hududlarda sayyor xizmatlar va bepul huquqiy yordam tizimi yo‘lga qo‘yilganligi va yaratilgan boshqa qulayliklar amaliy misollar bilan ko‘rsatib berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍3🔥1