ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.4K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Men_bilgan_adliya

Adliya organlariga oxirgi marta qachon murojaat qilgansiz? Adliya organlari va muassasalari faoliyati va ular tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlarni qanday baholaysiz?

Ushbu savollarga xalqimiz orasida o‘zining betakror rollari va ijodi bilan chuqur hurmat qozongan aktrisa, "Shuhrat" medali sohibasi Dilnoza Kubayeva javob berdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍52👏1🎉1
#adliya_aralashgach

Xodimlarning 42 337 390 so‘mlik pulli kompensatsiya to‘lovlari undirib berildi


✔️ Buloqboshi tumani, "Do‘lana" MFYda yashovchi fuqaroning Buloqboshi tuman 11-sonli sanatoriy maktab-internatida ishlaganligini, mehnat shartnomasi ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilingan bo‘lsa-da ish beruvchi tomonidan pulli kompensatsiya to‘lab berilmaganligidan norozi bo‘lib viloyat adliya boshqarmasiga murojaat qiladi.

✔️ Viloyat adliya boshqarmasi tomonidan murojaat oʻrganilganda, xodim T.Jalolova va boshqa xodimlarning shu kunga qadar ish haqi (yoki ogohlantirish muddatiga mutanosib pulli kompensatsiya) to‘lovlari toʻlanmay kelganligi aniqlandi.

✔️ O'rganishlar davomida, javobgar Andijon viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan fuqarolar T.Jalolova, X.Soxibova, X.Abduraxmonova, A.Mirzayeva, N.Sotvoldiyeva, N.Ablyazova, M.Qosimova, G.Abduraximova va B.Ashurovlarga to‘lanmay qolgan ish haqi (yoki ogohlantirish muddatiga mutanosib pulli kompensatsiya) to‘lovlarini toʻlab berish choralarini koʻrish yuzasidan viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Andijon tumanlararo sudiga da'vo arizasi kiritildi.


✔️ Fuqarolarga Andijon viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan toʻlanmay qolgan 42 337 390 so‘mlik oylik ish haqi to‘lovlari toʻlab berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
#Adliya_sarhisob

Oltmishvoylar, yetmishvoylar, egizaklar

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍4
#Adliya_sarhisob

Qaysi tashkilot bilan ish bitishi qiyin?

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍24🔥64🎉2👏1
"Targ‘ibot poyezdi" Surxondaryo viloyatida o'z faoliyatini davom ettirmoqda...

🔷Toshkent davlat yuridik universiteti o‘qituvchi va talabalari ishtirokida Surxondaryo viloyat yuridik texnikumida, maktablarda, "Huquq sinf"larida keng ko‘lamli huquqiy targ‘ibot aksiyasi o‘tkazildi.

📖 Targ‘ibot tadbirlari davomida talabalar va yosh mutaxassislar qonunchilikdagi imtiyozlar, preferensiyalar, subsidiyalar va grantlar mexanizmlari bilan yaqindan tanishtirildi.

📚Shuningdek, o‘quvchilar va talabalar huquqiy savodxonlikni oshirishga qaratilgan amaliy mashqlar hamda case-studylar orqali bilimlarini mustahkamladi.

Bundan tashqari Adliya vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining qo'shma qaroriga asosan "Huquqshunoslik" fan olimpiadasi tashkil etildi. Surxondaryo viloyatining 15 ta umumta'lim maktablarida 1000 nafardan ortiq o'quvchilar tanlovning tuman (shahar) bosqichlarida ishtirok etishdi. TDYU o‘qituvchi va talabalari ushbu jarayonlarda ham nazoratchi sifatida ishtirok etdilar.


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
4👍3
📣E’LON

“Davlat xizmatlari sohasidagi so‘nggi yangiliklar” mavzusida matbuot anjumani, shuningdek jamoatchilik o‘tkaziladi

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan davlat xizmatlari tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yangiliklar va yaratilayotgan qulayliklar haqida jamoatchilikni xabardor qilish maqsadida matbuot anjumani tashkil etilmoqda.

📅 Sana va vaqt: 2025-yil 30-oktabr, soat 15:00
📍 Joy: Chilonzor tumani Davlat xizmatlari markazi (Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor shoh ko‘chasi, 7G)

Anjumanda:
🔹 Davlat xizmatlari sohasidagi so‘nggi yangiliklar taqdim etiladi;
🔹 Tizimdagi ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilinadi;
🔹 Jurnalistlar va blogerlar uchun ochiq muloqot va savol-javob imkoniyati yaratiladi.

Matbuot anjumani davomida ishtirokchilar sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, yangi xizmatlar, qulayliklar va xalqaro tajribani joriy etish yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumot olishadi.

📰 OAV vakillari, blogerlar hamda jamoatchilik a’zolarini ushbu tadbirda faol ishtirok etishga taklif etamiz.

📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun: (71) 207-04-38 (1071)

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍1
#Adliya_xabari

Intellektual mulk obyektlarini muhofaza va himoya qilish bo‘yicha uchrashuv hamda master klasslar tashkillashtirilmoqda

Adliya vazirligi mas’ul xodimlari Toshkent shahri Olmazor tumani Davlat xizmatlari markazi xodimlariga yuridik shaxslarga firma nomi berish jarayonida ularga tegishli tovar va xizmat nomlarini tovar belgisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi "Turn-key" tamoyili to‘g‘risida tushunchalar berildi.

Shuningdek Olmazor kichik sanoat zonasidagi tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkillashtirildi. Uchrashuv davomida, ishtirokchilarga joriy yil 8-avgust kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1080-son Qonun mazmun-mohiyati haqida batafsil tushuntirish berildi.

⚠️Ma’lumot uchun: Joriy yil 8-avgust kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1080-son Qonuni bilan intellektual mulk sohasidagi huquqbuzarliklar uchun jinoiy javobgarlik belgilandi, shuningdek adliya organlariga kontrafakt mahsulotlarni ko‘zdan kechirish va xatlash vakolatlari berildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
#Adliya_sarhisob

Davlat xizmatlari markazlarida qachon navbat kam bo'ladi?

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_xabari

📣 Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi tomonidan 2025-yilning 3-noyabr kuni xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish bo‘yicha malaka imtihoni o‘tkazilishi munosabati bilan malaka imtihoni jarayoni soat 10:00 dan boshlab videotasvirga olinib, internet tarmog‘ida to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_aralashgach

❗️Fuqaroga 62 mln so‘m ustama pullari sud orqali undirilishi belgilandi

🔵Marg‘ilon shahar adliya bo‘limi xodimlari “Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida fuqarolarning huquqiy muammolariga ijobiy yechim topmoqda.

🔵Loyiha doirasida o‘tkazilayotgan monitoring tadbirlari davomida Marg‘ilon shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi AKTni joriy etish va raqamlashtirish bo‘yicha metodisti lavozimida ishlovchi R.Ahmedovga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5349-son Farmonida belgilangan ustamalar bir yildan oshiq vaqt davomida to‘lab berilmaganligi ma’lum bo‘ldi.

🔵O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5349-son Farmoni 7-bandi “g” kichik bandiga ko‘ra, davlat organlari va boshqa budjet tashkilotlarining zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini joriy qilish va rivojlantirishga mas’ul bo‘lgan xodimlariga beriladigan har oylik ustama miqdori davlat budjetidan, davlat budjetidan ajratilmagan bo‘lsa, ushbu tashkilotlarning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan xodim lavozim maoshidan 100 foizdan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanadi, deb ko‘rsatib qo‘yilgan.

🔵Fuqaro arizasiga asosan ushbu masala Marg‘ilon shahar adliya bo‘limi aralashuvi bilan sud tartibida ijobiy hal etildi. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Marg‘ilon tumanlararo sudining 2025-yil 9-oktabrdagi hal qiluv qaroriga ko‘ra R.Ahmedov foydasiga Marg‘ilon shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limidan 62 mln 568 ming so‘m ustama to‘lovlari undirilishi belgilandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥4👏21
TOSHKENT VILOYATIDA YANA 233 NAFAR FUQARONING UY-JOYIGA BO‘LGAN HUQUQLARI E’TIROF ETILDI.

📆 2025-yil 29-oktabr kuni Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining navbatdagi yigirma birinchi sessiyasida qabul qilingan qarorga muvofiq 233 nafar fuqarolarning egalik huquqi e'tirof etildi.

🔸Endilikda mazkur hujjat egalik huquqi uchun asos bo‘lib, kelgusida yashash joyiga doimiy ro‘yxatga qo‘yish, meros va boshqa notarial xatti-harakatlarni amalga oshirish imkoniyatini yaratadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot