ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.4K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

📌Nodavlat sud ekspertlarining huquqiy maqomi belgilanmoqda

Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “Sud-ekspertlik faoliyati to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi.

❗️Ushbu qonun loyihasi sud-ekspertiza tizimida yangi bosqichni boshlab beradi. Hujjatda:
🔹nodavlat sud ekspertiza tashkilotlarining huquqiy maqomi va ularga qo‘yiladigan talablar;
🔸ekspertlik faoliyatini metodik ta’minlash va tartibga solish mexanizmlari;
🔹advokatlar, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari asosida shartnoma asosida ekspertiza o‘tkazish imkoniyati;
🔸akkreditatsiya va validatsiya institutlarini joriy etish;
🔹sud-ekspertiza muassasalari, ekspertlar hamda uslubiyotlar ro‘yxatining davlat reestrini yuritish kabi muhim normalar nazarda tutilgan.

Qonun loyihasining qabul qilinishi sud-ekspertiza sohasida ochiqlik va shaffoflikni kuchaytirish, shuningdek nodavlat sud ekspertlik faoliyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍42🔥2👏1
#Bir_murojaat_izidan
#Namangan_viloyati

Tuman tibbiyot birlashmasining buyrug‘i g‘ayriqonuniy deb topildi.

Uchqo‘rg‘on tuman, Navbahor mahallasida yashovchi fuqaro A. T Uchqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limiga Uchqo’rg’on tuman tibbiyot birlashmasining buyrug‘ini g‘ayriqonuniy deb topish hamda o‘z ish o‘rniga tiklashda amaliy yordam berishni so‘rab bo‘lib yozgan murojaati o‘rganib chiqildi.

👉batafsil

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍21
#Videodayjest

📹 Adliya tizimidagi o'tgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik dayjest
___________________

#Еженедельный_дайжест

📹 Какие важные события и изменения произошли в системе юстиции за прошедшую неделю? Еженедельный дайджест о них.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🔥31👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kinoda pul zo'r bo'lsa to'yga chiqmas edim

Mualliflik huquqi faqat rasmiyatchilikmi yoki chinakam ijodiy mas'uliyatmi? Aktrisa Dilnoza Kubayeva bu savolga o'z hayoti va tajribasi orqali javob beradi.

U Yulduz Usmonova kuylagan she'rni qayta qo'shiq qilganida nimalar yuz berganini, ijodkor sifatida mualliflik huquqiga qanday amal qilishini va hattoki, aktrisa endi xonandalik yo'lidan boradimi - shular haqida samimiy so'zlab beradi.

Xatolaridan saboq olgan, lekin ijoddan to'xtamaydigan aktrisa bilan suhbatni o'tkazib yubormang!

Ko'rish 👉 https://www.youtube.com/watch?v=Ib1tnJiD9rY

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
7👍6👏3🔥2🎉2
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Adliya vazirligi Markaziy bankning “Bank xizmatlari isteʼmolchilari bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qoʻyiladigan minimal talablar toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarorini (ro‘yxat raqami 3030-11, 2025-yil 28-oktabr) davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.

Ushbu hujjatda banklar bilan munosabatga kirishishda iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan bir qator yangiliklar belgilandi, jumladan:
🔹banklar kredit ajratish vaqtida iste’molchilarga kredit olish bilan bog‘liq ehtimoliy tavakkalchiliklar to‘g‘risida cheklist taqdim etishi kerak;
🔸bank omonati (depoziti) shartnomasi yoki bank hisobvaragʻi shartnomasini tuzish jarayonlarida banklar omonatchilarni omonatlarni kafolatlash tizimi haqidagi axborot bilan tanishtirishi lozim;
🔹banklarda moliyaviy qiyinchilik yoki murakkab hayotiy vaziyatga tushgan fuqarolarning arizalarini ko‘rib chiqish tizimi joriy qilingan bo‘lishi va bu haqda o‘zlarining veb-saytlarida e’lon qilishi kerak.

Bunda, kreditlarni restrukturizatsiya qilish (masalan, kredit to‘lovi muddatlarini uzaytirish, foizlarni qayta ko’rib chiqish, jumladan homiladorlik va tugʻish taʼtilidagi ayollarning kredit toʻlovi muddatlarini oʻn oygacha uzaytirish bo‘yicha arizalarni ko‘rib chiqish nazarda tutilishi kerak.


❗️Bundan tashqari, hujjatda quyidagilar ham belgilanmoqda:
– davlat tomonidan beriladigan ijtimoiy nafaqa va yordam pullari, jumladan ijtimoiy kartalarga kelib tushadigan pullarni kredit qarzdorligi uchun undirish taqiqlandi;
– kreditlarni onlayn rasmiylashtirishda mijoz roziligini ifodalovchi maydonchalarni
() yoki kredit parametrlarini oldindan belgilab qo‘yish taqiqlandi.

❗️Mazkur hujjat rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
#Adliya_xabari

SAMARQANDDA YANA 744 NAFAR FUQARONING UY-JOYIGA BO‘LGAN HUQUQLARI E’TIROF ETILDI.

📆 Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining joriy yil 28-oktyabr kungi navbatdagi sessiyasida fuqarolarning yer uchastkasiga bo'lgan ijara huquqini hamda unda qurilgan bino va inshootga bo'lgan mulk huquqini eʼtirof etish masalasi ko'rib chiqildi.

Mazkur sessiyada Samarqand viloyati bo‘yicha jami 744 nafar fuqaroning mulkka bo'lgan huquqlarini e'tirof etish bo‘yicha qaror qabul qilindi.

📌 Endilikda mazkur hujjat egalik huquqi uchun asos bo‘lib, kelgusida yashash joyiga doimiy ro‘yxatga qo‘yish, meros va boshqa notarial xatti-harakatlarni amalga oshirish imkoniyatini yaratadi.

Ma’lumot uchun, qonun ijrosi bo‘yicha shu kunga qadar Samarqand viloyatida 2800 nafar fuqaroning yer va mulkka bo‘lgan huquqlari e’tirof etildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31🔥1
“Zakovat” intellektual oʻyini boʻyicha vazirlik va idoralar o‘rtasida “OʻZARXIV” AGENTLIGI KUBOGI” oʻyini boʻlib oʻtdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-yanvardagi “Zakovat” intellektual oʻyinini aholi oʻrtasida ommaviy-maʼrifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual oʻyinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PQ-96-son qarori ijrosi hamda Oʻzbekiston Respublikasida Arxiv tizimi tashkil etilganligining 106 yilligi munosabati bilan “Zakovat” intellektual oʻyinlari oʻtkazildi.

Unda vazirlik va idoralardan iborat jami 40 dan ortiq jamoa “Oʻzarxiv” agentligi kubogi uchun bellashdilar. Adliya vazirligi ham munosib ishtirok etib, yakunda musobaqa g'olibligini qo'lga kiritishdi.

G'oliblarni Adliya vazirligi jamoasi nomidan tabriklaymiz.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
4👍3🔥2👏2
#Sanat_va_ijod_himoyasi_oyligi

Mamlakatimizda san’at va madaniyat vakillarining mualliflik huquqlarini himoya qilish, sohada huquqbuzarliklarning oldini olish va mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish maqsadida “San’at va ijod himoyasi” oyligi doirasida O‘zbekiston Badiiy akademiyasida davra suhbati tashkil etdi.

Tadbirda davlat organlari, madaniyat va san’at muassasalari vakillari hamda ijodkorlar ishtirok etdi. Davra suhbati davomida mualliflik huquqlarini himoya qilish tizimidagi amaliy chora-tadbirlar, intellektual mulk obyektlarining noqonuniy tarqalishini aniqlash va oldini olish mexanizmlari, davlat va nodavlat tashkilotlar hamda ijodkorlar o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, tadbirda ishtirokchilar tomonidan sohaga oid berilgan savollarga amaliy misollar asosida javob berildi.

Targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🔥41
#E'tirof

✍️Qashqadaryoda o'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo'lgan huquqlari e'tirof etilgan fuqarolar soni jami 3 063 taga yetdi.

Xususan:

🔂Chiroqchi tumanida 40 nafar
🔂Dehqonobod tumanida 84 nafar
🔂G'uzor tumanida 81nafar
🔂Kasbi tumanida 173 nafar
🔂Kitob tumanida 60 nafar
🔂Ko'kdala tumanida 26 nafar
🔂Koson tumanida 155 nafar
🔂Mirishkor tumanida 117 nafar
🔂Muborak tumanida 2 nafar
🔂Nishon tumanida 164 nafar
🔂Qamashi tumanida 176 nafar
🔂Qarshi shahrida 16 nafar
🔂Qarshi tumanida 108 nafar
🔂Shahrisabz shahrida 62 nafar
🔂Shahrisabz tumanida 190 nafar
🔂Yakkabog' tumanida 76 nafar fuqarolarning o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari va ularda qurilgan uy-joylariga nisbatan mulk huquqi e’tirof etildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4👏32🔥2