ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.4K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

O‘zbekistonda izchil va soddalashtirilgan normativ-huquqiy baza sari

🔹Bugun, Adliya vazirligi, Germaniya Xalqaro Huquqiy Hamkorlik Jamg‘armasi (IRZ) va Latviya Adliya vazirligi hamkorligida, Yevropa Ittifoqi homiyligidagi “Twinning” loyihasi doirasida “O‘zbekistonda izchil va soddalashtirilgan normativ-huquqiy baza sari” mavzusida xalqaro simpozium bo‘lib o‘tdi.

🔸Tadbirda Yevropa Ittifoqi, Germaniya va Latviya elchixonalari vakillari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, xalqaro tashkilotlar hamda 20 dan ortiq vazirlik va idora mutasaddilari ishtirok etdi.

🔹Simpoziumda qonunchilikni tizimlashtirish va soddalashtirish, shuningdek, tartibga solish ta’sirini baholash tizimi va uni takomillashtirish istiqbollari muhokama qilindi.

▪️Mamlakatimizda 2021-yildan buyon qonunchilik hujjatlari va ular ta'sirini baholash tartibi joriy etilgan bo'lib, 2024-yildan loyihalarni ishlab chiqishdan oldin, ularning konsepsiyasi asosida baholash tartibi yo'lga qo'yildi. Buning natijasida so'nggi 3 yilda qonunchilik hujjatlari loyihalaridan asossiz loyihalar chiqarib tashlanib, 660 mln AQSh dollaridan ziyod xarajatlarning oldi olindi.
▪️Shuningdek, 35 mingdan ortiq majburiy talablar qayta ko‘rib chiqildi, 160 dan ziyod ruxsatnoma va litsenziyalar qisqartirildi hamda 3 mingga yaqin ahamiyatini yo'qotgan hujjatlar bekor qilindi.


🔹Tadbir doirasida Germaniya va Latviya mutaxassislari xalqaro tajriba asosida qonunchilikni soddalashtirish hamda tartibga solish siyosatini takomillashtirishga oid ilg‘or yondashuvlarni taqdim etishdi.

🔸Mazkur loyiha O‘zbekistonda huquqiy islohotlarning yangi bosqichini boshlab berib, Yevropa Ittifoqi davlatlari bilan hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥3👏3
Adliya vaziri A.Tashkulov Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar adliya vazirlarining navbatdagi o‘n ikkinchi yig‘ilishida ishtirok etdi

Tadbirda Rossiya, Belarus, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Xitoy, Pokiston, Tojikiston adliya vazirlari, Qirg‘iziston adliya vaziri o‘rinbosari hamda ShHT bosh kotibi o‘rinbosari ma’ruza bilan ishtirok etdilar.

A.Tashkulov mamlakatimizda adliya va huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar huquqiy axborotni tarqatish, “aqlli tartibga solish” (TSTB) tizimi, raqamli adliya, sun’iy intellekt asosidagi “LexAI” chatbot, sud-ekspertiza sohasidagi yangiliklar, shuningdek, ShHTga a’zo davlatlar o‘rtasida hamkorlik istiqbollari borasida nutq so‘zladi.

Xususan, notariat xizmatlarini raqamlashtirish: “Notarius” axborot tizimi orqali hujjatlarni elektron shaklda yuritish va notarial jarayonlarni soddalashtirish mexanizmi, davlat hisobidan bepul malakali yuridik yordam nafaqat jinoiy ishlarda, balki ma’muriy huquqbuzarliklar va fuqarolik ishlarida ham ko‘rsatilayotganligi alohida ta’kidlandi.

ShHTga a’zo davlatlar adliya vazirlarining navbatdagi majlisida a’zo davlatlar Adliya vazirliklari faoliyatidagi islohotlar hamda ShHTga a’zo davlatlar Adliya vazirliklari o‘rtasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Yig‘ilish davomida ShHTga aʼzo davlatlar adliya vazirlarining navbatdagi yigʻilishini tashkillashtiruvchi davlat Tojikiston Respublikasi etib belgilandi.

Tadbir yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tomonlarning umumiy kelishuvlarini aks ettiruvchi qoʻshma bayonot imzolandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍94
📚 Jazoni ijro etish departamenti yuridik xizmat xodimlari uchun amaliy mashg‘ulot

🔹 Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti hamda Adliya vazirligi Inson resurslari boshqarmasi hamkorligida institut tinglovchilari uchun amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.

🔹 Amaliy mashg‘ulot davomida tinglovchilar Adliya vazirligi muzeyi, “Adolat ayvoni”, kutubxona, Media markaz faoliyati, shuningdek, ma’muriy binoda rahbariyat va tarkibiy bo‘linmalarning joylashuvi, majlislar va sport zallari, tibbiyot xonasi hamda vazirlik arxivi bilan yaqindan tanishdilar.

Shuningdek, tinglovchilar uchun “Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini tartibga solish ta’sirini baholash tartibi” mavzusida soha mutaxassislari tomonidan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

➡️ Tinglovchilar normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi hamda qonunchilik hujjatlarini tayyorlash tartibi bo‘yicha batafsil ma’lumot oldilar.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍5🔥31👏1🎉1