ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.4K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_tabrik

❗️Ustoz - qadri buyuk muallim

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi va Rishton tuman adliya bo'limi Davlat xizmatlari markazi rahbarlari "Oʼzbekiston Respublikasi xalq oʼqituvchisi" faxriy unvoni sohibi, Oltiariq tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab direktori Rahimov Hamidjon Mamajonovichni "Ustoz va murabbiylar kuni" bayrami bilan tabrikladilar.

Ustoz deganda, har qaysi inson ko'nglida chuqur hurmat - ehtirom va cheksiz minnatdorlik tuyg'ulari, shu bilan birga, hech qanday boylik bilan o'lchab va ado qilib bo'lmaydigan qarzdorlik hissi paydo bo'ladi. Ustozlarimiz o'giti, keksalarimiz pand-nasihatlariga amal qilib borsak, aslo kam bo'lmaymiz.

Barcha ustoz va murabbiylarimizni bayram bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz. Yosh avlodga ziyo nurini taratishdan aslo charchamanglar!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_aksiya
#Öqituvchilarga_ehtirom

📣 “O‘qituvchilarga ehtirom” huquqiy aksiyasi doirasida Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tuman adliya bo‘limi tomonidan ma’naviy-ma’rifiy va huquqiy tadbir tashkil etildi.

▫️Tadbirda tumandagi maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tizimida mehnat faoliyatini olib borayotgan pedagog xodimlar ishtirok etishdi.

🔰 Tadbir avvalida, adliya bo‘limi xodimlari ustoz va murabbiylarni kasb bayramlari bilan tabriklab, ustozlarga samimiy tilaklar bildirishdi hamda pedagoglarning huquqlari, sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘si davlat himoyasida ekanligi, shuningdek, pedagogik faoliyatga noqonuniy aralashuv uchun javobgarlik belgilanganligi yuzasidan tushunchalar berildi.

✔️Tadbir so‘nggida bir guruh soha xodimlariga tuman adliya bo‘limining tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Бу_муҳим

Давлат хизматчилари учун муҳим янгилик: “MyDX: Davlat xizmatchisi” мобил иловаси ишга тушди


Президент ҳузуридаги Бошқарув самарадорлиги агентлиги ташаббуси билан яратилган инновацион платформа орқали давлат хизматчилари:

➡️Шахсий маълумотларини бошқариши;
➡️Ташкилоти учун энг зўр ташаббусларни таклиф қилиши;
➡️Шахсий ривожланиш режасини тузиши;
➡️Бўш иш ўринларига онлайн ариза бериши ва карьерасида янги чўққиларни забт этиши;
➡️Энг сара онлайн курсларда ўқиб, сертификат олиши ва электрон китобларни мутолаа қилиши мумкин.

Қулай интерфейс, замонавий дизайн ва янги имкониятлар — ҳаммаси бир иловада!

📲 Иловани юклаб олинг ва ундан мутлақо бепул фойдаланинг!

▫️Google Play
▫️AppStore

“MyDX: Davlat xizmatchisi” — рақамли бошқарувнинг янги қадами!

Расмий саҳифаларимиз
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|Aloqa
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🤩 “San’at va ijod himoyasi oyligi”

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tashabbusi bilan mamlakatimizda ilk bor “Oktyabr oyi — San’at va ijod himoyasi oyligi” deb e’lon qilindi.

Ushbu tashabbus mualliflik huquqiga nisbatan hurmat hissini yuksaltirish, ijod ahli faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, sohaga oid huquqiy madaniyatni keng jamoatchilik orasida targ‘ib qilishga qaratilgan.

Unutmang, mualliflik huquqini himoya qilish — bu faqatgina huquqiy jarayon emas, bu milliy merosni, milliy g‘ururni va o'zlikni saqlash demakdir.

📣 Keling, siz ham “huquqiy karvon”imizga qo‘shiling!
Ijodga hurmat — qonunlarga sodiqlikdan boshlanadi.


Hurmatli ijod vakillari! Mualliflik huquqingiz buzilganda Adliya vazirligining "1008" ishonch telefoni orqali xabar berishingiz yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni so'raymiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🔥3👍2👏2
Maktabda yo‘qlama. Hamma shu yerdami?

O‘qituvchi va murabbiylar kuni muborak bo‘lsin!

Rahmat sizga ustozlar!

Videoni ko‘rish 👉 https://youtu.be/nXf8w8rxpo4

Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
4
“Hurmatli ustoz doim e’zozdasiz!”

Bugun, 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan adliya faxriylarining holidan xabar olindi. Ustozlarimiz uchun esdalik sovg‘alari topshirilib, yosh avlod va faxriylar o‘rtasida samimiy suhbatlar o‘tkazildi.

Bu uchrashuvning asosiy maqsadi – adliya tizimida ko‘p yillar xizmat qilgan, bilim va tajribasi bilan yosh avlodni tarbiyalagan ustozlarimizni e’zozlash, ularga bo‘lgan chuqur hurmat va minnatdorchilikni izhor etishdir.

Aziz ustoz va murabbiylar! Sizlarning fidokorona mehnatingiz, sabr-toqatingiz va yoshlarga bergan bebaho saboqlaringiz doimo qadrlanadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
8👍1
#Diqqat_muhim

📣 Hurmatli hamyurtlar!

Adliya vazirligining 1008, 1148 – “Ishonch telefonlari” faoliyatida vaqtincha nosozliklar kuzatilmoqda.

Hozirda ushbu muammoni bartaraf etish boʻyicha tegishli mutaxassislar tomonidan choralar koʻrilmoqda.

Muammolar bartaraf etilishi bilan bu haqida maʼlum qilamiz.

Noqulayliklar uchun uzr so'raymiz!


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

❗️Farg'onada "O'qituvchilarga ehtirom" huquqiy aksiyasi doirasida tadbir bo'lib o'tdi

Bag‘dod tumanidagi 40-umumtaʼlim maktabida ustoz va murabbiylar kuniga bag‘ishlab “O'qituvchilarga ehtirom” deb nomlangan tadbir o'tkazildi. 

Tantanali tadbir Uchko‘prik, Buvayda va Bag‘dod tumanlarida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar uchun tashkil etildi.

Batafsil videolavhada 👆

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥2
📣 Samarqand viloyat adliya boshqarmasida Germaniya delegatsiyasi bilan rasmiy uchrashuv

📍Viloyat adliya boshqarmasida Germaniya Federativ Respublikasining Adliya va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish Federal vazirligi Parlament davlat kotibi Anette Kramme xonim bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🔹 Boshqarma boshlig‘i S. Sattarov tomonidan viloyat adliya boshqarmasi, tuman va shahar adliya bo‘limlarining asosiy yo‘nalishlari — huquqiy targ‘ibot, normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqish va qonunlarni qo‘llash amaliyotidagi islohotlar haqida ma’lumot berildi.

Tomonlar Germaniyaning qonun ijodkorligi sohasidagi ilg‘or tajribasi, qonunchilikka sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish, huquqiy tizimni raqamlashtirish hamda adliya tizimidagi innovatsion yondashuvlar yuzasidan o‘zaro fikr almashdi.


🤝 Uchrashuv xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish va ularni milliy qonunchilikka tatbiq etishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
3👍2🔥2
#Adliya_aralashgach

❗️Farg‘onada “Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida 19 mingdan ortiq fuqaroning konstitutsiyaviy huquqlari tiklandi

Darhaqiqat, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 48-moddasida har kim sog'lig'ini saqlash va malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga egaligi hamda O'zbekiston Respublikasi fuqarolari tibbiy yordamning kafolatlangan hajmini qonunda belgilangan tartibda davlat hisobidan olishga haqliligi belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-son Farmoniga asosan adliya organlariga aholining kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolarni aniqlash, ularni tahlil qilish va bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rib borish vazifalari yuklatilgan.

Mazkur farmon ijrosi yuzasidan adliya organlari tomonidan belgilangan reja-grafikka asosan joylarda “Huquqiy mahalla” loyihasi amalga oshirilib, mahallalarda uyma-uy yurish tadbirlari orqali aholining huquqiy muammolarini aniqlash va vakolat doirasida ularni bartaraf etish ishlari amalga oshirib kelinmoqda.

Xususan, Farg‘ona viloyatida “Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan 2025-yilning o‘tgan 9 oyi davomida mahallalarda uyma-uy yurish tadbirlari orqali minglab fuqarolarning bepul dori-darmon olish, shuningdek, bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishga oid tegishli normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilangan huquqlari buzilayotganlik holatlari aniqlandi.

Mazkur aniqlangan holatlar bo‘yicha adliya bo‘limlari tomonidan mas’ul tashkilotlarga kiritilgan tegishli ta’sir choralari natijasida viloyat bo‘yicha jami 15069 ta shaxsning bepul dori-darmonlar bilan ta’minlanishiga hamda 4313 ta shaxsning bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishiga erishildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥2