ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.4K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Xalqaro_hamkorlik

Bugun, 2-oktabr kuni Adliya vazirligida “Mamlakat platformasi”ning Qonun ustuvorligi va davlat boshqaruvi yo‘nalishi bo‘yicha Ishchi guruhining yig‘ilishi o‘tkazildi.

Ma’lumot uchun: O‘zbekiston bo‘yicha “Mamlakat platformasi” donorlar va rivojlanish bo‘yicha hamkorlar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda ularning qo‘shma loyihalarini amalga oshirishda ishtirok etuvchi vazirliklar va idoralar bilan o‘zaro hamkorligini taʼminlashga qaratilgan mexanizm hisoblanadi.


Tadbirda Germaniyaning xalqaro hamkorlik bo‘yicha jamiyati (GIZ), Yevropa Ittifoqi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi, Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkiloti (OECD), BMT narkotiklar va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi (UNODC), UNICEF, shuningdek, Shvetsariya, Buyuk Britaniya, Fransiya va Latviya elchixonalarining vakillari ishtirok etishdi.

🔹Yig‘ilishda strategik rejalashtirish islohotlari, davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirish, samarali tartibga solish tizimi va uning yangi yo‘nalishlari, adolatga erishish hamda odil sudlovni modernizatsiya qilish masalalari muhokama qilindi.

Xorijiy hamkorlar va donorlarga Jahon odil sudlov loyihasi tashkiloti bilan hamkorlikda O‘zbekistonda huquq ustuvorligini yaxshilash hamda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti bilan davlat boshqaruvi, adliya va sud sohasini isloh qilish bo‘yicha loyihalar, shuningdek, tartibga solish ta’sirini baholash sohasida amalga oshirilgan ishlar taqdimot qilindi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏡 Ipoteka kreditlari uchun subsidiya olishga ariza berish boshlandi!


💥Uyli bo‘lish orzusi bilan yurganlar diqqatiga!

🗓2025-yil 2-oktabrdan boshlab ipoteka kreditlari uchun subsidiya olishga arizalar qabuli boshlandi!

Arizalar Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi.

📜 Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya to‘lanadigan talabgorlar komissiya va mas’ul tashkilotlar tomonidan qonuniylik, shaffoflik, adolat va haqqoniylik tamoyillari asosida tanlanadi.

⚠️ Davlat xizmatlari markazi faqat arizani qabul qilish va komissiyaga yuborish uchun vakolatli hisoblanib, uni ko'rib chiqish jarayonida ishtirok etmaydi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-martdagi 182-son qarori.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
3🔥2🎉2
#adliyatv #jonliefir

Chet elda ishlashni rejalashtiryapsizmi? Yoki allaqachon migrantmisiz? Unda sizni qiziqtiradigan savollarga mutaxassislar jonli efirda javob beradi!

🔸 Migratsiyani to‘g‘ri tashkil etish, migrantlar duch keladigan muammolar va ularga huquqiy yordamlar

💬Adliya TV da jonli efirda barchasi mutaxassis bilan muhokama qilinadi!

📲 O'zingizni qiziqtirgan savollarni @mehnatpodkast_bot ga yuboring!

🗣Jonli efirni ushbu havola orqali kuzatishingiz mumkin👇🏻
https://www.youtube.com/live/3uIc6s2-kEA?si=TzcFOJMyfYpSyD_g

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
#Sanat_va_ijod_himoyasi_oyligi

Avval xabar berganimizdek, Adliya vazirligi tashabbusi bilan ilk bor “Oktabr oyi — San’at va ijod himoyasi oyligi” deb e’lon qilingan edi. Bugun, 2-oktabr kuni mazkur oylik doirasida intellektual mulk sohasidagi mutaxassislar, ijodkorlar, OAV vakillari hamda jamoatchilik faollari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbir “San’at va ijod himoyasi” oyligiga rasmiy start berish maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, unda oylikning asosiy maqsad va vazifalari, belgilangan tadbirlar rejasi, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari haqida ishtirokchilarga atroflicha ma’lumotlar berildi.

Ushbu tashabbus mualliflik huquqiga nisbatan hurmat hissini yuksaltirish, ijod ahli faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va sohaga oid huquqiy madaniyatni keng jamoatchilik orasida targ‘ib qilishga qaratilgan.

Vazirlik tomonidan oylik davomida oliy va o‘rta ta’lim muassasalarida seminar-treninglar va mahorat darslari, shuningdek, yozuvchilar, bastakorlar, dizaynerlar va boshqa ijodiy kasb egalari bilan maxsus uchrashuvlar, ijtimoiy tarmoqlar orqali mualliflik huquqini targ‘ib qiluvchi qisqa videoroliklar va savol-javob shaklidagi axborot materiallari keng jamoatchilikka tarqatib borilishi rejalashtirilgan.


Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
O‘RQ–1080 bo‘yicha targ‘ibotlar davom etmoqda

Samarqand viloyati Urgut tumanidagi “Urgut” erkin iqtisodiy zonasida intellektual mulk obyektlarini muhofaza va himoya qilish yuzasidan targ’ibot tadbirlari tashkil etildi.

Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 8-avgustdagi O‘RQ–1080-son Qonuniga asosan intellektual mulkka bo‘lgan huquqlarni buzganlik uchun belgilangan jinoiy javobgarlik va kuchaytirilayotgan ma’muriy jazo choralari yuzasidan tushuntirilar berildi.

Shuningdek, kontrafakt mahsulotlar, ularni asl mahsulotlardan farqlash, bunday mahsulotlarning iqtisodiyotga zararlari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍1
#XalqaroHamkorlik

✈️ Ayni damda, Adliya vazirligi ishchi guruhi vakillari Riga shahrida amaliy o‘quv tashrifida ishtirok etmoqda.

🔍Tashrif Yevropa Ittifoqining Twinning Project UZ 21 NDICI JH 01 22 loyihasi doirasida tashkil etilib, normativ-huquqiy bazani tizimlashtirish va soddalashtirish bo‘yicha ilg‘or tajribalarni o‘rganishga qaratilgan.

Tashrif davomida:

🔵Latviya Adliya vazirligi va Seym faoliyati bilan tanishish;

🔵qonun loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha yagona TAP portali;

🔵normativ-huquqiy hujjatlarning raqamlashtirilgan tizimi — Likumi.lv;

🔵qonunchilikka oid raqamli qo‘llanmalar va metodologiyalar;

🔵ex-ante va ex-post tartibga soluvchi ta’sirni baholash tajribasi;

🔵rasmiy tarjimalar sifatini ta’minlash mexanizmlari bilan yaqindan tanishish rejalashtirilgan.


✈️Tashrif natijalari qonunchilik jarayonlarini raqamlashtirish, hujjatlarni tizimlashtirish va soddalashtirish, rasmiy tarjimalar sifatini kafolatlash hamda standart xarajat modeli asosida tartibga solish ta’sirini baholashni kuchaytirishga xizmat qiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍41