#Adliya_xabari
Samarqandda nogironligi bo‘lgan bolalar tomonidan tayyorlangan mahsulotlarning savdo yarmarkasi o‘tkazildi
Samarqand shahrida Registon maydoni yaqinida nogironligi bo‘lgan shaxslar, shu jumladan bolalar tomonidan tayyorlangan mahsulotlar savdo yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.
Yarmarkada viloyatning barcha tuman-shaharlaridan tashrif buyurgan, o‘zgalar parvarishiga muhtoj, imkoniyati cheklangan shaxslar ishtirok etdi.
Ular tomonidan yaratilgan mahsulotlar – qo‘l mehnati bilan ishlangan bezak buyumlari, rasmlar, turli qo‘lda tayyorlangan san’at asarlari xaridorlarga taqdim etildi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot

Mazkur tadbir fuqarolik jamiyati haftaligi doirasida Adliya vazirligi tomonidan 2018-yildan buyon O‘zbekiston Nogironlar jamiyati bilan hamkorlikda olib borilayotgan “Biz birgamiz” ijtimoiy loyihasi asosida tashkil etildi.
Yarmarkada viloyatning barcha tuman-shaharlaridan tashrif buyurgan, o‘zgalar parvarishiga muhtoj, imkoniyati cheklangan shaxslar ishtirok etdi.
Ular tomonidan yaratilgan mahsulotlar – qo‘l mehnati bilan ishlangan bezak buyumlari, rasmlar, turli qo‘lda tayyorlangan san’at asarlari xaridorlarga taqdim etildi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤1
#Xalqaro_hamkorlik
🔘 Adliya vaziri o‘rinbosari M. Ikramov boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi London shahrida Buyuk Britaniya Biznes va savdo vazirligi, Savdo standartlari, "Cambridge" universiteti, "IP House" va "Film Distribution Association" tashkilotlari vakillari bilan uchrashuv o'tkazdi.
🔘 Uchrashuvda "Cambridge" universitetiga tegishli o'quv kitoblar, darsliklar (misol uchun, ingliz tili bo'yicha Raymond Murphy) va boshqa materiallarga bo'lgan mualliflik huquqlarini himoya qilish masalalari muhokama qilindi.
🔘 Shuningdek, Adliya vazirligi vakillari tomonidan O'zbekistonda Cambridge nashriyotiga tegishli kitob va darsliklarning original nusxalarini xarid qilish mumkin bo'lgan rasmiy do'kon ochish taklif etildi.
🔘 Shu bilan birga, tadbirda kontrafakt mahsulotlarni maxsus tashkil etilgan fuqarolik jamiyati institutlari va xususiy korxonalar tomonidan aniqlashning zamonaviy usullari o'rganildi.
🔘 Tadbir yakunida "Cambridge" universiteti nashriyotiga tegishli intellektual mulk obyektlarini ro'yxatdan o'tkazishga ko'maklashish, mualliflik huquqlarini himoya qilish bo‘yicha qo'shma monitoring tadbirlarini amalga oshirish, shuningdek, kontrafakt mahsulotlarning aylanmasiga qarshi kurashish bo‘yicha mahalliy mutaxassislarning malakasini oshirishga va kinematografiya sohasidagi nufuzli kompaniyalar bilan hamkorlik qilishga kelishib olindi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
Adliya vazirligi ishchi guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 8-avgustdagi O‘RQ–1080-son Qonuni mazmun-mohiyati, jumladan intellektual mulk sohasida qonunchilikdagi yangilik va o'zgarishlar xususida o‘tkazilgan seminar tafsilotlari.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Adliya vazirligi ishchi guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 8-avgustdagi O‘RQ–1080-son Qonuni mazmun-mohiyati, jumladan intellektual mulk sohasida qonunchilikdagi yangilik va o'zgarishlar xususida o‘tkazilgan seminar tafsilotlari.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍3❤1👏1
#intellektual_mulk
Adliya vazirligi tomonidan "Unex" brendidan noqonuniy foydalangan yuridik shaxsga nisbatan 82 mln so‘m jarima qo‘llanildi.
✅ Brend egasining murojaatiga asosan 2025-yil 22-sentabr kuni huquqbuzar yuridik shaxs faoliyatida tekshiruv o‘tkazilib, "Unex" tovar belgisidan foydalangan holda ishlab chiqarilgan kontrafakt mahsulotlar respublika hududiga olib kirilgani va realizatsiya qilinayotganligi aniqlandi.
✅ Shu bois, "Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida"gi Qonunning 37(1)-moddasiga asosan huquqbuzarga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari miqdorida jarima qo‘llanildi.
🔴 Hurmatli tadbirkorlar! Brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlari boʻyicha Adliya vazirligining "1008" ishonch telefoni orqali xabar berishingizni yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz

Adliya vaziri Latviya Respublikasi elchisi bilan uchrashdi
Bugun, 26-sentyabr kuni adliya vaziri Akbar Tashkulov yangi tayinlangan Latviya Respublikasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Girts Yaunzemsni qabul qildi.
Uchrashuv boshida adliya vaziri Oʻzbekiston hamda Latviya oʻrtasidagi hamkorlik aloqalari hamda bugungi kungacha erishilgan natijalar haqida toʻxtalib oʻtdi.
Jumladan, huquqiy yordam ko‘rsatish, davlat xizmatchilarining Latviya ilmiy markazlarida doimiy ravishda malaka oshirib kelishi, norma ijodkorligi kabi yo‘nalishlarda elchixona bilan hamkorlik qilib kelinayotgani alohida ko‘rsatib o‘tildi.
Uchrashuv davomida tomonlar istiqbolli masalalar yuzasidan fikr almashdilar. Jumladan, intellektual mulk himoyasi, o'zaro huquqiy yordam ko'rsatish va boshqalar boʻyicha hamkorlik qilishga kelishib olishdi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Adliya vaziri Latviya Respublikasi elchisi bilan uchrashdi
Bugun, 26-sentyabr kuni adliya vaziri Akbar Tashkulov yangi tayinlangan Latviya Respublikasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Girts Yaunzemsni qabul qildi.
Uchrashuv boshida adliya vaziri Oʻzbekiston hamda Latviya oʻrtasidagi hamkorlik aloqalari hamda bugungi kungacha erishilgan natijalar haqida toʻxtalib oʻtdi.
Jumladan, huquqiy yordam ko‘rsatish, davlat xizmatchilarining Latviya ilmiy markazlarida doimiy ravishda malaka oshirib kelishi, norma ijodkorligi kabi yo‘nalishlarda elchixona bilan hamkorlik qilib kelinayotgani alohida ko‘rsatib o‘tildi.
Janob elchi, oʻz navbatida, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlardan xabardorligini, bugungi kunda elchixona tomonidan respublikada 10 dan ortiq loyihalar amalga oshirilayotganligi, bunda inson huquqlari, IT va ta’lim kabi yo‘nalishlar qamrab olinganini ta’kidladi. Shu bilan birga, adliya va huquq sohasida ham elchixona Adliya vazirligi bilan yaqindan hamkorlik qilishga tayyorligini ma’lum qildi.
Uchrashuv davomida tomonlar istiqbolli masalalar yuzasidan fikr almashdilar. Jumladan, intellektual mulk himoyasi, o'zaro huquqiy yordam ko'rsatish va boshqalar boʻyicha hamkorlik qilishga kelishib olishdi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤2
#Adliya_xabari
Adliya vaziri o‘rinbosari Jizzax viloyatida tadbirkorlar bilan uchrashdi
Adliya vaziri o‘rinbosari N.Muxammadiyev ishtirokida Jizzax maxsus industrial zonasida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Sayyor qabul davomida murojaatlar tinglanib, huquqiy yechimlari bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Har bir murojaat ish yurituviga qabul qilinib, hamkor tashkilotlar bilan birgalikda hal etish choralarini ko'rish uchun nazoratga olindi.
Shuningdek, uchrashuvda mamlakatimizda biznes uchun yaratilgan qulay muhit, soliq tizimidagi so‘nggi islohotlar, davlat xizmatlaridagi yengilliklar haqida ma’lumot berildi.
Muloqot davomida tadbirkorlarning fikr va takliflari tinglandi. Ularning faoliyatida yuzaga kelayotgan to‘siqlarni bartaraf etish, normativ-huquqiy hujjatlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish yuzasidan takliflar ilgari surildi.

Bugungi kunda Jizzax viloyati bo'yicha 150 mingdan ortiq tadbirkorlar faoliyat olib bormoqda. Ularning erkin va qulay sharoitlarda ishlashi, qonunchilikdagi imtiyoz va imkoniyatlardan foydalanishlari uchun mutasaddi tashkilotlar doimo ko'makka tayyor.
Sayyor qabul davomida murojaatlar tinglanib, huquqiy yechimlari bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Har bir murojaat ish yurituviga qabul qilinib, hamkor tashkilotlar bilan birgalikda hal etish choralarini ko'rish uchun nazoratga olindi.
Shuningdek, uchrashuvda mamlakatimizda biznes uchun yaratilgan qulay muhit, soliq tizimidagi so‘nggi islohotlar, davlat xizmatlaridagi yengilliklar haqida ma’lumot berildi.
Muloqot davomida tadbirkorlarning fikr va takliflari tinglandi. Ularning faoliyatida yuzaga kelayotgan to‘siqlarni bartaraf etish, normativ-huquqiy hujjatlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish yuzasidan takliflar ilgari surildi.
Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
❤1
#Adliya_xabari
Qoraqalpog'istonda faoliyat yuritayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari bilan davra suhbati o'tkazildi
Tadbirda joriy yilning 21-avgustda qabul qilingan "O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida"gi Qonuni mazmun-mohiyati, jumladan "Homiylik to'g'risida"gi Qonunga kiritilgan yangiliklar yetkazildi.
Muloqotda NNTlarni qiynayotgan muammolar va ularning yechimlari haqida fikr almashildi.
Shuningdek tadbir davomida fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo'yicha 2030-yilgacha mo'ljallangan konsepsiya loyihasiga takliflar olindi.