ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.41K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Adliya vaziri o‘rinbosari N. Muxammadiyev Oqoltin tuman adliya bo‘limi faoliyatini o‘rgandi

Sirdaryo viloyatiga amalga oshirilgan xizmat safari doirasida Adliya vaziri o‘rinbosari N.Muxammadiyev Oqoltin tuman adliya bo‘limi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Jarayonda tuman adliya bo‘limi, Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, Davlat xizmatlari markazi va FHDY bo‘limi xodimlari bilan ochiq muloqot qilib, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, tadbirkorlik subyektlari va aholi uchun ko‘rsatilayotgan davlat va huquqiy xizmatlar sifatini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida markazdagi sharoitlar va mavjud infratuzilma o‘rganildi. Davlat xizmatlari ko‘rsatishdagi shaffoflik va ochiqlikni ta'minlash, xodimlarning kasbiy salohiyatini oshirish, aholiga qulay xizmat muhitini yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Yakunda mas’ullarga xizmatlar sifatini oshirish, fuqarolar bilan muloqotda ochiqlik va samimiylikni ta’minlash borasida tegishli tavsiyalar berildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
2
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Adliya_tabrigi

Hurmatli Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari!

Sizlarni 26-sentyabr – Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz.

Mamlakatimizning konstitutsiyaviy tuzumini, suverenitetini, hududiy yaxlitligini hamda tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilishdagi, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklari ro‘yobga chiqarilishidagi, qonuniylikni mustahkamlash va qonun ustuvorligini taʼminlashdagi masʼuliyatli va sharafli xizmatlaringizda ulkan zafarlar yor bo‘lsin.

Hurmat bilan Adliya vazirligi jamoasi

Подписаться на канал 👇👇👇
https://t.me/pravoinf
#Adliya_xabari

Ustoz faxriylar hamisha eʼtibor va eʼzozda


🤔Adliya vazirligi tizimida bayramlar va alohida sanalar oldidan adliya organlarida koʻp yillar davomida mehnat qilgan, koʻplab shogirdlarni yetuk kadr sifatida yetkazib bergan ustoz faxriylar holidan xabar olish anʼanaga aylangan.

1-oktyabr – Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faxriylar kengashi hamda Namangan viloyat adliya boshqarmasi hamkorligida bir guruh faxriylar uchun bayram tadbiri tashkil etildi. Ustozlar bilan bir piyola choy ustida diydorlashildi hamda ular uchun A.Navoiy nomidagi musiqali drama teatrida “Bu chollar yomon chollar” spektakli namoyish etildi.


🤔Adolat yoʻli — sharafli, shu bilan birga sermashaqqat yoʻl, bu tanlov jasoratni, fidoiylik va sadoqatni talab etadi. Umrini fuqarolarga xizmat qilish, qonun va tartiblar ijrosini taʼminlashga bagʻishlagan insonlar mehnati hamisha el ardogʻida.

🤔Soha faxriylari uchrashuvlar chogʻida yurtimizga tinchlik, xalqimizga farovonlik soʻrab qoʻllarini duoga ochishdi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#So'rovnoma

Adliya organlari va muassasalari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini baholash yuzasidan o'tkazilayotgan so'rovnomada ishtirok eting!

So'rovnomada ishtirok etish uchun ushbu 👉
havolaning 👈 ustiga bosing!

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
1👍1
#Adliya_xabari

🔘O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmon va qarorlari bilan aholi va tadbirkorlik subyektlaridan 120 turdagi ma’lumotnoma va hujjatlarni davlat organlari va boshqa tashkilotlari tomonidan talab qilib olish bekor qilinib, davlat organlari va tashkilotlari jismoniy shaxslarga davlat xizmatlarini ko‘rsatishda, ishga qabul qilish jarayonida va boshqa ma’muriy tartib-taomillarni amalga oshirishda ushbu ma’lumotnoma va hujjatlarni “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasidan foydalangan holda olinishi lozimligi belgilangan.

🔘Mazkur farmon va qarorlar ijrosi yuzasidan Adliya vazirligi tomonidan tegishli tashkilot vakillari bilan birgalikda davra suhbati o‘tkazildi.

🔘Davra suhbati davomida talab qilinishi bekor qilingan ma’lumotnoma va hujjatlarni olish uchun “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasidan (tizimdagi tashkilotlar va hududiy bo‘linmalar bilan birga) to‘liq foydalanilishi hamda ushbu hujjatlarni aholi va tadbirkorlik subyektlaridan talab qilinmasligini ta’minlash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar belgilandi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
#Huquqiy_aksiya
#O'qituvchilarga_ehtirom

Joriy yilning 25–30-sentyabr kunlari “O‘qituvchilarga ehtirom” huquqiy aksiyasi o‘tkaziladi

Aksiya doirasida quyidagilar o'tkazilish rejalashtirilgan:

🔵seminar-treninglar tashkil etish;
🔵 tizimli muammolarni o‘rganish va hal etish;
🔵huquqiy targ‘ibot materiallarini tarqatish;
🔵so‘rovnomalar tashkil etish;
🔵murojaatlarni qabul qilish va hal etish choralarini ko‘rish

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aralashgach
#Buxoro_viloyati

Adliya organlarining amaliy yordami bilan nogiron turmush o'rtog'ini parvarish qilgan ayolga 15 yillik mehnat staji yozildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
2👍2🔥1
#Huquqiy_aksiya
#O‘qituvchilarga_ehtirom

✍️Pedagoglarning huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilayotgan aksiya doirasida so‘rovnoma tashkil etildi.

📊 So‘rovnoma orqali o‘qituvchilarning fikr va takliflari, shuningdek, ularning duch kelayotgan muammolari o‘rganilmoqda.

👉 Natijalar asosida tegishli choralar ko‘riladi va amaliy yechimlar ishlab chiqiladi.

📲 Hurmatli pedagoglar, sizning fikringiz biz uchun muhim!

❗️So'rovnomada ushbu 👉 havola👈 orqali ishtirok etishingiz mumkin

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot