ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.43K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
🔷Adliya vazirligida ijro intizomini mustahkamlash masalalari yuzasidan o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2025-yil 25-iyuldagi PF–117-son Farmoni qabul qilindi.

🏛Mazkur Farmonning mazmun va mohiyatini ijrochilarga tushuntirish va ular orasida ijro intizomiga oid turli takliflarni realizatsiya qilish maqsadida Adliya vazirligi binosida o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi.

🔸Seminarda respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy hokimliklar hamda xo‘jalik birlashmalarining ijro intizomiga mas’ul bo‘linmalarining 100 dan ortiq xodimlari bevosita hamda 500 ga yaqini videokonferensaloqa orqali ishtirok etdi.

📋Tadbirda Hisob palatasi va Adliya vazirligi tomonidan ijro intizomini samarali tashkil etish borasida amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar, kelgusidagi rejalar hamda “UNICON SOFT” MChJ tomonidan esa, “Ijro.gov.uz” tizimini texnik jihatdan takomillashtirish bo‘yicha joriy qilinadigan yangi mexanizmlar haqida ishtirokchilarga batafsil ma’lumotlar berildi.

🤝Tadbir yakunida “Ijro.gov.uz” elektron tizimidagi mavjud muammolar bevosita ijrochilar bilan muhokama qilindi hamda birgalikda tizimni doimiy takomillashtirib borish masalalari bo‘yicha kelishib olindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Taklif bering, rag‘bat oling!

Qonunchilik loyihalariga eng ko‘p taklif bergan va takliflari qabul qilingan fuqarolar rag‘batlantiriladi!

Batafsil videoda bilib oling👆
#Bilasizmi

Mobil-ID tizimida identifikatsiyadan o‘tish tartibidan xabardormisiz?

Mobil-ID mobil qurilmalar orqali shaxsni identifikatsiya qilish tizimi hisoblanadi.

1️⃣ Mobil-ID tizimida identifikatsiyadan o‘tish uchun davlat xizmatlari markazlari yoki notarial idoralarga tashrif buyurishingiz lozim.

2️⃣ Davlat xizmatlari markazi operatori yoki notariusga shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatni taqdim etasiz va mobil raqamingizni ma'lum qilasiz.

3️⃣ Yuzingiz raqamli formatda rasmga tushiriladi va elektron shaklda qo‘l barmog‘ingiz izi olinadi.

4️⃣ Ma'lumotlaringiz OneID tizimi orqali tekshiriladi va Mobil-ID tizimiga yuboriladi.

5️⃣ Telefon raqamingizga tasdiqlovchi kod yuboriladi va kod tizimga kiritiladi.

6️⃣ Xizmat ko'rsatganlik uchun BHM 2 foizi miqdorida yig'im undiriladi.

7️⃣ To'lov amalga oshirilgach, telefon raqamingiz Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi shaxsiy kabinetingizga bog‘lanadi.

📱 YIDXPning mobil ilovasi orqali Mobil-ID tizimida bepul identifikatsiyadan o‘tishingiz mumkin.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-avgustdagi 479-son qarori.

Telegram
| Instagram | Facebook | YouTube | Bot
📢 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi
PF–80-sonli farmoni ijrosi yuzasidan Chirchiq shahrida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda:

👥 Aholi soni: 173,000+
🏠 Xonadonlar: 51,144 ta

⚖️ Huquqiy mahalla loyihasi doirasida:
5,296 ta uyma-uy yurib o‘rganish o‘tkazilib, 4,481 ta huquqiy muammo aniqlandi. Ulardan 3,951 tasi hal etildi.

Online platformalar orqali jami 497 ta huquqiy muammo kelib tushdi.

Aholining 1,035 nafariga bepul birlamchi yuridik yordam ko‘rsatildi.

📚 Mahalla yettiligi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun:

693 ta metodik qo‘llanma tarqatildi

88 ta huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Har bir mahallada “Adliya burchagi” va kutubxona tashkil etildi

🚸 Minimal standartlarni yaxshilash doirasida:

Maktablar atrofida yo‘l belgilar chizildi

Ichimlik suvi sifati o‘rganildi

Maishiy chiqindilarni tashish yo‘lga qo‘yildi

Piyodalar uchun oq va sariq rangli yo‘l chiziqlari chizildi.


Telegram | Facebook | 🌐Veb sayt | 🌐Instagram|📹Youtube
#adliya_xabari

Adliya vaziri o'rinbosari Sh.Rabiyev Navoiy viloyatida huquqiy masalalar va huquqiy xizmatlar sifatini o'rganmoqda.

🔹Jarayon Navoiy shahrida huquqiy ta'lim va "Adliya huquq sinfi" faoliyati bilan tanishishdan boshlandi. Aytib o'tish joiz bugungi kunda Navoiy viloyatida hududlar kesimida 12 ta "Adliya huquq sinflari" tashkil etilgan bo'lib, o'quv davrida adliya xodimlari tomonidan amaliyot darslarini o'tkazish yo'lga qo'yilgan.

🔹Shundan so'ng, shahar hududidagi " Ziyokor" MFYda mahalla yettiligi bilan uchrashuv tashkil etildi. Bu manzil ayni kunda "Huquqiy mahalla" sifatida e'tirof etilgan. Uchrashuvda adliya idoralari tomonidan berilayotgan huquqiy ko'mak darajasi o'rganildi. Asosiy masalalar kadastr, nogironlikni belgilash va aholining bandlik darajasini oshirish bilan bog'liq.

🔹Muloqot jarayonida shu kabi masalalar atroflicha tahlil etilib, mahalla yettiligi faoliyatini tashkil etishda metodik ta'minlash, qonun hujjatlarining yetkazilishi, huquqiy targ'ibot ishlari holati o'rganildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Xalq deputatlari Namangan viloyat Kengashining navbatdagi o'n uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

🔸Sessiyada fuqarolarning uy-joylariga bo'lgan huquqlari xalq deputatlari viloyat Kengashida ko‘rib chiqilib, ularning yer maydoni uchun ijara huquqi va unda qurilgan binolar va inshootlar uchun mulk huquqi e'tirof etilib, fuqarolarning o'zboshimchalik bilan egallab olingan yer-uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlariga bo'lgan mulk huquqlarini e'tirof etish bo‘yicha xalq deputatlari Namangan viloyat Kengashining qarori qabul qilindi.

🔹Bugungi kengash muhokamasi natijasida tegishli qaror qabul qilinib, 133 nafar fuqaroning uy-joylariga bo'lgan huquqlari e'tirof etildi.

🔸Mazkur sessiyada jami 133 nafar, jumladan, Chortoq tumani 9 nafar, Chust tumani 25 nafar, Mingbuloq tumani 6 nafar, Namangan tumani 17 nafar, Norin tumani 5 nafar, Pop tumani 11 nafar, To‘raqo‘rg‘on tumani 45 nafar, Uchqo‘rg‘on tumani 9 nafar, Uychi tumani 6 nafar fuqaroning yakka tartibdagi uy-joylariga va ular joylashgan yer uchastkalariga nisbatan mulk huquqlari e'tirof etildi.

🔹Endilikda mazkur hujjat egalik huquqi uchun asos bo‘lib, kelgusida yashash joyiga doimiy ro‘yxatga qo‘yish, meros va boshqa notarial xatti-harakatlarni amalga oshirish imkoniyatini yaratadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM