ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.43K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Vazir o’rinbosari M.Istamov Namanganda tadbirkorlar bilan uchrashuv o’tkazdi.

🔸Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — tadbirkorlarni qiynayotgan huquqiy masalalarni o‘rganish, ularning faoliyatida duch kelayotgan to‘siq va muammolarni bartaraf etishda amaliy yordam ko‘rsatishdan iborat bo‘ldi.

🔹Tadbirkorlar tomonidan ko‘tarilgan asosiy masalalar soliq va bojxona tartib-qoidalaridagi murakkabliklar, yer ajratish jarayonlaridagi byurokratik to‘siqlar, hamda ayrim hollarda davlat organlari tomonidan qonunchilikka zid harakatlar bo‘ldi.

🔸Muloqot davomida mas'ullar tomonidan 17 dan ortiq tadbirkorlik subyektlari qabul qilindi, shundan 6 tasiga huquqiy tushuntirish berildi, 3 nafar murojaatchining muammolari joyida hal etildi, o'rganish talab etilgan 8 ta murojaat koʻrib chiqish uchun ish yurituviga qabul qilindi.

🔹 Shuningdek, Adliya vaziri o‘rinbosari tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini, bu borada Adliya vazirligi ham huquqiy kafolatlar yaratish, huquqiy yordam berish va adolatli muhitni ta’minlashda faol ishtirok etishini ta’kidladi.

🔸Adliya vazirligi tomonidan joylarda o‘tkazilayotgan bunday ochiq muloqotlar, ayniqsa, biznes vakillari uchun amaliy yordam bo‘lib, “xalq davlat uchun emas, davlat xalq uchun” tamoyilining amaliy ifodasi bo‘lib qolmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o’rinbosari Namangan shahar adliya bo‘limi faoliyati bilan tanishdi.

🔸Namangan shahar adliya boʻlimi, davlat xizmatlari markazlari hamda yuridik xizmat koʻrsatish markaziga borib, jismoniy va yuridik shaxslarni davlat xizmatlaridan tez va sifatli foydalanishlari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlarni ko’zdan kechirdi.

🔹Adliya bo‘limi tomonidan aholiga huquqiy yordam ko‘rsatish, profilaktik tadbirlar o‘tkazish, xotin-qizlar va yoshlar bilan ishlash borasida qilinayotgan ishlar bilan tanishdi.

🔸Shuningdek, Namangan shahridagi davlat xizmatlari markazida fuqarolarga yaratilgan shart-sharoitlar, ko’rsatiladigan davlat xizmatlarini qulay va osonligi, o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish burchaklari faoliyati ko‘zdan kechirdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#adliya_xabari

Adliya vaziri o'rinbosari Sh.Rabiyev kunning ikkinchi yarmida Nurota tumanida bo'ldi.

🔹Dastlab tumandagi "Ibn Sino" mahallasida Adliya vazirligi tomonidan mahallalarda belgilab berilgan konsepsiya asosida amalga oshirilayotgan huquqiy chora-tadbirlar, mahalla yettiligini metodik ta'minlash, qonun hujjatlari yetkazib borilishi, aholi muammolarining ijobiy hal etilish darajasi aniq misollarda tahlil etildi.

🔹Shundan so'ng, hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning huquqiy masalalari va takliflari o'rganildi. Xususan, granitni qayta ishlash qo'shma korxonasi "Treyd End Prodaction International" MCHJ, "PremierTextile" mas'uliyati cheklangan jamiyati faoliyati ko'zdan kechirilib, takliflar tinglandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Vazir oʻrinbosari kunning ikkinchi yarmida Namangan shaharidagi “Baynalmilal” mahallasida boʻldi.

🔸Adliya vaziri oʻrinbosari Namangan shaharidagi “Baynalmilal” mahalla fuqarolar yigʻinining “Mahalla yettiligi” bilan muloqot olib bordi. Mahalla faollari tomonidan ijtimoiy himoya, bandlik, huquqiy maslahatlar, oilaviy nizolarni bartaraf etish, yoshlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida olib borilayotgan ishlar haqida batafsil maʼlumot berildi.

🔹Ayniqsa, aholining huquqiy savodxonligini oshirishda “Adliya kuni” kabi loyihalarning muhim ahamiyat kasb etayotgani taʼkidlandi.

🔸Shuningdek, adliya vazirligi tomonidan mahallalardagi hokim yordamchisining platformasiga qonunchilikdagi yangiliklar, Qonun, qaror, farmonlarning qisqacha mazmunini ifodalovchi targʻibot materiallari yuzasidan targʻibot tadbirlarini amalga oshirilishi yuzasidan fikr-mulohaza olib bordi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM