ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.43K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Adliya vaziri A.Tashkulov Jizzaxdagi xizmat safari davomida Baxmal tumanida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

🔸Tumandagi “Fayzobod” mahallasida tashkil etilgan uchrashuvda tuman adliya boʻlimi boshligʻining farmon bilan adliya organlariga berilgan vazifa va funksiyalarning bajarilishi, aholi muammolarini qabul qilish va hal etish boʻyicha yaratilgan onlayn platformaning samarasi, xalq orasiga yanada yaqinroq kirib borish orqali ularga huquqiy koʻmak koʻrsatish borasida olib borilayotgan tizimli tadbirlar va ularning natijasi borasidagi taqdimoti tinglandi.

🔹“Mahalla yettiligi” bilan olib borilayotgan hamkorlik tadbirlari borasida maʼlumot berildi. Aholining huquqiy savodxonligini oshirishdagi va muammolarni bartaraf etishdagi amaliy harakatlarni yanada jonlantirish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

🔸Shu bilan birga, mamlakatimizda mulkchilik sohasida olib borilayotgan katta islohotlarning yorqin namunasi bo'lgan fuqarolarning uzoq yillardan beri egallab kelgan yerlari, bino va inshootlariga egalik huquqini berilishi har bir inson qalbida ertangi kunga ishonch tuygʻusini oshirmoqda.

🔹Bundan tashqari, Adliya organlari tomonidan berilgan xulosalar asosida viloyat xalq deputatlari kengashi qarori bilan mulkka nisbatan huquqlari eʼtirof etilgan 30 nafar fuqaroga sertifikatlar topshirildi.

🔸Shuningdek, adliya vaziri Baxmal tumanining ijtimoiy — iqtisodiy rivojlantirish dasturi, tuman markazini obodonlashtirish, bino va inshootlar qurish bilan bogʻliq loyiha dasturlari bilan tanishdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi va Toshkent shahar adliya boshqarmasi huzurida Apellyatsiya kengashlari ish boshladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_sarhisob

Otalikni belgilash, haqorat va montaj videolarini aniqlash

*Dinamik ko'rsatkichlar (foiz, barobar) 2024-yilning I yarim yilligiga nisbatan


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#adliya_xabari

Adliya vaziri o’rinbosari Bekobod tumanida bo’ldi

O‘zbekiston Respublikasining "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularga qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan hquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi qonuni ijrosi yuzasidan Bekobod tumani tuman Madaniyat markazida mulk huquqi e’tirof etilgan shaxslarga egalik huquqni tasdiqlovchi hujjatlar tantanali ravishda topshirildi.

Tadbirida Adliya vazirining o‘rinbosari M.Istamov, tuman hokimi Z.Nizomiddinov, tuman faollari, nuroniylar, tuman Kengashi deputatlari va mulk egalari ishtirok etishdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_xabari

📍 Toshkent viloyati Qibray tumani
dagi Baytqo‘rg‘on mahallasida “Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar atroflicha o‘rganildi.
Aholining huquqiy madaniyati, huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan profilaktik choralar va mahalla yettiligining ish yuritish faoliyati — bularning barchasi o‘rganish markazida bo‘ldi.

🗂 Ish yurituv hujjatlarini metodik ta’minlash, ularni yagona standart asosida yuritish, har bir mahalla a’zosi o‘z vazifasini aniq bilishi va huquqiy asosda ish yuritishi — bu boradagi amaliyot kuchaytirilmoqda.


👥 O‘rganish jarayonida Adliya vaziri o‘rinbosari Sh. Rabiyev
ishtirok etib, mahalla yettiligi bilan muloqotda bo‘ldi, amaldagi holatni baholab, metodik yordam va takliflarni berdi.

Tashrif yakunida “Huquqiy mahalla” loyihasi doirasidagi ishlarni yanada kuchaytirish, adliya organlarining bevosita metodik yordamini tizimlashtirish, hamda mahallani fuqarolarga eng yaqin huquqiy maydonga aylantirish bo‘yicha aniq topshiriqlar belgilandi.


📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling 👇

Telegram | Facebook | 🌐Veb sayt | 🌐Instagram|📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Kuni kecha, Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasida "Aholining kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolarni aniqlash va bartaf qilishdagi muammolar va yechimlar" mavzusida seminar o‘tkazildi.

Mazkur seminarda viloyat IIB, Mahallar uyushmasi, Yoshlar ishlari agentligi, Kambag‘allikni qisqartirish va badlik, Oila va xotin-qizlar qo’mitasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Soliq qo’mitasining hududiy boshqarmalaridan sohaga mas'ul xodimlar ishtirok etishdi.

Seminardan ko'zlangan maqsad mahallalardagi muammolarning o‘z vaqtida va samarali hal etilishida davlat organlari va tashkilotlarining mahallalardagi vakillarining sa’y-harakatlarini birlashtirish, muvofiqlashtirish va yo‘naltirishdan iborat bo‘ldi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_xabari

Qoraqalpog‘istonda “Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida "Adliya sayli" tadbiri o‘tkazildi

🔹Mazkur tadbir Nukus shahridagi "Qizil qum" mahallasi aholisini birinchi navbatda yangi qabul qilinayotgan qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatidan xabardor qilish, huquqiy savodxonlikni oshirish, huquqiy muammolarini o'rganish va ularni hal etish maqsadida tashkil qilindi.

🔹Sayl davomida aholiga sayyor davlat xizmatlaridan foydalanish, huquqiy maslahatlar olish, advokat, huquqshunos, notarius, mediator, psixolog xizmatlaridan foydalanish imkoniyati yaratilib, bepul tibbiy ko'rik ham tashkil etildi.

🔹Tadbir davomida sayyor qabul o'tkazilib, 20 dan ortiq fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Davlat xizmatlari va FHDY sohasiga taalluqli bo'lgan 8 ta murojaat joyida ijobiy hal etildi. Boshqa murojaatlar yuzasidan zarur huquqiy tushuntirish berilib, o‘z sohalariga yo‘naltirgan holda ijrosi nazoratga olindi.

🔹Bundan tashqari, “Bo‘sh ish o‘rinlari” mehnat yarmarkasi, hunarmandlar mahsulotlari ko‘rgazmalari, harbiy chiqishlar, sport va “Ranglar jilosi” tanlovi, bolalar uchun o‘yin-kulgu va konsert dasturi namoyish qilindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM