ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.43K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vazirligining navbatdagi kengaytirilgan hay'at majlisi bo‘lib o‘tdi.

🔸Video-konferens-aloqa shaklida o‘tkazilgan yig‘ilishda 2025-yilning II choragi davomida adliya organlari va muassasalari tomonidan amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi.

Tizimda har bir boshqaruv xodimi kesimida KPI ko‘rsatkichi belgilanganligi hamda quyi tuzilmalarga tushgan holda vazifa va funksiyalar bajarilishi bo‘yicha amaliy ishlar qilinganligi sababli bir qator yo‘nalishlarda yuqori natijalar qayd etildi. Xususan:

🔹Qonun ijodkorligi sohasida 91 ta NHH loyihalari vazirlik tashabbusi bilan ishlab chiqildi, Xususan, Shaharsozlik renovatsiyasi, , Bozor nazorati, Majburiy to‘lovlar va yig‘imlar kabi muhim qonunlar loyihalari tayyorlandi;
▪️huquqiy ekspertiza muddati 7,3 kungacha qisqardi;
▪️qonun hujjatlarini samaradorlik ko‘rsatkichini baholash tizimi yo‘lga qo‘yildi;
▪️NHH loyihalarini TSTB avvalgi 74 foizdan 100 foizga yetkazildi;
▪️davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida DXMlar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar soni 442 taga yetkazildi;
▪️ko‘rsatilgan davlat xizmatlari soni 63 foizga oshib, 12,7 mln. tani tashkil qildi;
▪️davlat xizmatlarini ko‘rsatish o‘rtacha vaqti 6 daqiqaga kamayib, 4 daqiqa bo‘ldi;
▪️"Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida aholining 639 ming ta muammosi hal etilib, 401,7 ming ta birlamchi bepul yuridik yordam ko‘rsatildi hamda 27 mingdan ortiq protsessual hujjat loyihasi tayyorlab berildi;
▪️huquqiy targ‘ibot tadbirlari salkam 2,5 barobarga oshib, 580 ming tani tashkil etdi;
▪️yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatida 180 ta hujjat namunasi tayyorlab berilib, 4,6 mln.dan ortiq hujjat loyihasiga huquqiy xulosa berildi;
▪️Markazlar tomonidan kundalik kelib tushgan hujjat loyihalariga shu kunning o‘zida xulosa berilishi natijasida xulosa berish o‘rtacha vaqti 5 soatni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 41 soatga qisqardi;
▪️videokonferensaloqa orqali rasmiylashtirilgan notarial harakatlar 7 baravarga oshib, salkam 100 ming tani tashkil etdi;
▪️1 746 ta yoki 4,5 baravarga ko‘p intellektual mulk obyekti huquqiy himoya qilindi.


🔹Bundan tashqari, mavjud kamchiliklar tanqidiy ruhda muhokama qilinib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo'lgan vazifalar belgilab olindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_sarhisob

Galmartdan OTP Bankkacha

*Dinamik ko'rsatkichlar (foiz, barobar) 2024-yilning I yarim yilligiga nisbatan


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#qonunchilikdagi_yangiliklar

⁉️ O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elda ta’lim olgan farzandlarini davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qabul qilish tartibidan xabardormisiz?


Arizalar Davlat xizmatlari markazlari, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining elektron xizmatlari portali orqali qabul qilinadi.

📑 Arizaga o‘quvchining chet elda ta’lim olganini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.

🏛 Xizmat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari tomonidan ko‘rsatiladi.

⏱️ Arizalar 3 ish kunida ko'rib chiqiladi.

Eslatma: murojaatlar har yili 1-avgustdan 25-mayga qadar qabul qilinadi.


Asos: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-son qarori.

Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_xabari

Huquqiy axborotni tarqatishda — "Arnasoy tajribasi"


Adliya vaziri Akbar Tashkulov Jizzax viloyati Arnasoy tumanida huquqiy axborotni tarqatish, aholining huquqiy savodxonligini oshirish borasida "Arnasoy tajribasi" bilan tanishdi.

Tumanning "G'oliblar" mahallasida huquqiy axborotni tarqatish va aholiga samarali etkazish borasida yangi tashabbuslar amalga oshirildi. Tajriba sifatida boshlangan ushbu loyiha uchun dastlab hudud aholisi orasida so'rovnomalar o'tkazildi. Natijalarga ko'ra huquqiy axborotni samarali va tezkor etkazish usullari belgilab olindi.


"Aqlli targ'ibot" tamoyili asosida ma'lumotlarni zamonaviy axborot texnologiyalari asosida, kreativ ko'rinishda, audio va video kontentlar shaklida yetkazish borasida aniq yo'nalishlar belgilangan.

Taqdimot davomida “mahalla yettiligi” bilan olib borilayotgan hamkorlik natijalariga ham alohida e'tibor qaratilib, huquqiy axborotni yetkazishda mas'ullarning fikr-mulohazalari tinglandi.

Adliya vaziri tomonidan taqdimotda belgilangan vazifalarni yanada takomillashtirish va huquqiy axborotning elektron maydonini yaratish borasida aniq tavsiyalar berib o'tildi.

Adliya bo'limi va mahalla o'rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, aholining huquqiy savodxonligini oshirish, shuningdek muammolarni bartaraf etishdagi amaliy harakatlarni yanada jonlantirish bo'yicha aniq ko'rsatmalar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_sarhisob

Mualliflik huquqi davlat himoyasida

*Dinamik ko'rsatkichlar (foiz, barobar) 2024-yilning I yarim yilligiga nisbatan


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Intellektual mulk huquqini himoya qilish boʼyicha tadbirkorlar va davlat organlari ishtirokida uchrashuvlar tashkil etildi.

🔸Аdliya vazirligi hamda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʼzbekiston liberal demokratik partiyasi tomonidan Toshkent viloyatidagi "Аngren" erkin iqtisodiy zonasida faoliyat olib boruvchi tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

🔹Tadbirda tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarda qoʼllanilayotgan belgilarni tovar belgisi sifatida roʼyxatdan oʼtkazish va intellektual mulk huquqiga rioya qilish yuzasidan huquqiy tushunchalar berildi.

🔸Shuningdek, “Limaks Gold” MChJga tegishli boʼlgan tovar belgilaridan noqonuniy foydalanayotgan shaxslarga nisbatan chora koʼrish boʼyicha murojaati qabul qilindi.

🔹Shu bilan birga, Toshkent viloyat bojxona boshqarmasida tovarlarni elektron bojxona rasmiylashtiruvidan oʼtkazish jarayonlarida kontrafakt mahsulotlarni aniqlash boʼyicha master-klass tashkillashtirildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hamdardlik

Adliya vazirligi jamoasi Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Nazarov Xamdam Shuxratovichga otasi Nazarov Shuxrat Polvonovichning vafoti munosabati bilan chuqur hamdardlik izhor qiladi.