ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.44K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Sayyor_qabul

❗️Farg‘ona viloyatida sayyor qabul o'tkazildi


Furqat tumanida tuman markazidan 20 kilometr uzoqlikda joylashgan "Sho'rchi" MFYda Adliya vazirligi, viloyat adliya boshqarmasi, tuman hokimligi va tumandagi turli tashkilotlar rahbarlari ishtirokida ommaviy sayyor qabul o'tkazildi.

"Sho'rchi" mahallasida yashovchi aholi vakillari ishtirokida o‘tkazilgan sayyor qabulda fuqarolarning ko‘plab murojaatlari eshitildi.

Sayyor qabul davomida adliya organi xodimlari tomonidan 60 dan ortiq fuqaro qabul qilindi, shundan 40 tasiga joyida huquqiy tushuntirish berildi, 15 nafar murojaatchining muammolari joyida hal etildi, o'rganish talab etilgan 5 ta murojaat koʻrib chiqishlik uchun ish yurituviga qabul qilindi.

Tadbir davomida davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan 35 nafardan ortiq aholiga sayyor xizmatlar ko'rsatildi.

Shuningdek, tadbirning barcha ishtirokchilariga Tibbiyot birlashmasi xodimlari tomonidan bepul tibbiy ko'rik o'tkazildi va aholining sog'lig'i bilan bog'liq muammolarga belgilangan tartibda tavsiyalar hamda maslahatlar berildi hamda dori-darmonga muhtoj oilalarga bepul dori-darmonlar tarqatildi.

Bundan tashqari, mazkur tadbir davomida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-sonli qarori, PQ-133-sonli qarori mazmun-mohiyati, "Korrupsiya" jinoyati va "Firibgarlik" jinoyati va uning oldini olish yuzasidan tushunchalar berildi.

Bu kabi sayyor qabullar aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlash, muammolarni joyida hal etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#adliya_hudud

Adliya vazirligi mas'ullari Navoiy viloyatida

🔹Bunda davlat xizmatlari markazlari va fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limlarida fuqarolarga tezkor va sifatli xizmat ko‘rsatish hamda aholiga qulay shart-sharoitlar yaratilganligi ko'zdan kechirilib, sohani yanada rivojlanish bo'yicha amaliy tavsiyalar berilmoqda. Xodimlar bilan yakka suhbatlar tashkil etilib, ularning nainki xizmat vazifasiga vijdonan yondashuvlari, salohiyati balki, murojaatlari ham o'rganildi.

🔹Ma'lumot o'rnida, joriy yilning shu davriga qadar Navoiy viloyatida 457 mingdan ortiq davlat xizmatlari ko'rsatilgan. Shundan 210 mingga yaqini bevosita DXMlarga tashrif buyurgan holda, 247 mingdan ortig'i onlayn shaklda amalga oshirilgan.

🔹Shuningdek, FHDY yo'nalishida viloyat miqyosida 11 500 dan ortiq tug'ilish, 3 mingga yaqin nikoh, 2 mingdan ortiq o'lim holati qayd etilgan.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Kasbiy qayta tayyorlash kurslari bitiruvchilariga diplomlar topshirildi!

2025-yilning fevral-may oylarida Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida tashkil etilgan Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida huquqiy fanlardan dars beradigan, oliy noyuridik ma’lumotga ega pedagog kadrlarni qayta tayyorlash kursini muvaffaqiyatli tugatgan 370 nafar bitiruvchilarga davlat namunasidagi diplom topshirildi.

📌Ma'lumot uchun: Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlariga muvofiq kurs tinglovchilari bepul ravishda qayta tayyorlandi.

minjusttraining.uz | Facebook | Instagram | Telegram
#adliya_xabari

Qarshi tumanida “mahalla yettiligi” faoliyati va PF-80-son Farmon ijrosi o‘rganildi

🔹Kunning ikkinchi yarmida vazir o'rinbosari Qarshi tumanidagi “Hilol” mahalla fuqarolar yig‘inida “mahalla yettiligi” faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida Davlat rahbari tomonidan imzolangan PF-80-sonli Farmon bilan adliya organlari zimmasiga yuklatilgan vazifalar ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

🔹Mazkur tadbir doirasida fuqarolarga huquqiy yordam ko‘rsatish, mahallada jinoyatchilikning oldini olish, profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish, aholi muammolarini joyida hal qilish borasidagi amaliy sa’y-harakatlar ko‘zdan kechirildi.

🔹Shuningdek, mahallada yashovchi fuqarolarning huquqiy xabardorligini oshirish, ularning murojaatlari bilan ishlash holatiga alohida e’tibor qaratildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Korrupsiya jamiyat kushandasi

❗️Toshkent shahar adliya boshqarmasida “Advokatlar orasida korrupsiyaviy holatlarni oldini olish” mavzusida seminar o‘tkazildi.


🔹Seminarda Adliya vazirligi, Toshkent shahar prokuraturasi, sud hamda ichki ishlar organlaridan mutasaddilar ishtirok etib, korrupsiyaga oid jinoyatlarni oldini olish, advokatura institutini “Korrupsiyasiz soha”ga aylantirish borasida bir qator tashkiliy-amaliy choralar ko‘rib kelinayotganligini ta’kidlashdi.

🔹Shuningdek, “Yuridik yordam axborot” tizimi orqali davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish sohasida amaliyotda vujudga kelayotgan muammolar, ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda bu borada huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikdagi ishlarni yanada tizimli tashkil etish lozimligi yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

O'zbekiston Respublikasi Adliya vaziri o‘rinbosari N.Muxammadiyev va Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vaziri E.Tursunov tomonidan Ellikqal’a tumani, “Bostan“ MFYda hamda Amudaryo, Beruniy, To‘rtko‘l va Ellikqal’a tumanlarida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari bilan sayyor qabul o‘tkazildi.

🔹Sayyor qabul davomida ularning yer, kadastr, soliq, kredit, kommunal va boshqa sohalardagi muammolari tinglanib, 20 dan ortiq murojaatlar qabul qilindi. Shundan 12 ta murojaatga joyida huquqiy tushuntirish berish orqali hal qilingan bo'lsa,qolgan 8 tasi nazoratga olindi.

🔹O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari N. Muxammadiyev va Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vaziri E. Tursunov Ellikqal’a tumanidagi loyiha qiymati 410 mln so‘m bo‘lgan, mineral suvlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Gold Neo Bo‘ston” MCHJ hamda loyiha qiymati 22 mlrd so‘m bo‘lgan asosiy faoliyat turi to‘qilgan va trikotaj mahsulotlar ishlab chiqaruvchi “Bo‘ston Denim” MCHJ faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

🔹Shunigdek, adliya vaziri o‘rinbosari N.Muxammadiyev tomonidan tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning muammolari va takliflari tinglandi va Qoraqalpog‘iston Respublikasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlarga yaratilib berilayotgan qulay investitsiya va ishbilarmonlik muhiti, biznes yuritish uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud soliq imtiyozlari hamda davlat xizmatlarini ko‘rsatishda yaratilgan qulayliklar haqida huquqiy tushuntirishlar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM