ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.44K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Adliya vaziri o'rinbosari Sh.Rabiyev tomonidan Andijon viloyati, Baliqchi tumanidagi “Chinobod” MFY da sayyor qabul o'tkazildi.

🔹Davlat xizmatlari markazi tomonidan sayyor davlat xizmatlari ko'rsatish va tibbiyot bòlimi tomonidan malakali tibbiy ko'rik tashkillashtirildi.

🔹Mahalladagi aholi muammolari tinglandi, huquqiy maslahatlar berilib, murojaatlar nazoratga olindi. Huquqiy hujjatlar tayyorlanishiga amaliy ko'maklashildi.

🔹Shu bilan birga, “mahalla yettiligi” aʼzolari bilan suhbatlashildi, joylarga etib borayotgan huquqiy targ'ibot materiallari holati o'rganilib, aholini huquqiy madaniyatni oshirishda mahalla aʼzolari ham yanada faol b'lishlari yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#adliya_xabari

Adliya vaziri o’rinbosari Mahmud Istamov xizmat safari bilan Qashqadaryoda bo’ldi.

Dastlab, vazir o’rinbosari Ko‘kdala tumanida joylashgan, Italiya bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Cotonella” MCHJ faoliyati bilan yaqindan tanishish, mavjud muammo va takliflarini o‘rganish maqsadida MCHga tashrif buyurdi.

Mazkur qo‘shma korxona 2023-yil avgust oyida tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda korxonada 200 ga yaqin ishchi-xodim mehnat qilmoqda. Korxona asosiy faoliyat yo‘nalishi — ichki trikotaj tikuv mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

E’tiborga molik jihati shundaki, “Cotonella” MCHJda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning 100 foizi Yevropa davlatlariga eksport qilinmoqda. 2024-yil davomida korxona tomonidan 1,5 million AQSH dollarilik mahsulot eksportga chiqarilgan.

Ushbu qo‘shma korxona nafaqat eksport hajmini oshirish, balki mahalliy aholini ish bilan ta’minlash, zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish va xalqaro hamkorlikni kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_xabari 
 
Samarqand no‘xat sho‘ragi” geografik koʻrsatkich sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi    
 
🔹“Geografik koʻrsatkichlar toʻgʻrisida”gi Qonunga koʻra, tovarni muayyan geografik obyekt hududidan kelib chiqqan tovar sifatida identifikatsiyalovchi belgi geografik koʻrsatkich deb eʼtirof etilib, unda tovarning sifati, nom qozonganligi yoki boshqa xususiyatlari uning geografik jihatdan kelib chiqishiga sezilarli darajada bogʻliq boʻladi.  
 
🔹Adliya vazirligi geografik koʻrsatkichlarni huquqiy jihatdan muhofaza qilish sohasidagi vakolatli organ hisoblanadi. Samarqand viloyat adliya boshqarmasi va "Intellektual mulk markazi" davlat muassasasining koʻmagi bilan “Samarqand no‘xat sho‘ragi” geografik koʻrsatkich sifatida Adliya vazirligi tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi. 
 
🔹Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i  Salohiddin Sattarov bugun Samarqand viloyat  hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyevga  “Samarqand no‘xat sho‘ragi” geografik koʻrsatkich hujjatini topshirdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#adliya_xabari

Shu kuni adliya vaziri o‘rinbosari “Huquqiy mahalla” konsepsiyasi doirasida Ko‘kdala tuman adliya bo‘limi faoliyati bilan tanishdi. Tashrif chog‘ida u “Ko‘kdala” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, “mahalla yettiligi” tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.

Shuningdek, aholi orasida qonun hujjatlarining yetkazilish darajasi, fuqarolarning huquqiy xabardorligi holati ham atroflicha tahlil qilindi.

Mahalla yettiligi bilan uchrashuvda fuqarolarga huquqiy yordam ko‘rsatish, profilaktik chora-tadbirlarni samarali tashkil etish, shuningdek, yoshlar va ayollar bilan ishlash borasidagi mexanizmlar muhokama qilindi.

Tuman adliya boʻlimiga biriktirilgan “og'ir toifa”dagi yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar , mavjud kamchiliklar, mahallalarda olib borilayotgan targ'ibot tadbirlari, uchrashuvlar,hamda mahallalar kesimida jinoyatchilikni holatlarini nazorat qilish holatlari o'rganildi.

Tashrif yakunida vazir o‘rinbosari tomonidan mahalla va adliya organlari hamkorligida huquqiy madaniyatni oshirish, huquqiy muammolarni hal qilishda mahalla tizimining rolini kuchaytirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot