ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.44K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aralashgach
#Navoiy_viloyati

Navoiy viloyatida adliya organlari tomonidan fuqarolarning huquqiy himoyasi ta'minlanmoqda

Telegram
| Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aralashgach
#Qashqadaryo_viloyati

Yakkabog' tuman adliya bo'limi tomonidan fuqarolarga huquqiy yordam ko'rsatilmoqda

Telegram
| Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Startaplarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tizim yaratildi. Ularni moliyalashtirishga 145 million dollar venchur sarmoya kiritildi.

Prezidentimiz bu raqam 1 milliard dollarga yetkazilishini aytdi.

Endi, bu ishlar maktabdan boshlanadi. O‘quvchilar uchun “mohirlik va biznes soati” kiritilib, ularning g‘oyasini startapga aylantirishga 100 milliard so‘m grant ajratiladi.

Oliygohlar o‘rtasida ham startaplar bo‘yicha har yili “Eng yaxshi kreativ g‘oya” tanlovi o‘tkazilib, g‘oliblarga oliygoh jamg‘armasidan 300 million so‘mgacha grant beriladi.

Startapni prototipga aylantirish va sinovdan o‘tkazish uchun Innovatsiya agentligi va IT-park “RnD” markazini ochadi.

Bunda, eng yaxshi loyihalar bo‘yicha prototip yaratish xarajatining 50 ming dollargacha qismi Yoshlar venchur jamg‘armasidan qoplanadi.

Har yili investorlar, yirik korxona va startap tashabbuskorlari ishtirokida “Startap-ekspo” ko‘rgazmasi o‘tkazib boriladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Hozir tog‘-kon, agrosanoat, to‘qimachilik, kimyo, elektrotexnika, qurilish materiallari sohasida 1 million yoshlar mehnat qilmoqda.

Endi sanoat, servis, tadbirkorlik va qishloq xo‘jaligida band yoshlarning kasbiy rivojlanishi bo‘yicha ham tizim yaratiladi.

Har bir kasb yo‘nalishi bo‘yicha aynan yoshlar o‘rtasida respublika musobaqalari o‘tkaziladi. Bunda davlat korxonalari va xususiy sektor vakillari tengma-teng ishtirok etadi.

Tarmoq rahbarlari har yili o‘z tizimidagi 100 nafar yoshni seleksiya qilib, xorijiy stajirovkaga yuborishni yo‘lga qo‘yadi.

Buning uchun, har bir tarmoq 10 milliard so‘mdan ajratadi. Bu mablag‘lar soliq solish bazasidan chegirib tashlanadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
O‘qishga kira olmagan maktab bitiruvchilari hamda texnikum va oliygohlarni tugatayotgan talabalarni band etish bo‘yicha 2 ta alohida dastur qabul qilindi.

Shu maqsadda Aloqabank va Milliy bankka 300 million dollar ajratildi.

Ular “Yoshlar biznesi” dasturi doirasida 100 ming yoshlarni, “Kelajakka qadam” orqali 140 ming oliygoh bitiruvchisini daromadli ish bilan ta’minlashga mas’ul bo‘ladi.

Bandlik vazirligi Savdo-sanoat palatasi Milliy bank bilan birga oliygoh, texnikum, kasbiy ta’lim bitiruvchilarini ish beruvchilar bilan bog‘laydigan platformani ishga tushiradi.

Bandlik, Maktab, Oliy ta’lim vazirliklari “Harakatda daromad” elektron tizimini yaratib, ta’tildagi 3 million yoshlarni malaka talab qilmaydigan ishlar bilan band qiladi.

Har yili yuqori sinf o‘quvchilarini kasb tanlashga qiziqtirish va ko‘maklashish maqsadida “Mening kasbim” respublika tanlovi o‘tkaziladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
So‘nggi yetti yilda boshqaruv kadrlari tarkibi ancha yosharib, 40 yoshgacha bo‘lgan rahbarlar ulushi 37 foizdan 65 foizga oshdi.

“Biz Yangi O‘zbekistonda “xalq xizmatidagi davlat” tamoyilini ro‘yobga chiqarishda siz kabi iqtidorli, jonkuyar va yetakchilik qobiliyatiga ega o‘g‘il-qizlarimizga tayanamiz.

Shu bois, o‘tgan oyda istiqbolli kadrlar tayyorlash va ularni davlat boshqaruviga jalb etish bo‘yicha muhim farmonni imzoladim.

Endi, Davlat boshqaruvi akademiyasida “Kelajak liderlari” dasturi bo‘yicha har yili 100 nafar salohiyatli yoshlar o‘qitiladi”,

- dedi Prezident.

Bu yoshlar vazir va hokimlarga biriktiriladi, ikki oy ularning yonida yurib, tajriba orttiradi. Bir oyga xorijiy stajirovkaga yuboriladi.

Dasturni tamomlagan yoshlar rahbarlik lavozimlariga asosiy nomzod bo‘ladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Yoshlarimizni kitob o‘qishga qiziqishini oshirishda tanlovlar muhim rol o‘ynamoqda.

Birgina misol, Xorazmiy maktabining 8-sinf o‘quvchisi Dilbar Haydarova “Yosh kitobxon” tanlovida g‘olib bo‘lib, ota-onasiga Prezident sovrini – avtomobil sovg‘a qildi.

“Dilbarxon qizim, sen o‘z misolingda inson chin dildan harakat qilsa, ko‘p narsaga erisha olishini isbotlading, bu yo‘lda ko‘pchilik uchun namuna bo‘lding. Buning uchun katta rahmat senga! Rahmat seni katta qilgan ota-onangga!”,

- dedi davlatimiz rahbari.

Yoshlarni aktyorlik, musiqa, kitobxonlikka qiziqishini oshirish uchun “Turon” teatri, “Iqtidor ansambli”, “Jadidlar izidan” kabi tanlovlar o‘tkazilib, ularda 400 mingga yaqin o‘quvchi ishtirok etdi.

Endi tanlovlarda g‘olib bo‘lgan jamoalar chekka hududlardagi maktablarga muntazam borib, o‘z chiqishlari bilan tengdoshlarini madaniyat va san’atga qiziqtiradi. Buning uchun viloyat hokimlari bittadan avtobus olib beradi.

Respublika tanlovi g‘oliblariga madaniyat va san’at oliygohlariga kirishda imtiyoz beriladi.

“Iqtidor” maktab ansambli tanlovining viloyat bosqichi g‘oliblari bolalar va musiqa san’at maktablarida bepul o‘qitiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
“Yosh avlodni turli zararli ta’sirlardan asrash, ularga axborot makonida foydali, mazmunli ma’lumotlarni yetkazish va targ‘ib qilish doim e’tiborimiz markazida bo‘lishi zarur”,

- dedi Prezident.

Shu maqsadda Bolalar kontentini rivojlantirish markazi tashkil etilgani, markaz milliy madaniyat, san’at, adabiyot, tarix va ma’naviy qadriyatlar asosida bolalarga mo‘ljallangan tarbiyaviy kontentlar yaratish uchun mas’ul bo‘lishi qayd etildi.

Joriy yildan boshlab mahallalarda o‘tkazilgan “Shijoat va g‘ayrat” harbiy-sport musobaqalarida 244 ming yigit-qizlar ishtirok etdi, 1 milliondan ziyod yoshlar esa ularni katta qiziqish bilan kuzatib bordi. Bu bellashuvlar vatanparvarlik, jasorat va jipslikni targ‘ib etadigan muhim harakatga aylandi.

“Mamlakatimiz mustaqilligi, xalqimizning tinch va osoyishta hayotini ko‘z qorachig‘idek asrashda siz, aziz yoshlarimizga tayanamiz.
Unutmang: mustaqillik – bu shunchaki rasmiy maqom emas, balki har bir yoshga o‘z taqdirini o‘zi belgilash imkonini beradigan buyuk ne’mat”,

- dedi Prezidentimiz.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Yoshlarga oid islohotlarni xalqaro hamjamiyat ham keng e’tirof etilayotgani ta’kidlandi.

O‘zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkiloti “Yoshlar – 2030” strategiyasini jadal amalga oshirayotgan 10 ta davlat qatoriga kirdi.

Yoshlar taraqqiyot indeksida mamlakatimiz yoshlar siyosati sohasida eng tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan davlat, deb topildi.

Buxoro shahri Turkiy dunyo yoshlari poytaxti, Toshkent shahri Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi yoshlari poytaxti maqomini oldi.

Shu kunlarda yurtimizda o‘tkazilayotgan Global yoshlar festivalida 30 dan ortiq davlatdan kelgan 300 nafardan ziyod yoshlar, 10 dan ortiq nufuzli xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etmoqda.

Prezident ushbu forum nafaqat mamlakatimiz, balki butun dunyo yoshlari uchun samarali hamkorlik va o‘zaro tajriba almashish maydoni bo‘lib xizmat qilishiga ishonch bildirdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Prezidentimiz bugun “Kreativ iqtisodiyot”, “Raqamli yashil tashabbuslar”, “Yoshlar tadbirkorligi va startaplar” va “Yosh innovatorlar” maydonchalaridagi o‘g‘il-qizlarimiz bilan muloqot qilib, hozirgi yoshlarimiz – Yangi O‘zbekistonning haqiqiy bunyodkorlari ekaniga yana bir bor amin bo‘lganini ta’kidladi.

“Men sizlar bilan faxrlanaman! Sizlarning har bir yutug‘ingiz bu – ko‘p millatli butun xalqimizning yutug‘idir.

Azmu shijoatingiz, sog‘lom dunyoqarashingiz, baxtu iqbolingiz – millionlab ota-onalar, ustoz-murabbiylar, yaqinlaringizning ham baxtu saodatidir”,

- dedi davlatimiz rahbari.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Davlatimiz rahbari o‘z sohasida ilg‘or, tashabbuskor yoshlar bilan muloqot qildi, ularning taklif va g‘oyalarini tingladi.

Prezident farmoni bilan ilm-fan, texnologiya, madaniyat, san’at, sport, tadbirkorlik va boshqa sohalarda tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan bir guruh o‘g‘il-qizlarimiz mukofotlangan edi.

Bugungi tadbirda davlatimiz rahbari ushbu mukofotlarni o‘z egalariga tantanali ravishda topshirdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Tadbir yakunida davlatimiz rahbari yana bir bor yoshlarga murojaat qildi:
“Yoshlikda olingan bilim – toshga o‘yilgan naqsh, kelajak uchun poydevor degani. Poydevor qancha mustahkam bo‘lsa, hayotingiz, baxtingiz binosi shunchalik muhtasham bo‘ladi.

Yoshlikdagi harakat kelajakdagi yutuq degani. Yoshlikda orttirilgan do‘st bir umrlik hamkor, tayanch va suyanch degani.

Hech qachon unutmang, farzandlari bilimli, sog‘lom, mard va jasur, doimo oldinga intilib yashaydigan xalq va davlatning kelajagi albatta yorug‘ bo‘ladi.

Men butun O‘zbekiston yoshlari ana shunday fazilatlar egasi bo‘lishini tilayman!

Ishonchim komil, biz ko‘p millatli butun xalqimiz bilan, siz, aziz farzandlarim bilan ulug‘ maqsadlarimizga, albatta, yetamiz! Yangi O‘zbekistonni barchamiz birgalikda, albatta, barpo etamiz!”.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videodayjest

📹 Adliya tizimidagi o'tgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik dayjesti.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_xabari

“Notariat to‘g‘risida”gi Qonunning 15-2-moddasiga muvofiq Andijon viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining 2025-yil 19-iyundagi 12-son yig‘ilish qaroriga asosan Qo‘rg‘ontepa tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius S.Iminovga (litsenziya L-6642243, 23.11.2024-yil) berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishi 2025-yil 20-iyun kunidan 15 kun muddatga, Marhamat tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius S.Ruziyevga (litsenziya AN-0029, 22.04.2020-yil) berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishi 2025-yil 20-iyun kunidan 1 oy muddatga to‘xtatildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_xabari

🔔 Andijonda yana 86 nafar fuqarolarning o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan uy-joylariga bo'lgan huquqlari e'tirof etildi.

Joriy yilning 30-iyun kuni Xalq deputatlari Andijon viloyat Kengashining navbatdagi o'ninchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur sessiyada jami 86 nafar, Baliqchi tumanidan 55 nafar, Oltinko'l tumanidan 11 nafar, Asaka tumanidan 10 nafar, Buloqboshi tumanidan 8 nafar, Bo'ston va Izboskan tumanlaridan 1 nafardan fuqarolarning yakka tartibdagi uy-joylariga va ular joylashgan yer uchastkalariga nisbatan mulk huquqlari e'tirof etildi

Qonun ijrosi natijasida fuqarolar va tadbirkorlarining mulklari qonuniylashtiriladi, fuqarolar o‘rtasidagi mulkiy nizolar, shu jumladan meros bilan bog‘liq nizolarga yechim topiladi, hududlarni rivojlantirish bilan bog‘liq hujjatlarni ishlab chiqishdagi muammolar kamayadi, bozorda qonuniy kapital aylanmasi paydo bo‘ladi, eng muhimi aholining kayfiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aralashgach

Adliya aralashuvi bilan tadbirkor foydasiga 66 mln so'mda ortiq pul mablag'lari to'lab berildi!


Bo'lim tomonidan "Zaxro" fermer xo'jaligining “Yangiqo'rg'on tuman yo'llardan foydalanish” davlat muassasasidan vujudga kelgan haqdorlikni undirib berishda amaliy yordam so'rab qilgan murojaati o'rganib chiqildi.

Xususan, tomonlar o'rtasida tuzilgan shartnomaga asosan, "Zaxro" fermer xo'jaligi majburiyatni to'liq bajargan bo'lishga qaramasdan “Yangiqo'rg'on tuman yo'llardan foydalanish” davlat muassasasi tomonidan tegishli to'lovlar amalga oshirilmagan.

Shu sababli, "Zaxro" fermer xo'jaligi manfaati yuzasidan Iqtisodiy ishlar bo'yicha Yangiqo'rg'on tuman sudiga da'vo arizasi kiritilishi natijasida fermer xo'jaligi foydasiga 66 mln so'm pul mablag'i undirib berilishi belgilandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Bir guvohnoma – bir umrga umid

🔹1950-yili qishning qattiq sovuqlarida Rossiya Federatsiyasining Omsk viloyati, Bolsherechensk tumanida dunyoga kelgan Tamara Vasilyevna Volinkina butun umri davomida turli sinov va mushkulotlarga duch keldi. Ayni paytda u Sirdaryo viloyati Yangiyer shahridagi Navro‘zobod mahallasidagi yotoqxonada yakka-yolg‘iz holda yashab kelmoqda.

🔹Eng alamlisi shundaki, u umr bo‘yi shaxsini tasdiqlovchi hech qanday rasmiy hujjatga ega bo‘lmagan. Tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi yo‘qligi sababli pasport olish va o‘z fuqarolik huquqlaridan foydalanish imkoniyati ham unga nasib etmagan.

▶️Batafsil👈

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Jizzaxda yana 69 nafar fuqaroning uy-joy va yerga egalik huquqi rasman e’tirof etildi.

🔹Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining 2025-yil 20-iyunda VII-11-139-3-0-K/25-sonli qarori qabul qilindi. Unda viloyatning bir qator tuman va shaharlarida istiqomat qiluvchi fuqarolarning mulk huquqlari qonuniy tartibda e’tirof etildi.

🔹Jumladan, viloyatimizdagi 69 nafar fuqaro o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari va ular ustida qurilgan uy-joylariga nisbatan mulk huquqlariga ega bo‘ldi. G‘allaorolda 27 nafar, Baxmalda 15 nafar, Sh.Rashidovda 9 nafar, Zominda 5 nafar, Zarbdor, Jizzax shahar va Arnasoyda 3 nafardan, Paxtakorda 2 nafar, Forishda 1 nafar fuqaroning o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari va ularda qurilgan uy-joylariga nisbatan mulk huquqlari e'tirof etildi.

🔹Ma’lumot uchun: Jizzax viloyatida bugungacha 97 dan ziyod mahallada 21 ming ortiq ko‘chmas mulk obyekti xatlov yo‘li bilan texnik inventarizatsiyadan o‘tkazilib, elektron xaritalari yaratildi. 19 ming ortiq obyekt UZKAD axborot tizimida elektron yig‘majild shakllantirish uchun migratsiya qilindi va 17 mingdan ziyodi faollashtirildi. 10 ming 673 dan ortiq obyekt haqidagi ma’lumotlar “E'TIROF” axborot tizimiga kiritilib, vakolatli tashkilotlar muhokamasiga yuborilgan.

🔹Ularning 835 dan ortig‘i e’londa, 9669 dan ziyodi muhokama jarayonida, 240 dan ortig‘i adliya organlarida, 188 tasi tahrirlashda turibdi hamda 93 tasining to‘lovi kutilmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM