ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.44K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Yuridik xizmat ko'rsatish markazlari xodimlari uchun seminar tashkil etildi.

Adliya vazirligi mas'ul xodimlaridan iborat ishchi guruh tomonidan Qashqadaryo viloyatida joylashgan Yuridik xizmat ko'rsatish markazlari hamda xizmat ko'rsatiluvchi tashkilotlarga amaliy yordam berish maqsadida ularning faoliyati o'rganildi.

O'rganish doirasida aniqlangan muammolarni bartaraf etish, sohani takomillashtirish yuzasidan bildirilgan takliflarni ko'rib chiqish maqsadida Markazlar xodimlari ishtirokida seminar tashkil etildi.

Kun tartibining birinchi qismida "E-huquqshunos" elektron tizimini raqamlashtirishda erishilgan ijobiy yutuqlar to'g'risida ma'lumot berildi.

Shundan so'ng sohani takomillashtirish yuzasidan Ko'kdala, Chiroqchi, Qamashi, Qarshi tuman Markaz xodimlarining takliflari tinglanib, ularni amaliyotga tatbiq qilish rejasi belgilab olindi.

Seminar davomida hujjat loyihalarini yuridik ekspertizadan o'tkazishda yagona huquqni qo'llash amaliyotini joriy etish, tashkilotlar "E-huquqshunos" elektron tizimi bilan ishlashga mas'ul xodimlarining huquqiy savodxonligini oshirishda Markazlarning ishtirokini kengaytirish yuzasidan uslubiy tavsiyalar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
“Biz birgamiz!

🔹Bugun, 28-iyun kuni Adliya vazirligi tomonidan “Biz birgamiz!” ijtimoiy loyihasi doirasida O‘zbekiston Nogironlar jamiyati bilan birgalikda hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Jamoat fondi va Mirabror Usmanov nomidagi xalqaro xayriya jamoat fondi homiyligida “Maftunkor ranglar jilosi” VII resbulika tanlovida rasm chizish va shaxmat musobaqasi o‘tkazildi.

🔹 Respublika bosqichida 7-17 yoshdagi 28 nafar yosh iste’dod egalari ishtirok etdi. Bolalar yorqin bo‘yoqlar orqali orzu-umidlarini ifoda etishdi.

🔹 Shu bilan birga, shaxmat musobaqasi ham o‘tkazilib, alohida ehtiyojli bolalar o‘z strategik tafakkurini sinovdan o‘tkazdi.

🔹 Tadbir doirasida bolalar ijodiy ishlari ko‘rgazmasi tashkil etildi va ishtirokchilarga qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

🔹 Loyiha nafaqat bolalarning salohiyatini namoyon etishga, balki jamiyatda inklyuzivlik va teng imkoniyatlar muhitini shakllantirishga xizmat qilmoqda.

🔹 Ma’lumot uchun: “Biz birgamiz!” ijtimoiy loyihasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yildan buyon amalga oshirib kelinmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_tabrigi

Aziz yoshlar!

Sizlarni sevimli bayramingiz, azmu shijoat, go'zallik va kamolot ayyomi – Yoshlar kuni bilan samimiy muborakbod etamiz.

Sizlarning chuqur mushohadali, vaziyatni atroflicha tahlil qila oladigan, muammolarga qonun doirasida yechim topishga intiladigan keng fikrli insonlar bo'lib kamol topishingizda tilakdoshmiz.

Barchangizga sihat-salomatlik, baxt va omad tilaymiz.

Hurmat bilan,
Adliya vazirligi jamoasi


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ziyo_ulash

🔘Kitob javonda emas, qalblarda yashashi kerak!

🔘Paxtakor tuman Davlat xizmatlari markaziga kitobxon yoshlar tomonidan "Ziyo ulash" aksiyasi doirasida kitoblar taqdim etildi.

🔘“Ziyo ulash” aksiyasi — bu shunchaki kitob almashish emas, bu bilim, ilhom va ziyo ulashish demakdir!

▪️Davlat xizmatlari markaziga keling.
▪️Kitob tanlang va oʻqing.
▪️Oʻqib boʻlgach, qaytaring yoki oʻrniga boshqasini qoldiring.

🔘 Kitob — inson hayotini oʻzgartirishi mumkin! Siz ham bilim ulashing, “bukkrossing”ga marhamat!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM