✅ 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan adliya organlari va muassasalarida faoliyat yuritayotgan jurnalistlar Adliya vazirining tashakkurnomasi va Adliya vazirligining esdalik nishoni bilan taqdirlandilar.
🔹Shuningdek, adliya organlari va muassasalarida faoliyat yuritayotgan barcha jurnalist xodimlarni bayram bilan chin yurakdan tabriklaymiz.
🔹Axborot makonidagi tashabbuskorlik, faollik va kasbiy mahoratingiz soha nufuzini oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Adliya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni ijobiy yoritish, huquqiy axborotni tezkor, aniq va xalqchil shaklda taqdim etish yo‘lidagi xizmatlaringiz yuksak e’tirofga loyiq.
🔹Bayram munosabati bilan barchangizga mustahkam sog‘liq, oilangizga fayz-baraka, kasbiy faoliyatingizda yangi zafarlar tilayman. Ilhomingiz bardavom, so‘zingiz ta’sirli va salohiyatingiz keng bo‘lsin!
Hurmat bilan, Adliya vazirligi jamoasi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔹Muloqot maqsadi – mamlakatimizda yuridik xizmatlar tizimini yanada takomillashtirish, xorijiy tajribani o‘rganish hamda hamkorlik aloqalarini mustahkamlashdan iborat.
🔹Uchrashuvda Adliya vazirligi faoliyat yo‘nalishlari, so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlar, investitsiyalarni jalb etishda huquqiy kafolatlarni ta’minlash bo‘yicha ma’lumotlar berilib, xalqaro arbitrajlarda davlat manfaatlarini himoya qilish masalalari muhokama qilindi.
🔹Tomonlar yuridik xizmatlar sohasini takomillashtirish, huquqiy infratuzilmani zamonaviy talablarga moslashtirish, yuridik kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha samarali tajriba almashish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashdilar.
🔹Uchrashuv yakunida vazir o‘rinbosari Sh.Rabiyev Foley Hoag vakillariga minnatdorchilik bildirib, ularning “Tashkent Law Spring” IV Xalqaro yuridik forumini o‘tkazishda ko‘rsatgan ko‘magini alohida e’tirof etdi.
🔹Ushbu muloqotlar yuridik xizmatlar sifatini oshirish va xalqaro huquqiy hamkorlikni chuqurlashtirish borasida yana bir muhim qadam bo‘ldi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
27-iyun - Matbuot va ommaviy axborot vositalari jamiyat ko'zgusi
Namangan viloyati adliya boshqarmasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham so'z yuritilgan.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Namangan viloyati adliya boshqarmasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham so'z yuritilgan.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Vazirlik xodimlari uchun psixolog ishtirokida navbatdagi psixologik trening oʻtkazildi
Bugun Adliya vazirligida “Xodimlarining emotsional barqarorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish” mavzusida psixologik trening o‘tkazildi.
Xodimlarning shaxsiy rivojlanishi va ruhiy barqarorligini mustahkamlashga qaratilgan psixologik treninglar vazirlik tizimida doimiy ravishda o‘tkazilib kelmoqda.
Tadbir davomida xodimlar ruhiy sog‘lomlik, stressni boshqarish, shaxsiy motivatsiyani oshirish, o‘z-o‘zini anglash va ijobiy fikrlash kabi muhim mavzular yuzasidan bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi. Trening interaktiv mashg‘ulotlar, amaliy topshiriqlar va guruhli muhokamalar asosida olib borildi.
Treningda xalqaro toifadagi tajribali psixolog Dilbar Rixsivayevna ishtirok etdi va o‘z nutqi hamda amaliyotlari bilan xodimlarda katta taassurot qoldirdi.
Xodimlar ushbu trening ular uchun juda foydali bo‘lganini ta’kidlab, bunga o‘xshash tadbirlar doimiy tashkil etilishini bildirishdi.

#adliya_xabari
Korrupsiyaviy holatlarni oldini olishda advokatlarning o'rni
Navoiy viloyat adliya boshqarmasida “Korrupsiyaviy holatlarni oldini olishda advokatlarning o'rni” mavzusida amaliy-seminar o‘tkazildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Notariat, advokatura va mediatsiya boshqarmasi boshlig‘i Ma’sum Hotamov hamda huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillari ishtirok etishdi.
Muloqot davomida korrupsiyaga oid jinoyatlarni oldini olish, advokatura institutini “Korrupsiyasiz soha”ga aylantirish borasida vazirlik tizimida olib borilayotgan ishlar xususida so'z yuritildi.
Shuningdek, “Yuridik yordam axborot” tizimi orqali davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatishda amaliyotda vujudga kelayotgan muammolar, ularni bartaraf etish bo'yicha amalda tatbiq etilayotgan choralar hamda mazkur yo'nalishda huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan samarali hamkorlikni tashkil etish masalalari muhokama etildi.

❤1