ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.44K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Axborot 24 | «Maftunkor ranglar jilosi» VII respublika ko'rik - tanlovi o'tkazildi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_xabari

“Notariat to‘g‘risida”gi Qonunning 15-2-moddasiga muvofiq Qoraqalpog’iston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi malaka komissiyasining 2025-yil 17-iyundagi 7-son majlis qaroriga asosan Xo’jayli tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius P.Dauyenovga (QR0020, 22.04.2020-yil) litsenziyasining amal qilishi hamda notarius maqomi 2025-yil 20-iyun kunidan 1 (bir) oy muddatga to‘xtatildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
TOP-30: Yoshlar bilan ishlashda namunali tashkilotlar aniqlandi

⚡️Yoshlar siyosatini samarali amalga oshirish, ularning faolligi va salohiyatini yuzaga chiqarish yo‘lida olib borilayotgan ishlar natijasida yurtimizdagi eng faol tashkilotlar e’tirof etildi.

150 dan ortiq vazirlik va idoralar orasidan yoshlar bilan ishlash borasida ilg‘or tajriba namoyon etgan TOP-30 tashkilot saralandi.

Ta'kidlash lozimki, Adliya vazirligi yoshlar yetakchisi Xamdamov Anasxon ham ushbu reytingda munosib o'rin egalladi.


Vazirlik jamoasi Anasxon Xamdamovni ushbu e’tirof bilan tabriklaydi. Kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyat, g‘ayrat va shijoat doimiy hamroh bo‘lishini tilaydi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yoshga doir pensiyaga chiqish uchun erkaklar necha yillik mehnat stajiga ega bo‘lishlari talab etiladi?
Anonymous Quiz
14%
15 yil
4%
18 yil
29%
20 yil
53%
25 yil
Vazirlik ishchi guruhi Toshkent viloyatida

Vazir kotibiyati boshligʻi A.Sarabekov boshchiligidagi ishchi guruhi Qibray tumani va Chirchiq shahar adliya boʻlimlari faoliyati bilan tanishib, masʼul xodimlar bilan muloqot oʻtkazildi.

Xodimlar bilan faoliyat samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI), yuklatilgan funksiyalar bajarilishi, mehnat va ijro intizomiga rioya etilishi ahvoli haqida suhbat oʻtkazilib, zarur koʻrsatma va tavsiyalar berildi.

Ishchi guruhi hududdagi mahalla fuqarolari yigʻinlarida ham boʻlib, “mahalla yettiligi” faoliyatiga metodik yordam koʻrsatish, yangi qabul qilingan qonunchilik hujjatlarining yetkazilishi ahvoli hamda aholining tizimli huquqiy muammolarini bartaraf etish yoʻnalishida adliya boʻlimlarining faoliyati ham tahlil qilindi.

Ishchi guruhi tomonidan oʻrganish va amaliy yordam koʻrsatish ishlari davom etmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_xabari

“Notariat to‘g‘risida”gi Qonunning 15-2-moddasiga muvofiq Qoraqalpog’iston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi malaka komissiyasining 2025-yil 26-iyundagi 8-son majlis qaroriga asosan Chimboy tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius N.Mambetniyazovaga (QR0020, 23.04.2020-yil) litsenziyasining amal qilishi hamda notarius maqomi 2025-yil 26- iyun kunidan 15 (o’n besh) kun muddatga to‘xtatildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Intellektual mulk obyektlarini muhofaza va himoya qilish yuzasidan tadbirkorlarga huquqiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Xususan, Farg'onada Adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti va viloyat adliya boshqarmasi mas'ullari tomonidan "Qo'qon erkin iqtisodiy zonasi" va "Boboshbek iqtisodiy savdo kompleksi"da faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarga oʻz intellektual mulk obyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma topshirish hamda ularni himoya qilish masalalarida amaliy yordam berildi.

Misol uchun, "Xudoyorxon 2022" OK, "Imron Salmon 2014" MChJ, "Yunusova Dilnoza Abobakirovna" ОК, Yakka tartibdagi tadbirkorlar Xabibov Xabibullo Xikmatullayevich va Egamberdiyeva Ozodaxon Abobakirovnalar faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, "Ailem baby" oilaviy korxonasining "Ailem" belgisini tovar belgisi sifatida ro'yxatdan o'tkazish uchun joyida amaliy yordam ko'rsatildi. "Qo'qon erkin iqtisodiy zonasi"da faoliyat yuritayotgan "KHAT DECOR" MChJ firma nomi bilan bog'liq muammosi yuzasidan joyida murojaat olinib, adliya boshqarmasi ish yurituviga olindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Sirdaryoda 19 nafar fuqaro uy-joyga egalik huquqini qo‘lga kiritdi.

🔹Sirdaryo viloyatida fuqarolarning uy-joy va yer uchastkalariga bo‘lgan huquqiy maqomini mustahkamlash borasida yana bir muhim qadam tashlandi. Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati kengashining qarori asosida 19 nafar fuqaroning yakka tartibdagi uy-joylariga va ular joylashgan yer uchastkalariga nisbatan egalik huquqlari e’tirof etildi.

🔹Mazkur qarorga muvofiq, quyidagi tumanlarda yashovchi fuqarolar egalik huquqini qo‘lga kiritdi:
▪️Sayxunobod tumani – 3 nafar fuqaro
▪️Guliston tumani – 6 nafar fuqaro
▪️Boyovut tumani – 9 nafar fuqaro
▪️Mirzaobod tumani – 1 nafar fuqaro

🔹Endilikda ushbu hujjatlar fuqarolarga o‘z mulklariga doimiy ro‘yxatdan o‘tish, meros qoldirish, notarial bitimlar tuzish kabi huquqiy imkoniyatlardan to‘liq foydalanish imkonini beradi.

🔹Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 17-kuni 6 nafar fuqaroning uy-joylariga bo‘lgan egalik huquqi qonuniy tarzda e’tirof etilgan edi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

Navoiyda Adliya sayili

🔹Yoshlar kuni munosabati bilan viloyat markazidagi "Alisher Navoiy" bog‘ida Navoiy viloyat adliya boshqarmasi va shahar adliya bo‘limi tomonidan Adliya sayli tashkil etildi.

🔹Tadbir davomida sayyor qabul, mehnat yarmarkasi, hunarmandchilik mahsulotlari, huquqiy adabiyotlar, milliy madaniy markazlar, NNT vakillari qo‘l ishlari ko‘rgazmasi tashkil etilib, FHDY, notarius xizmati, davlat xizmatlari sayyor tartibda ko‘rsatildi.

🔹Yoshlar o‘rtasida viktorina, targ‘ibot aksiyalari o‘tkazilib, flayer va bukletlar tarqatildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM