ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.44K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#adliya_xabari

🔵Ayni kunlarda Qashqadaryo viloyatida xizmat safarida boʻlib turgan adliya vaziri Akbar Tashkulov Qarshi shahri adliya bo'limi faoliyati bilan yaqindan tanishib, adliya bo‘limi xodimlarining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida axborotlari tinglandi.

⭐️Shu bilan birga adliya xodimlari tomonidan uyma-uy yurish orqali aholining huquqiy muammolarini o‘rganish va ularga yechim topishga ko‘maklashish holatlari muhokama qilindi. O‘rganish davomida, YXKM faoliyati bilan ham tanishilib, markaz xodimlari bilan suhbat tashkil etildi.

⭐️Shuningdek aniqlangan tizimli muammolar hamda ular bilan manzilli ishlash borasida  adliya vaziri o'z tavsiyalarini berib o'tdi.

⭐️Shundan so'ng adliya vaziri FHDY bo’limidagi hujjatlar saqlovi bilan tanishib, ularni saqlashga oid takliflar berdi hamda "Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazi" faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi,.
 
  Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Tuman (shahar) adliya bo‘limlariga “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan seminar tashkil etildi.

“O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq prokuratura va adliya organlariga ma’lumot va hujjatlarning avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritilishi ustidan nazorat olib borish vazifasi yuklatilgan.

Qonun bilan adliya organlariga yuklatilgan vazifalar ijrosi yuzasidan Adliya vazirligi mas’ul xodimi ishtirokida tuman (shahar adliya bo‘limlariga) seminar tashkil etildi.

Seminarda xatlov jarayonidan huquqlarni e’tirof etish bosqichigacha amaliyotda uchrayotgan muammoli holatlar muhokama qilinib, ularning yechimi yuzasidan tushuntirish berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📍 Xorazm viloyatida ochiq muloqot

🟦 Adliya vazirligi ishchi guruhi tomonidan “Korrupsiyaga qarshi kurashish va jinoyatchilikni oldini olish”, shuningdek, advokatlar tomonidan davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish sohasidagi muammolar yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi.

👥 Tadbirda Adliya vazirligi, viloyat adliya boshqarmasi va uning tizimidagi idoralar, sud, ichki ishlar, prokuratura, Advokatlar palatasi hududiy boshqarmasi va advokatlar ishtirok etdi.

💬 Muloqot davomida korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatishdagi muammolar va ularning yechimlari bo‘yicha fikr almashildi.

🤝 Ishtirokchilar kelgusida o‘zaro hamkorlikda ishlash yuzasidan kelishib oldilar.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida amalga oshirilgan islohotlar samaradorligi bo‘yicha o‘tkaziladigan yig‘ilishga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha Yo‘l xaritasida tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat xizmatlaridan foydalanishda mavjud tizimli muammolarni aniqlash bo‘yicha Savdo-sanoat palatasi va uning hududiy boshqarmalari bilan hamkorlikda tadbirkorlar ishtirokida uchrashuv o‘tkazish belgilangan.

🔹Shunga ko‘ra, Respublika ishchi guruhi tomonidan viloyat adliya, qurilish, Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmalari, soliq boshqarmasi, kadastr palatasi agentligi va boshqa tegishli idoralar mas’ullari ishtirokida viloyatdagi tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

🔹Uchrashuvda 50 dan ortiq tadbirkorlik subyektlari ishtirok etdi.
Tadbir davomida mas’ullar tomonidan tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida amalga oshirilgan ishlar ahvoli, yaratilgan imtiyoz va qulayliklar haqida ma’lumot berildi.

🔹Shuningdek, tadbirda ishtirok etayotgan tadbirkorlik subyektlarining davlat xizmatlarini ko‘rsatilishidagi tizimli muammolarga oid fikr-mulohazalari, ularni bartaraf etishga oid takliflari tinglandi.

🔹Bundan tashqari, uchrashuv davomida tadbirkorlik subyektlarining faoliyatga oid murojaatlari eshitilib, 6ta murojaat yuzasidan zarur huquqiy tushuntirishlar berilib, o‘rganish talab qiladigan 16 ta murojaat ko‘rib chiqish uchun nazoratga olindi.

🔹Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga tegishli idoralar mas’ullari batafsil javoblar berishdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#adliya_xabari

O'zbekiston Respublikasi Adliya vaziri Akbar Tashkulov kunning ikkinchi yarmida Qarshi tumanida fuqarolarga huquqiy xizmat ko'rsatish sifati va Prezident farmoni ijrosini o'rgandi.

Adliya vaziri Qarshi tumanida adliya bo'limi faoliyatida amalga oshirilayotgan ishlar, huquqiy mahalla konsepsiyasi doirasida aholi yashashi uchun birlamchi minimal standartlarga rioya etilishi holati bilan tanishdi.

Xususan Qarshi tumani adliya bo'limi tomonidan 5 500 ta xonadonlar muammosi o'rganilib, 5498 ta huquqiy muammolar aniqlandi. Shundan, 5411 nafar fuqarolarning muammosi adliya ko'magida hal etildi.

Shundan so'ng , YXKM faoliyati bilan ham tanishilib, markaz xodimlari bilan suhbat tashkil etildi va sohani takomillashtirish yuzasidan takliflari tinglandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot