ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.44K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
TDYU “Times Higher Education World Impact Ranking — 2025” xalqaro reytingida 301-oʻrinni, xususan, SDG 5 — Gender tengligi boʻyicha 51-oʻrinni egalladi

🔹Buyuk Britaniyaning eng nufuzli xalqaro reyting tashkiloti “Times Higher Education World Impact Ranking — 2025” natijalari e’lon qilindi. Bu yil ushbu xalqaro reytingda butun dunyodan 2 500dan ortiq universitet ishtirok etdi. Shular orasidan Toshkent davlat yuridik universiteti jahon miqyosida 301-o‘rinni egallab, TOP-400 ro‘yxatiga kiritildi. Bu ko‘rsatkich bilan TDYU o‘tgan yilga nisbatan 100 pog‘ona ko‘tarildi.

🔹Xalqaro reyting natijalariga ko‘ra, TDYU xalqaro miqyosda quyidagi yo‘nalishlarda yuqori ko‘rsatkichlarni egalladi:
– SDG 4 — Ta’lim sifati bo‘yicha — 301-400 o‘rin
– SDG 5 — Gender tengligi — 51-o‘rin
– SDG 8 — Munosib ish o‘rin va iqtisodiy o‘sish — 101-200 o‘rin
– SDG 16 — Tinchlik, adolat va kuchli institutlar — 201-300 o‘rin
– SDG 17 — Maqsadlar bo‘yicha hamkorlik — 201-300 o‘rin

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya xalq orasida

🔹Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi Farmonida Adliya vazirligi va uning hududiy boshqarmalariga aniq vazifa va amalga oshirilish lozim boʻlgan ishlar koʻrsatib oʻtilgan.

❗️Farmonning asl maqsadi esa, aholini rozi qilish, ularni qiynab kelayotgan huquqiy muammolarni aniqlash va bartaraf etishga qaratilgan.


Batafsil👉

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri A.Tashkulov Ko'kdala tuman adliya bo‘limlari faoliyati bilan tanishmoqda

🔹Akbar Tashkulov Ko'kdala tuman adliya bo'limida boʻlib, fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, davlat xizmatlaridan yanada qulay, oson va tez foydalanishlari uchun mavjud imkoniyatlar, davlat organlari va tashkilotlariga ko‘rsatilayotgan yuridik xizmatlar sifati, FHDY organlarida aholiga xizmat koʻrsatish jarayonlarini oʻrgandi.

🔹Adliya vaziri dastlab davlat xizmatlari markazlarida bo‘lib binoda fuqarolar va xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, moddiy- texnik baza, fuqarolar uchun zarur bo‘lgan maʼlumotlar burchagining mavjudligini ko'zdan kechirdi.

🔹Bundan tashqari, uchrashuvlar davomida xodimlar tomonidan sohani takomillashtirish, kasbiy bilim va malakani oshirish, aholiga huquqiy va davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha o‘rtaga tashlangan taklif va mulohazalar muhokama qilinib, zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Shoirning she’ridan ruxsatsiz foydalangan yana bir xonanda Farrux Xamrayev jarimaga tortildi.

Аdliya vazirligi tomonidan farg'onalik shoir Ismoiljon Babayevga tegishli “Ona yuring hajga boramiz” nomli she’r xonanda Farrux Xamrayev tomonidan huquq egasi ruxsatisiz hamda tegishli tartibda shartnoma tuzmasdan foydalanilganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177 prim 1-moddasi bilan maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli sudga yuborildi.

⚖️ Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudining qaroriga ko‘ra, huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 177 prim 1-moddasining birinchi qismi bilan jarima jazosi tayinlandi.


❗️Ma’lumot uchun, qonunchilikka muvofiq muallif huquqbuzardan zarar qoplanishi o‘rniga bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 1000 baravarigacha miqdorda tovon to‘lashini talab qilishga haqli hisoblanadi.

⚠️ Hurmatli ijod vakillari! Mualliflik huquqingiz buzilganda Adliya vazirligining "1008" ishonch telefoni orqali xabar berishingiz yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni so'raymiz!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot