#Xalqaro_hamkorlik
O‘zbekiston va Butunjahon intellektual mulk tashkiloti o‘rtasidagi hamkorlik kengaymoqda
2025-yil 27-may kuni Adliya vaziri Akbar Toshqulov Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) Bosh direktori Daren Tang bilan uchrashdi.
Uchrashuvda intellektual mulk sohasidagi islohotlar, istiqbolli yo‘nalishlar va qo‘shma loyihalar muhokama qilindi.
So‘nggi yillarda 70 ga yaqin huquqiy hujjatlar ishlab chiqilib, 45 tasi qabul qilindi. Patent bojlari kamaytirildi, huquqbuzarliklarga qarshi choralar kuchaytirildi, hamda kichik biznes subyektlariga imtiyozlar belgilandi.
Shuningdek, quyidagi muhim hamkorliklar amalga oshirilgani qayd etildi:
“WIPO Alert”, “IP Diagnostics” loyihalari joriy etildi;
Texnoparklar uchun mintaqaviy seminar tashkil etildi;
Ayol tadbirkorlarning “IP for women“ tashabbusida ishtirok etishi ta’minlandi;
Geografik ko‘rsatkichlar bo‘yicha yo‘l xaritasi tayyorlandi.
Daren Tang O‘zbekiston bilan hamkorlikni yuqori baholab, yangi loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini bildirdi.
Uchrashuv samimiy va do‘stona ruhda o‘tdi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot

#Adliya_xabari
✅ Bugun, 27-may kuni Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga muvofiqlikni baholash organlarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda mahsulotlarni o‘z ixtiyori bilan chaqirib olgan tadbirkorlarga yengillik berishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.
👉Batafsil
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👉Batafsil
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ADLIYA YANGILIKLARI
#Xalqaro_hamkorlik O‘zbekiston va Butunjahon intellektual mulk tashkiloti o‘rtasidagi hamkorlik kengaymoqda 2025-yil 27-may kuni Adliya vaziri Akbar Toshqulov Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) Bosh direktori Daren Tang bilan uchrashdi. Uchrashuvda…
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Sirdaryo_viloyati
“Mahalla huquqshunosi” loyihasi amalda
📌 Aholining ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, huquq va manfaatlarini himoya qilishda adliya organlarining o‘rni tobora ortib bormoqda.
📃 Prezidentning 2024-yil 24-maydagi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi farmoni bilan bu sohadagi faoliyat yo‘nalishlari kengaytirilib, adliya xodimlariga yangi mas’uliyatlar yuklatildi.
⚖️ Ushbu hujjat asosida mahallalarda “Mahalla huquqshunosi” loyihasi joriy etilib, aholining huquqiy madaniyatini oshirish va muammolarini joyida hal etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

#Sud_ekspertizasi
❗️Idoralararo ilmiy-uslubiy Kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
📆 2025-yil 27-may kuni Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi Idoralararo ilmiy-uslubiy Kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
👥 Yig‘ilishda Kengash a’zolari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari ishtirok etib, sohada olib borilayotgan islohotlar, o‘tgan davrdagi natijalar va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.
🗣 Adliya vazirligi boshqarma boshlig‘i, Kengash raisi J. Nuritdinov sud ekspertizasi yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar va 2025-yilgi ustuvor vazifalar haqida ma’ruza qildi.
📌 Yig‘ilishda quyidagi dolzarb mavzular ko‘rib chiqildi:
– Sud ekspertizasiga sun’iy intellektni joriy etish bo‘yicha tahliliy ma’lumot;
– “Raqamli sud ekspertiza va raqamli kriminalistika” uslubiy tavsiyasi;
– “12.00.09” ixtisosligi bo‘yicha PhD mavzular ro‘yxati;
– Qalbaki hujjatlar va pul belgilari bo‘yicha himoya elementlarini imitatsiya qilish usullari.
✅ Tadbir so‘ngida fikr almashinuvi, savol-javoblar va muhim takliflar bildirildi.