ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.6K photos
2.72K videos
39 files
9.39K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Sud_ekspertizasi

❗️Idoralararo ilmiy-uslubiy Kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

📆 2025-yil 27-may kuni Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi Idoralararo ilmiy-uslubiy Kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

👥 Yig‘ilishda Kengash a’zolari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari ishtirok etib, sohada olib borilayotgan islohotlar, o‘tgan davrdagi natijalar va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.

🗣 Adliya vazirligi boshqarma boshlig‘i, Kengash raisi J. Nuritdinov sud ekspertizasi yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar va 2025-yilgi ustuvor vazifalar haqida ma’ruza qildi.

📌 Yig‘ilishda quyidagi dolzarb mavzular ko‘rib chiqildi:
Sud ekspertizasiga sun’iy intellektni joriy etish bo‘yicha tahliliy ma’lumot;
– “Raqamli sud ekspertiza va raqamli kriminalistika” uslubiy tavsiyasi;
– “12.00.09” ixtisosligi bo‘yicha PhD mavzular ro‘yxati;
– Qalbaki hujjatlar va pul belgilari bo‘yicha himoya elementlarini imitatsiya qilish usullari.

Tadbir so‘ngida fikr almashinuvi, savol-javoblar va muhim takliflar bildirildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Sud_ekspertizasi

Idoralararo ilmiy-uslubiy Kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

📆 Bugun, 25-noyabr kuni Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi Idoralararo ilmiy-uslubiy Kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

👥 Yig‘ilishda Kengash a’zolari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari ishtirok etib, sohada olib borilayotgan islohotlar, o‘tgan davrdagi natijalar va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.

🔹Adliya vazirligi boshqarma boshlig‘i, Kengash raisi J. Nuritdinov sud ekspertiza yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar va 2025-yilgi ustuvor vazifalar haqida ma’ruza qildi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi “Sud-ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish va sohaga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–270-son qarori va Qaror ijrosini ta'minlash yuzasidan amalga ishlar hamda “E-ekspertiza” elektron platformasi orqali sud-tergov organlari hamda ekspertiza muassasalari o‘rtasida elektron hujjatlar almashinuvini to‘liq yo‘lga qo‘yish masalalari alohida ta'kidlandi.


📌 Yig‘ilishda quyidagi dolzarb mavzular ko‘rib chiqildi:
– “Raqamli sud ekspertizasi” (Digital forensics)ni tushuntirishga qaratilgan atamalar va ta’riflar lug‘ati;
– “Genetik modifikatsiyalangan organizmlarni (GMO) aniqlash bo‘yicha" uslubiyot;
– "Portlashni foto va videoyozuv bo‘yicha dastlabki o‘rganish metodikasi, portlash yo‘nalishining tabiatini aniqlash bo'yicha" uslubiyot va boshqalar.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥21