ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.73K videos
39 files
9.45K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Bugun, 21-may kuni AOKAda “Tashkent Law Spring – 2025” xalqaro yuridik forumi o‘tkazilishiga (29-30 may kunlari) bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Unda Adliya vazirligi mutasaddilari tomonidan mazkur nufuzli tadbir haqida keng jamoatchilikka ma’lumot berildi.

Ta’kidlanganidek, joriy yilning 29–30 may kunlari O‘zbekistonda “Tashkent Law Spring” IV xalqaro yuridik forumi o‘tkaziladi. 2019-yildan buyon har ikki yilda bir marotaba tashkil etib kelinayotgan ushbu forum bugunga kelib Markaziy Osiyoda huquq va biznes sohasidagi eng muhim platformalardan biriga aylangan.

Bu yilgi forum “Raqamli texnologiyalar davri: kelajakka huquqiy nazar” mavzusiga bag‘ishlanadi. Unda zamonaviy raqamli texnologiyalar, xususan, sun’iy intellekt va uning huquqiy sohalarga tatbiq etilishi, raqamli tartibga solishning istiqbollari kabi dolzarb masalalar muhokama qilinadi. Forum doirasida jami 11 ta tematik sessiya tashkil etilishi rejalashtirilgan.

“Tashkent Law Spring”da 40 dan ortiq davlatlardan adliya vazirlari, tartibga soluvchi organlar vakillari, yirik xalqaro huquqshunoslar, Legal Tech sohasining yetakchi ekspertlari, IT-mutaxassislar hamda biznes vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi mas'ullari Namanganda huquqiy axborotni tarqatish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Adliya vazirligi mas'ullari Namangan viloyat adliya boshqarmasining huquqiy axborotni tarqatish borasidagi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek Namangan shahar adliya bo'limi hamda shahar hokimligida bo'lib, qabul qilingan qonunchilik hujjatlarini yetkazilishi hamda huquqiy targ'ibotni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Shu bilan birgalikda, edo.ijro.uz platformasi orqali kelib tushayotgan qonun hujjatlarini qabul qilish va tizim faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan masʼullarning fikr-mulohazalari tinglandi.

“Mahalla yettiligi” aʼzolariga huquqiy axborotni muntazam yetkazish, aholining huquqiy bilimlarini oshirishda innovatsion yondashuvlardan foydalanish hamda bu jarayonda ijtimoiy tarmoqlarning rolini oshirish boʻyicha tavsiyalar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aralashgach
#Andijon_viloyati

Baliqchi tuman adliya bo'limining aralashuvi bilan fuqarolarning mehnat huquqlari tiklandi.

Batafsil yuqoridagi 👆 ko'rsatuvda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ochiq_adliya

⚠️ Adliya organlari tizimida korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash e'lon qilingan.

📲 Bunda Adliya vazirligi tizimidagi, jumladan:

▫️adliya boshqarmalari va bo‘limlari;
▫️yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari;
▫️FHDY organlari;
▫️davlat xizmatlari markazlari;
▫️"O‘zarxiv" agentligi va uning hududiy tuzilmalari;
▫️X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazi va uning hududiy bo‘linmalari;
▫️“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi;
▫️Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi;
▫️Intellektual mulk markazi;
▫️davlat notarial idoralari va arxivlari;
▫️Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash instituti;
▫️Toshkent davlat yuridik universiteti;
▫️TDYU qoshidagi akademik litseydagi korrupsiya holatlari haqida ma'lumotlarni Telegramdagi @antikorbot botiga, (71) 207-04-64 (1321 yoki 1323) telefon raqamiga yoki vazirlik rasmiy veb-saytidagi maxsus platformaga yuborish mumkin.

❗️Yuborilgan xabarlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi hamda murojaat qiluvchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Aholining huquqiy axborotga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash maqsadida, Advice.uz portali yuzasidan so'rovnoma o‘tkazilmoqda.

So‘rovnomani boshlash uchun "so'rovnoma" so‘zini bosing! 👆🏼

Sizning fikringiz biz uchun juda muhim!

Keling, birgalikda huquqiy savodxonlikni oshiramiz!


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Intellektual mulk obyektlarini ro'yxatdan o‘tkazish hamda ularning huquqiy muhofazasi yuzasidan joyiga chiqqan holda tadbirkorlik subyektlariga huquqiy tushuntirish ishlari olib borilmoqda
.

Adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti mas'ullari tomonidan Nurota tumanida faoliyat olib boruvchi tadbirkorlik subyektlariga tovar belgisiga ega bo'lishning afzalliklari to'g'risida joyiga chiqqan holda huquqiy tushuntirishlar berildi.

Xususan, “JOM MARBLE” MCHJ, “PREMIER TEXTILE” xususiy korxonasi va boshqa tadbirkorlik subyektlari faoliyati bilan tanishilib, ularga tovar belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish va uning afzalliklari, kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurash, intellektual mulk huquqlarini buzganlik uchun javobgarlik choralari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Maxsus reportaj | Prezident qarorlari - hayotda va nazoratda


“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturiga asosan viloyat markazidan qariyb 100 kilometr olisda joylashgan Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanining “Xonnazar”, “Navkat”, “Do‘stlik”, “Mayintepa” va “Qiyqim” mahallalari Adliya vazirligiga biriktirilgan.

Vazirlik mutasaddilari tomonidan joriy yil avvalida mazkur mahallalarda o‘rganishlar, aholi bilan uchrashuvlar o'tkazilib, ularning qanday muammolari borligi, hududning ichki imkoniyatlari, drayveri, aholi turmush farovonligini oshirishda qanday yordam ko‘rsatish kerakligi o‘rganilgan edi.


Aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida yuqoridagi 👆 ko‘rsatuv orqali batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Mualliflik huquqini buzgan ijodkorlarning litsenziyalari bekor qilinishi mumkin

📌 Qonunchilikka muvofiq litsenziya talablari va shartlari litsenziat tomonidan muntazam ravishda yoki bir marotaba qoʻpol ravishda buzilganda litsenziyalovchi organ litsenziyaning amal qilishini bekor qilishni soʻrab sudga murojaat qilishi lozim.

❗️Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirayotgan ijrochilar tomonidan mualliflik huquqi va turdosh huquqlarini buzish litsenziya talablari va shartlarini qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadi.

🌀Shunga koʻra, Adliya vazirligi tomonidan shoir va bastakorlardan kelib tushgan murojaatlar asosida 2024 va 2025-yilning oʻtgan davri mobaynida mualliflik huquqini buzgan va sud qarorlariga asosan maʼmuriy javobgarlikka tortilgan 10 nafar ijrochilarga oid maʼlumotlarni “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasiga taqdim etib, ularning litsenziyalarini bekor qilish boʻyicha zarur choralarni koʻrishni soʻradi.

❗️Hurmatli ijod vakillari! Mualliflik huquqingiz buzilganda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingiz yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
#Adliya_xabari

Respublika ishchi guruhi, shu jumladan Adliya vazirligi mas’ullari tomonidan Navoiy viloyatining chekka va chegara oldi hududlarida o'rganishlar olib borildi.


Respublika ishchi guruh tarkibida Adliya vazirligi mas'ullari, dastlab, Nurota tumani hokimligida aholi murojaatlari bilan ishlash, mahallalarda xalq bilan muloqotni tashkil etish orqali ularning muammolarini aniqlash va hal etish, hududlar infratuzilmasini yaxshilash va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Tashrif davomida tumanning "Sentob", "Temirqovuq", "Kaytasoy", "Chuya", "Jarma", "Qizilcha" mahallalarida ijtimoiy soha obyektlari, xususan, umumta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, masjid va qabristonlarda olib borilayotgan obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM